00045.P.Mexanik kuchlar va agressiv muhit ta\'siridagi korroziya turlari
37-rasm. Errozion korroziyalanish.
V. Kontakt korroziyasi.
Metallarning boshqa metall yoki nometall buyum bilan o'zaro tegishib turganda agressiv muhit ta'sirida yemrilishi kontakt korroziyasi deyiladi.
O'zaro kontaktda turgan ikki metallning korroziyalanishi ularning ayni agressiv muhitdagi muvozanat potentsiallari qiymatiga bog'liq:
Agar aktiv holatda turgan biror metalni muvozanat potentsiali musbatroq bo'lgan boshqa metall bilan kontaktda bo'lsa, birinchi metall potentsialini bir oz ortishiga sabab bo'ladi, natijada uning korroziyalanish tezligi ortadi. Unga ko'ra (φEMe< φEMe1 ), ( ikontkor> ikor ).
Agar aktiv metall muvozanat potentsiali manfiy metall bilan kontaktda bo'lsa, asosiy metallning potentsiali manfiy tomoniga siljiydi va korroziyalanish tezligi kamayadi (φEM > φEMe1), ( ikontkor< ikor ).
Kristallararo koroziyalanish (KAK) - aksariyat xromli, xromnikelli korrozi-yaga chidamli po'latlarning va metallar(qotishmalar)ning kristallari donador chegaralarining turli agressiv muhit ta'sirida yemirilishidir
Uning mohiyati: Legirlangan xromli po'latlar olish jarayonida turli qattiq eritma kristallari hosil bo'lib, ularning chekkalari xromga to'yinmasdan, markazi ko'p xrom saqlagan bo'ladi. Bu kristallar agressiv muhit ta'sirida chekkasidan yemirila boshlaydi. O'zaro tegishib turgan kristall donachalari o'rtasida ajralish zonasi paydo bo'lib, shu joydan yemirilish kengayaveradi, metall sirti va ichki qismi tomoniga yo'nalgan yorilish chiziqlari yuzaga keladi. Demak, KAKning kelib chiqish sababi - kristall donachalarning ichki tuzilishi va kimyoviy jihatdan bir jinsli emasligi, ya'ni krisstallar chegaralarning legirlovchi qo'shimchalarga to'yinmaganligidir .
Kristall zarrachalari chegarasining xromga to'yinmaganlik (yoki karbidlar) nazariyasiga ko'ra qattiq kristall hosil bo'lishda legirlangan po'lat kristallarining eng chekkasida xrom atomlari kam yoki umuman bo'lmay, uning markazi tomon xrom miqdori ortib boradi. Kristall donachalari chekkasida uglerod miqdori ko'p bo'lib, uning agressiv muhitga bardoshliligi juda pastligi sababli kristall donachalari yemirila boshlaydi, ular o'rtasida bo'shliqlar paydo bo'la boshlaydi 38-rasm.