G'oyaviy-badiiy barkamollik ifodasida tamsil san'ati (Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" dostoni misolida)
G'oyaviy-badiiy barkamollik ifodasida tamsil san'ati (Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" dostoni misolida
REJA:
KIRISH
I BOB
MUQADDIMAVIY BOB VA YETAKCHI QAHRAMONLAR TA'RIF-TAVSIFIDA TAMSIL
1.1.Tun tasviri va ijodkor adabiy niyati talqinida tamsilning qo'llanilishi
1.2.Layli va Majnun ta'rif-tavsiflarida tamsil san'ati
II.BOB
RUHIY HOLAT TASVIRIDA TAMSILNING QO'LLANILISHI
2.1.Hijron iztiroblari tasvirida tamsilning qo'llanishi
2.2.Tush tasvirlarida tamsilning qo'llanilishi
2.3.Hayrat va tavhid tasvirida tamsilning qo'llanishi
XULOSA
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi va ilmiy ahamiyati. Alisher Navoiy ijodining gultoji sanalgan besh dostondan tarkib topuvchi “Xamsa”da ham inson sharaflanadi, uning ma’naviy kamoloti haqidagi ulug’ shoirning umumbashariy g’oyalari o’z ifodasini topadi. Bu beshlik tarkibidagi Layli va Majnunning ishqiy sarguzashtlariga bag’ishlangan uchinchi dostonda ishq mavzusi misolida ruhiy holat talqiniga e'tibor qaratilib, hajr iztiroblari, hayrat, tavhid singari tasavvufiy tushunchalar misolida inson ma'naviy kamoloti haqida so'z yuritiladi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning "O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida "Mumtoz adabiyotimizni, xususan, Alisher Navoiy asarlarini xalqimizga yanada yaqinlashtirish, bu noyob merosni ma'naviyatimizning hayotbaxsh manbasi va tarkibiy qismiga aylantirish" [2]1 kerakligi Navoiyning barcha asarlari singari "Layli va Majnun" dostoni uchun ham muhimdir. Zero, muhtaram Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarlarida ulug’ shoir haqida quyidagi fikrlarni bayon qilgan edilar: “Inson qalbining quvonch-u qayg’usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etolgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg’usi ham bizning ong-u shuurimiz, yuragimizga, avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimzni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko’p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaktirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda qudratli ma’rifit qurolga ega bo’lamiz”. [3, 47-48] Darhaqiqat, ushbu fikrlar Alisher Navoiydek ulug’ ijodkorning yuksak tafakkur va taxayyuli, katta san’atkorlik mahoranining samarasi bo’lgan “Layli va Majnun” dostoniga ham daxldordir. Ulug’ shoir Majnunning mislsiz darajada ishq olamiga sho'ng'igani, uning ilohiy ishqdan mast bo'lishini g'oyatda go'zal vositalar orqali ifodalab, talqin qilib ko’rsatadi. Ayni choqda Layli va Majnunni yuksak axloqiy fazilatlarga ega sifatda talqin etish bilan birga ularga Olloh tomondan yuborilgan bu ne'mat boshqalar, ya'ni zohirbinlar tomonidan to`la idrok etilmasligi orasidagi ziddiyat dostonga joziba baxsh etadi. Ulug' shoir ko'plab badiiy san'atlar singari tamsildan ham mahorat bilan foydalanadi. Alisher Navoiyning dostonda o'rni bilan qo'llagan tamsillari o'quvchiga yuksak ehtiros baxsh etib, uni mushohadaga chorlaydi va bu tamsillar ijodkorning yuksak badiiy kashfiyoti sifatida namoyon bo'ladi. Ularni ilmiy tadqiq etish ulug' shoirning san'atkorlik mahoratini o'rganish nuqtayi nazaridan ham, uning dunyoqarashiga yaqinlashish nuqtayi nazaridan ham ahamyatlidir.
Dostları ilə paylaş: |