Boshqaruv maqsadi turlari, joriy va istiqboldagi maqsadlar, muammoli va innovatsion maqsadlar, maqsadga qo’yiladigan sifatlar, maqsadlar shajarasi, maqsad daraxti
2. Boshqaruv maqsadi turlari, joriy va istiqboldagi maqsadlar, muammoli va innovatsion maqsadlar, maqsadga qo’yiladigan sifatlar, maqsadlar shajarasi, maqsad daraxti. Boshqaruv maqsadlari juda ham xilma-xildir. Bu esa ularni muayyan tarzda turkumlashni taqozo etadi (4.2-jadval).
4.2-jadval Maqsad turlari
Umumjamiyat miqyosidagi munosabatlarni aks ettirishiga qarab
siyosiy maqsadlar
iqtisodiy maqsadlar
ijtimoiy maqsadlar
ma’rifiy-ma’naviy maqsadlar
xalqaro munosabatlar sohasidagi maqsadlar va boshqalar
2.
Boshqaruv pog’onalari (darajalari)ga qarab
Hududiy boshqarish maqsadlari:
mamlakat maqsadlari
viloyat maqsadlari
tuman maqsadlari
qishloq maqsadlari
ishlab chiqarish maqsadlari
xalq xo’jaligi maqsadlari
tarmoq (sektor) maqsadlari
korxona (firma) maqsadlari
yakka shaxs maqsadi
Mazkur turkumlanishdan ko’rinib turibdiki, maqsadlar o’zaro bog’liq bo’lib, muayyan iyerarxiyaga, ya’ni yuqori va quyi maqsadlarga bo’linishi, bir maqsad boshqa bir maqsadga bo’ysunishi mumkin.
Konkret va aniq o’lchamlarga ega bo’lgan maqsadlar. Boshqaruv maqsadlarini bu xilda belgilash, tashkilot rahbariyatiga jarayon davomida navbatdagi tashkiliy qarorlarni qabul qilish va ishning borishini baholashga, tashkilot faoliyatining pirovard natijaga nisbatan nechog’lik samarali hamda to’g’riligini belgilashga imkon yaratadi.
Maqsadlarni vaqt o’lchovini hisobga olib belgilash. Mazkur tamoyilga ko’ra, eng avvalo, uzoq muddatga, so’ngra o’rtacha va qisqa vaqt oralig’iga mo’ljallangan maqsadlar belgilab olinadi. Maqsadlarning real tarzda qo’yilishi, ya’ni mavjud shart-sharoitlarda ularga erishish mumkin bo’lishi lozim. Turli tashkiliy maqsadlarning bir-biriga zid kelmasligiga alohida e’tibor berish shart.
Vazifalar pirovard natijaga erishish uchun avvalroq bajarilishi lozim bo’lgan aniq tadbirlardir.
Alohida xususiyatlari. Tashkiliy vazifalar faoliyatning bevosita maqsadlarini ifodalaydi. Ularni miqdoriy jihatdan o’lchash mumkin. Odatda vazifalar deb, aniq ijrochining zimmasiga yuklangan va bajarilish muddatlari aniq belgilangan ish(lar)ni nazarda tutishadi.
Texnik jihatdan olganda, tashkiliy vazifalar konkret lavozimga nisbatan belgilanadi. Har bir lavozim doirasida bajarilishi shart bo’lgan ishlar majmui pirovard natijaga erishish yo’lidagi muhim bosqich sanaladi.