4-Mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni tahlil qilish usullari



Yüklə 137,2 Kb.
səhifə3/4
tarix09.04.2023
ölçüsü137,2 Kb.
#125015
1   2   3   4
4 1 маъруза Иқт тахл ва аудит — копия

Mahsulotlar nomenklaturasi – deb, miqdor holida tovarlar guruhlari, kichik guruhlari va pozitsiyalarini belgilashda hamda hisobga olishda qabul qilingan ro’yxatidir.
Tovar (ish, xizmat)lar assortimenti - deb mahsulotlarning ma’lum bir belgilariga qarab, ya’ni, uning turlari, navi, o’lchami, markasi, artikullariga qarab ajratiladigan mahsulotlar xilidir
Sotish hajmining o‘sish sur’atiga quyidagi omillar ta’sir etadi
  • mahsulot sifati,
  • mahsulotni bir maromda ishlab chiqarish,
  • mahsulotni o‘z vaqtida iste’molchilarga jo‘natish, uning haqini to‘lash,
  • sotilmagan mahsulotlarning yil boshiga va yil oxiriga bo‘lgan qoldig’i.

Ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlarning bir-biriga bog’liqligini tekshirish uchun tovar balansini tuzish kerak. Uni quyidagi formula orqali ifoda qilish mumkin:
T1 + M = R + T2
Bu yerda:
T1 - sotilmagan mahsulotlarning yil boshiga qoldig’i;
M - joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti hajmi;
R - joriy yilda sotilgan mahsulot hajmi;
T2 - sotilmagan mahsulotlarning yil oxiriga bo‘lgan qoldig’i.
Tovar balansining unsurlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog’liq. Agar rejaga nisbatan yil boshiga bo‘lgan qoldiq ko‘p bo‘lsa, u holda sotish hajmi oshadi.

Sotish hajmining o‘zgarishiga
  • tovar mahsulotini ishlab chiqarish
  • sotilmagan mahsulotlarning o‘zgarishi ta’sir qiladi.

  • Yuqorida berilgan tenglikdan sotish jarayonini quyidagicha ifoda etish mumkin:

    R = T1 + M - T2

Korxonalarning xo‘jalik faoliyatiga baho beruvchi muhim mezon - sotish rejasining shartnoma majburiyatini hisobga olgan holda bajarilishi.
Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha rejaning bajarilish darajasi 100 foizdan oshmaydi, eng maqbuli 100 foizdir.
Tuzilgan shartnoma majburiyatiga asosan iste’molchilarni zarur tovarlar xilma-xilligi bilan ta’minlash sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Korxonalar mahsulot ishlab chiqarish rejasini nafaqat qiymat ifodasida, balki belgilangan assortimenti bo‘yicha bajarilishi zarur.
Korxona faoliyatiga to‘g’ri baho berishda mahsulotning xilma-xilligi bo‘yicha biznes-rejaning bajarilishini aniqlash qo‘llaniladi.

Yüklə 137,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin