5-mavzu. Jadval redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish jarayonida foydalanish. (4 Soat) reja


Ruxsatsiz ko‘rishlardan himoyalash



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə12/13
tarix13.10.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#130150
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
5-ma\'ruza (1)

Ruxsatsiz ko‘rishlardan himoyalash
Faylni ruxsatsiz ochishlardan himoyalash fallarni saqlayotgan vaqtda o‘rnatiladi.
1. Fayl bo‘limina tanlang va Soxranit kak komandasini tanlang.
2.Soxranenie dokumenta oynasidan Servis tugmasini undan esa Obщie parametrы ni tanlang.
3. Parametrы soxraneniya oynasida Parol dlya otkrыtiya oynasida ochish parolini kiriting, o‘zgartirish parolini kiriting va OK tugmasini bosing.

4. Yana bir bor kirtilgan parollarni tasdiqlang.
5. Soxranenie dokumenta oynasidan Soxranit tugmasini bosing.
6. Faylni ochishda parolni to‘g‘riligini tasdiqlovchi so‘rovchi oyna hosil bo‘ladi. Parolni kiriting va OK tugmasini bosing.

Fayl ochilganidan so‘ng undagi parolni olib tashlash mumkin.
1. Fayl tanlang hamda Soxranit kak komandasini tanlang.
2. Soxranenie dokumenta oynasidan Servis tugmasini bosing va Общие параметры komandasini tanlang.
3. Параметры сохранения oynasidagi Parol dlya otkrыtiya maydonni tozalang va OK tugmasini bosing.
4. Soxranenie dokumenta oynasidan Soxranit tugmasini bosing.
Diagrammalar: diagrammalar ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, diagrammalarni rasmiylashtirish va stilini tanlash.
Diagramma tuzishdan avval ma’lumotlar qatorini va toifasini aniqlab, belgilab olish zarur. Ma’lumotlar qatori – bu siz diagrammada aks ettirishni istagan ko‘plab ifodalardir. Masalan, bizning jadvalimizda ish haqining miqdorlari bo‘lishi mumkin. Toifalar aniq ifodalarning ma’lumotlar qatoridagi holatini beradi. Bizning misolimizda – bu korxona xodimlarining ro‘yxatidir. Diagramma tuzishdan oldin ikkita diapazonni – ma’lumotlarning qatori (ish haqining miqdori)ni va toifa (xodimlarning familiyalari)ni ajratish kerak. Shundan so‘ng uskunalar panelidagi diagrammalar ustasi tugmasini chertish zarur. Ekranga yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan birinchi darcha chiqariladi.

Bu darchada diagrammaning toifali va tipi tanlanadi, undan so‘ng keyin tugmasini chertish zarur. Bunda quyidagi darchani chiqaradi:

Bu darchada diagrammaning tashqi ko‘rinishi ko‘rsatiladi va tegishli maydondan foydalanib diapazonni to‘g‘rilash imkoniyatlari taqdim etiladi. Usta bilan ishlashni davom ettirish tugmasini chertish bilan amalga oshiriladi. Keyingi darchada diagrammaning nomi, X o‘qi (toifalar), U o‘qi (ifodalar) beriladi. Bu amal sarlavhalar ilovasida bajariladi. O‘qlar ilovasi diagrammaning o‘qlarga imzolar (yoki ostki yozuvlar) ni kiritish yoki ularni chiqarib tashlash imkonini beradi. To‘r chiziqlari ilovasi to‘rning vertikal yoki gorizontal chiziqlarini ko‘rsatish yoki chiqarib tashlash imkonini beradi. Afsona ilovasi diagramma unsurlarining ostki yozuvlarini qo‘shadi yoki olib tashlaydi.
Ma’lumotlarning ostki yozuvlar (imzolar)i ilovasini diagrammaning o‘zidagi toifalar yoki ifodalarning imzolari ostki yozuvlarni olib tashlash yoki ko‘rsatish imkonini beradi.
Ma’lumotlar jadvali ilovasi diagrammaning pastki qismida ma’lumotlari bo‘lgan jadvalni ko‘rsatish yoki ko‘rsatmaslik imkoniyatini beradi.
Hamma parametrlar berib bo‘linganidan so‘ng Keyin tugmasini chertish zarur. Bunda ekranga ustaning so‘nggi darchasi chiqariladi. Unda diagrammani joylashtirish joyi – darchaning tegishli maydonidan tanlash mumkin bo‘lgan shu varaqning o‘zida yoki boshqasida ekanligini ko‘rsatish va diagrammani tuzish bo‘yicha harakatlarning uzul-kesil tugallanishi tayyor tugmasini chertish lozim. Diagrama sizning kitobingizning kerakli joyiga kiritiladi.
Shunga ahamiyat beringki, diagrammaning o‘zini atrofida tushunarli bo‘lgan ramka bor.
Bu tugunchalardan foydalanib diagrammaning o‘lchamlarini o‘zgartirish yoki diagrammaning burchagidan ushlab olib, uni burchakning orqasiga o‘tkazish, ish varag‘ining boshqa joyiga surib qo‘yish mumkin.
EXCEL diagrammani keyingi formatlashtirilishida ham keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Buning uchun sichqonchaning o‘ng tugmachasidan foydalaniladi. Ko‘rsatkichni diagrammaning istalgan qismiga o‘rnatish va ob’ekitni menyusidan foydalanib undan tegishli buyruqlarni tanlab diagrammaning keyingi formatlashtirilishini amalga oshirish mumkin.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich jadvaldagi ma’lumotlarning har qanday o‘zgarishida bu o‘zgarishlar diagrammada hech qanday to‘g‘rilashlarsiz avtomatik tarzda aks etadi.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin