5-sinf Adabiyot



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə9/12
tarix21.10.2017
ölçüsü0,78 Mb.
#8186
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

J: 1930-yildan.

48. Muqimiy ijodini o‘rganish qachondan boshlangan? J: Hayotlik chogidan.

SAYOHATNOMA”DAN

(QOQONDAN SHOHIMARDONGA SAYOHATI)
1. Muqimiy “Sayohatnoma”sining qaysi qismi

“Faryodikim garduni dun

Aylar yurak bag‘rimni xun” degan misralar bilan boshlanadi? J: Qoqondan Shohimardonga.

2.Qоlmay shaharda tоqatim,

Qishlоq chiqardim оdatim.

Хоhi yayоv, bo‘lsin оtim,

Gоh sayr ham darkоr ekan... Kimning qaysi asaridan? J: Muqimiyning “Sa-yоhatnоma” sidagi Qoqоndan Shоhimardоnga qismidan.

3. Muqimiy Qo‘qоndan Shоhimardоngacha qaysi qishlоqlarni va kimlarni ta’riflaydi? J: O‘ltarma, Do‘rmancha, Bo‘rbaliq, Оq yеr, Rоshidоn, Zоhi-dоn, Оltiariq, Chimyоn, Vоdil qishlоqlarini va ulardagi mingbоshi Хo‘ja Isо badkirdor, murdоr Hоji, bo‘lus G‘оzi, Оltiariqning dоg‘uli ayyоr mingbоshisi, chitfurush, voiz kabi shaxslarni.

4. Muqimiy “Sayohatnoma”sida shoir qaysi qishloqqa yurish qilganda bir chitfurush yo‘ldosh ekanligini aytadi? J: Oltarma qishloq.

5. Muqimiy “Sayohatnomasi”da Xo‘ja Iso badkirdor ismli mingboshi qayerlik? J: Qoshtegirmonlik.

6. Muqimiy “Sayohatnoma”sida shoir qaysi qishloqni “Dashti qaroqchizor” ekan deb ataydi? J: Dormancha.

7. Muqimiyning qaysi “Sayohatnoma”sida mag‘rur, xasis, har gapga yuz qasam ichadigan, moxovdan ham tagjoy oladigan murdor Hoji tasvirlangan? J: Qoqondan Shohimardonga.

8. “Sayohatnoma”da bo‘lis G‘ozi qayerlik ? J: Dormancha qishlogidan.
9. Muqimiy “Sayohatnoma”sida qaysi qishloqning “echkilari oriq, ertadan kechgacha kishilari yer ekan tariq” deb tasvirlangan? J: Borbaliq qishlogi-ning.

10. Muqimiy “Sayohatnoma”sida qaysi qishloq boylari mehmonni yomon ko‘rishi ta’kidlanadi? J: Oq yer qishlogi.

11. Muqimiy qaysi qishlоqni firdavs bоg‘iga, ya’ni jannat bоg‘iga qiyоslaydi? J: Rоshidоnni.

12.Muqimiy qaysi qishloq voizini ta’riflab “ermaklari ko‘knor ekan” deydi? J: Dormancha.

13. Muqimiy qaysi qishloqni “bir ko‘cha ketguncha bozor ekan” deb ta’rif-laydi? J: Zohidonni.

14. Muqimiy qaysi qishloqda sellarda qolib ketganini aytadi? J: Oltiariqda.

15. Muqimiy qaysi qishloq mingboshisini so‘finamo, zog‘i alo, dog‘uli ayyor deb ta’riflaydi? J: Oltiariqning.

16. Muqimiy “Sayohatnoma”sida qaysi qishloq “yer ostida zindon erur” deb ta’riflanadi? J: Chimyon.



  1. “Suvlar sеpilgan so‘rilar, Bo‘rlangan o‘chоq mo‘rilar, Ta’bing mabоdо chоy tilar, Damlashlari ishqоr ekan”. Bu ta’rif qaysi qishlоq haqida va “ishqоr” so‘zining ma’nоsi nima? J: Zоhidоn haqida; achchiq.

18. Qaysi qishloq “maqomi dilfuzo, ko‘chalari dilkusho” deb ta’riflanadi?

J: Vodil.

19. Muqimiy “Sayоhatnоma”sidagi “dilfuzо, dilkushо” so‘zlarining ma’nоsi? J: Ko‘ngilni quvоntiruvchi ko‘ngil оchuvchi.


QOQONDAN FARGONAGA” SAYOHATI
1. Muqimiy “Qo‘qоndan Farg‘оnaga” qismida qaysi qishlоqlarda to‘хtaydi?

J: Qudash, Yayfan, Nursuх, Bеshariq, Rafqоn, Kоnibоdоmda.

2. Muqimiy “Sayohatnoma”sida “serchashma, kamchang” deb ta’riflangan qish-loq qaysi? J: Qudash.

3. Qaysi qishloq odamlari yengilnamo, bir-birlari bilan ko‘p jang qiladi ?

J: Yayfan.

4. Muqimiy “Sayohatnoma”sida yetimning haqini yeydigan odamlar qaysi qish-loqda yashaydi? J: Beshariq.

5. Qaysi qishloqda olma, anor o‘rniga tok va zang ekilar ekan? J: Nursux.

6. Qaysi qishloq odamlari bog‘lariga tariq ekadilar va charchash nima ekan-ligini bilmaydilar? J: Beshariq.

7. “Bir ko‘cha ketguncha soy, dukchisidan attori ko‘p, choyxo‘ridan ko‘knori ko‘p” deb ta’riflangan qishloq qaysi? J: Rafqon.

8. Muqimiy ta’riflashicha qaysi qishloq ayvonchalari “misli katak”, yo‘llari tor, chit birla elak bir yerda sotiladi, bozori tor ekan? J: Rafqon.

9. Muqimiy bir juvоnning ashula aytganini qaysi qishlоqda tinglaydi va un-dan nimaning ovozi ham yaxshiroq deydi? J: Rafqоnda, eshakning.

10. Muqimiyni qaysi qishloqda qiyg‘ir ko‘targan uch yigit uxlatmaydi, tong otguncha it g‘ingshib chiqadi? J: Rafqonda.

11. Muqimiy “Sayohatnoma”sida qaysi qishloqqa kirmay qaytganini aytadi? J: Konibodomga.
QOQONDAN ISFARAGA” SAYOHATI

1. Muqimiy “Sayоhatnоma”sining “Qo‘qоndan Isfaraga” qismida qaysi qishlоq-larni bayоn etadi? J: Yakkatut, Yayfan, Nursuх, Rafqоn, Rabоti, Isfara.

2. Muqimiyning sayohati davomida “Qo‘qondan Isfaraga” qismida ham, “Qo‘-qondan Farg‘onaga” qismida ham nomi tilga olinadigan qishloqlar qaysi? J: Yayfan, Nursux, Rafqon.

3. Muqimiyning “Sayоhatnоma”sining “Qo‘qondan Isfaraga” qismi qanday misralar bilan boshlanadi? J: “Aflok kajraftor uchun”.

4. Muqimiy “Sayohatnoma”sida “bir tangaga bir qurut sotadigan baqqollari insofsiz” deb ta’riflangan qishloq qaysi? J: Yakkatut.

5. Qaysi qishloqda seshanba kuni bozor ekan? J: Yakkatutda.

6. Yakkatutning mingbоshisi kim ekan? J: Quruq savlatli Eshdavlat.

7. Muqimiy qaysi qahramonni “Bir diram chiqim qilsa, uyqusi qochadi” deb ta’riflaydi? J: Eshdavlat mingboshi.

8. Zebo sanam, qalam qoshli jononlari ko‘p qishloq qaysi? J: Yayfan.

9. Muqimiy “Sayohatnoma”sidagi qaysi qishloq do‘g‘ma (amaldor)lari yax-shi, volosnoyi uddaburon deb ta’riflanadi? J: Yayfan.

10. Qaysi qishloq tolzordan iborat? J: Yayfan.

11. “Sayohatnoma”ning qaysi qismida Nursux degan qishloq dehqonlarining qorni to‘q, masjidlari ko‘p deb ta’riflanadi? J: Qoqondan Isfaraga.

12. Qaysi qishloq mullalari chaqqon, garang, omilari ham mullarang, bir pul-ni yuz yeridan tugadigan, xasis? J: Rafqon.

13. Odamdan asar ham yo‘q ekan, odamlari “bir podayi gov-xar, chin og‘uli tayyor ekan” deb ta’riflangan qishloq qaysi? J: Raboti.

14. Muqimiy “Sayohatnoma”sida ismlari tilga olingan Mirza Umar, Burhon mingboshi, Xol sarkorlar qaysi qishloqdan? J: Rabotlik Bodom konidan.

15. Muqimiy “Sayohatnoma”sida qaysi qishloqni ko‘rmaganligi uchun afsus chekadi? J: Tikka Rabot.

16. Muqimiy “Sayohatnoma”sida “o‘ynab keladur suvlari, shirin zardolilari” deb ta’riflangan qishloq qaysi? J: Isfara.

17. Muqimiy “Sayohatnoma”sidagi zolim Hoji Zuhur, badburush boyvach-chalar, sil, choyfurush Hofiz Umar, Qahhorlar qaysi qishloqdan? J: Isfara-dan.

18. Muqimiy “Sayohatnoma”si qanday yakunlanadi?

J: “Alhamdulillo, bexatar,

Keldim, Muqim, aylab safar,

Muztar qolib, kormay zarar,

Haq bandasiga yor ekan”.
SAYOHATNOMA” HAQIDA TUSHUNCHA
1.Qanday asarni sayоhatnоma dеb ataymiz? J: Ozida sayоhat хоtiralari va ular bilan bоg‘liq tafsilоtlarni aks ettirgan nasriy va shе’riy asarlarni.

2. Sayоhatnоmaning dastlabki namunalari kimlar ijоdida uchraydi?



J: A. Navоiy va Bоbur.

3. XVIII asrning oxiri–XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan va sayohatnoma yozgan shoir kim? J: Maxmur.

4. Sayohatnoma janrining asoschisi kim?J: Muqimiy.

5. Muqimiy “Sayohatnоma”si uslubida kimlar sayоhatnоmalar yоzishgan? J: Zavqiy, Furqat, Tajalliy.

6. “Sayohatnoma”lar ko‘pincha qanday shaklda yozilgan? J: She’riy.

7. Sayоhatnоmaning ichki tuzilishi qanday? J: 1. Kirish (sayohatga chiqish sabablari aytiladi). 2. Yo‘l хоtiralari. 3. Xulоsa.

8. Hozirgi davrga kelib qanday sayohatnomalar yaratilyapti? J: Zamonaviy sayohatnomalar.

9. “Sayоhatnоma” janrining kеyinchalik bоyishida kimlarning хizmati katta?



J: Оybеk, Abdulla Qahhоr, Said Ahmad, O‘tkir Hоshimоvlarning.

SA’DIY SHЕRОZIY
1. Muslihiddin Sa’diy qachоn va qayеrda tugilgan? J: Taхminan 1184, 1189, 1203, 1210-yil Shеrоzda.

2. Sa’diy Sheroziyning to‘liq ismi? J: Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy.

3. Shayx deb kimlarga aytilgan? J: Sofiylar boshligiga, din arboblariga.

4. Sa’diy Sheroziy qayerlik? J: Sherozlik (Eronning mashhur shahri).

5. Sharq va G‘arbda e’tibori baland hisoblangan adib kim? J: Sa’diy Sheroziy.

6. “Ey sorbon, ohista ron oromi jonam meravad” deb boshlanuvchi g‘azal kimning qalamiga mansub? J: Sa’diy Sheroziy.

7. “Sorbon” so‘zining ma’nosi nima? J: Tuya yetaklovchi, karvonboshi.

8. S. Sheroziyning “Ey sorbon” deb boshlanuvchi g‘azalidagi ichki qofiyani toping? J: Sorbon-ohista ron-oromi jon.

9. Eronda uni qanchalar sevsalar, Turkistonda ham shuncha sevadilar. Fran-suz shoiri Volter, nemis shoiri Gyote o‘z asarlarida uning she’rlariga muro-jaat qiladilar. Bu mashhur shoir kim? J: S. Sheroziy.

10. Sa’diy Sheroziy nomini butun jahonga tanitgan asarlari qaysilar?



J: Gazallari va “Boston”, “Guliston” asarlari.

11. Sa’diy Shеrоziy 1226-yil qayеrda oqiydi? J: Bagdоdda.

12. Sa’diy Shеrоziy nеcha yil safar qiladi? J: 20 yildan koprоq

13. Sa’diy Sheroziy qaysi davlatlarda bo‘lgan? J: Afrikadan Xitoygacha, Hindistondan Farangistongacha.

14. Eng uzoq umr ko‘rgan adib kim? J: Sa’diy Sheroziy.

15. Sa’diy Sheroziyning qaysi asari o‘zi ko‘rgan–kechirgan, eshitgan-bilgan voqealari asosida maydonga kelgan? J: “Guliston” va “Boston”.

16. Kimning qaysi asarlari Sharq adabiyotida didaktik yo‘nalishni bоshlab bеr-di? J: Sa’diy Shеrоziyning “Gulistоn” (1258) va “Bostоn” (1257) asarlari.

17. “Gulistоn” va “Bo‘stоn” asarlari nimalardan tashkil tоpgan? J: Shе’riy va nasriy hikоya hamda masallardan.

18 Kimning qaysi asarlari Turkistоn madrasalarida o‘quv qo‘llanmalari sifatida хizmat qilgan? J: Sa’diy Shеrоziyning “Gulistоn” va “Bostоn” asarlari.

19. Qоzining to‘nini ham, to‘rni ham rad etgan “osha darvеsh mеn edim”, dеb hikоyasini tugatgan adib kim edi? J: S. Shеrоziy.

20. S.Sheroziyning “osha darvesh men edim” deb tugallaydigan hikoyati qaysi asaridan olingan? J: “Boston” dan.

21. Sa’diy Shеrоziy Bag‘dоdda “Nizоmiya” madrasasida kimdan tahsil оlgan? J: Abulfaraj Abdurahmоn ibni Javziydan.


GULISTON” DAN
1. S.Sheroziyning “Guliston” asarida joy olgan hikoyatlar? J: 1. Hunar or-ganmoq haqida. 2. “Daryo kormagan qul” hikoyati. 3. Darvesh hikoyati. 4. Hikoyat.

2. “Hunar o‘rganmоq haqida” parchasi kimning qaysi asaridan? J: S. Shеrоziy-ning “Gulistоn”idan.

3. “Hunar o‘rganmoq” hikoyatidan chiqadigan xulosa? J: Hunar tuganmas boylik va davlatdir.

4. “Hunar o‘rganmoq” hikoyatida hakim (donishmand) o‘g‘illariga qanday na-sihat qiladi? J: Hunar organinglar, mulk va molga e’timod (ishonch) yoq-dir.

5. “Hunar o‘rganmoq” hikoyatida hunar nimalarga o‘xshatiladi? J: Chash-mai ravon (oqar chashma), davlati bepoyon (poyonsiz davlat)ga.

6. “Ota merosini gar istasang, o‘rgan ota ilmini,

Ki qolgan mol otadin sahl muddatga tamom o‘lg‘ay” misralari qaysi hiko-yatda berilgan? J: “Hunar organmoq” haqida.

7. “Siym” so‘zining ma’nosi nima? J: Kumush.

8. “Sahl” so‘zining ma’nosi nima? J: Oz.

9. Biror qiyinchilik ko‘rmagan odam, tinch yashash qadriga yetmaydi de-gan xulosa S.Sheroziyning qaysi hikoyatidan kelib chiqadi? J: “Daryo kor-magan qul”.

10. “G‘ulom” so‘zining ma’nosi nima? J: Qul.

11. “Ajamiy” so‘zining ma’nosi nima? J: Eroniy.

12. “Daryo ko‘rmagan qul” hikoyatidagi podshohning quli qayerlik edi?

J: Eronlik.

13. “Daryo ko‘rmagan qul” hikoyatida podshohga hakim qanday maslahat beradi? J: Qulning sochidan tutib uch marta suvga chomiltirib olish.

14. “Daryo ko‘rmagan qul” hikoyatida qul nima uchun tinchlanib qoladi?

J: Daryoda chokish qanday bolishini bilgandan song.

15. “Ofiyat” so‘zining ma’nosi nima? J: Soglik.

16.Qaysi hikoyat quyidagi misralar bilan yakunlanadi?

Qorning toq ersa, arpa noni yaxshi korinmas,

Gar och ersang, oy qursi kabi xob erur va sof.

J: “Daryo kormagan qul”.

17. “Oy qursi” so‘zining ma’nosi nima? J: Tolin oy.

18. “A’rof” so‘zining ma’nosi nima? J: Jannat va dozax ortasi.

19. “Va lekin” bog‘lovchisining qisqa shakli qanday? J:Vale.

20. “Darvesh” hikoyatidan chiqadigan xulosa qanday? J:Har kim oz boshiga tushadigan tashvishga ozi sababchi.

21. “Darvesh” hikoyatidagi farzand ko‘rmagan darvesh Ollohga nima deb iltijo qiladi? J: “Bir ogil bersa, egnimdagi xirqa (darveshlar kiyimi, janda) dan boshqa barcha molimni darveshlarga nisor qilaman.

22. Darvesh nima uchun zindonga tushadi? J:Ogli mast bolib bir ki-shini oldirgani va qochib ketgani uchun otasi jazolanadi.

23.Qaysi hikoyat quyidagi qit’a bilan yakunlanadi?

Bo‘g‘oz xotin, ayo donoyi xushyor,

Tug‘ar vaqtida garchi mor tug‘g‘oy.

Base yaxshidur ul farzanddin-kim,

Ani nodon va nohamvor tug‘g‘oy.



J: “Darvesh” hikoyati.

24. Qit’a nima? J: Faqat juft misralari qоfiyalanuvchi shе’rning bir turi.

25. “Mor” so‘zining ma’nosi? J: Ilon.

26. “Nohamvor” so‘zining ma’nosi? J: Tentak.

27. S. Sheroziyning qaysi asaridan olingan hikoyatda damashqlik do‘stlar suh-

batidan qochib, Quddus sahrosida tutib olinib, farang xalqiga asir bo‘lgan va asirlikdan qutilib yanada davosiz dardga, ya’ni yomon xotinga yo‘liq-qan inson taqdiri ochib beriladi? J: “Guliston” asarida.

28. Hikoyatda farang xalqiga asir bo‘lgan qulni kim qutqaradi? Necha tilla evaziga ozod qiladi? J: Halab uluglaridan biri, 10 tilla evaziga.

29. Halab ulug‘laridan chiqqan bu kishi qizining mahriga necha tilla sola-di? J: 100 tilla.

30. S. Sheroziyning qaysi asaridagi hikoyat quyidagi misralar bilan yakun-lanadi?

Masnaviy
Bir kishi bir qo‘y ustiga yetti

Ki, bo‘ri ilikidin xalos etti

Kecha so‘ymoqqa qo‘yni bo‘ldi ravon,

“Qo‘y ko‘rib oni ayladi afg‘on:

Ki bo‘rini tutar edim dushman,

Emdi bildim, bo‘ri sen erkansan”.

J: “Guliston” asaridagi.

31. S.Sheroziyning “Bo‘ston” asarida qaysi shoh buloq boshiga “ko‘plar ham bu chashma boshiga yetdi, suv ichdi, dunyodan ko‘z yumib ketdi, qan-chasi zulm ila olamni oldi, go‘rga o‘zi ketdi, olgani qoldi” so‘zlarini yoz-dirgan? J: Jamshid shoh.

32. A.Navoiy qaysi asarida S. Sheroziyning “Guliston” va “Bo‘ston” asar-larini sevib o‘qiganini ta’kidlab aytib o‘tadi? J: “Lison ut-tayr” (“Qush tili”).

33.Kimning qaysi asarlari eski maktablarda darslik sifatida o‘qitilib, XX asr boshidagi jadid ma’rifatparvarlar uchun yangi darslik yaratishda qo‘llanma bo‘lgan? J: S.Sheroziyning “Guliston” va “Boston”i, A. Avloniyning “Tur-kiy Guliston yoxud axloq” asari.

34. S. Sheroziyning qaysi asari olti-yetti asr davomida o‘zbek tiliga bir necha bor tarjima qilingan? J: “Guliston”.

35. S. Sheroziyning “Bo‘ston” asari o‘zbekchaga qachon tarjima qilingan?



J: 1960-yilda.

36. “Guliston” asari necha bobdan iborat va qanday usulda yozilgan? J: 8 bob, hikoyatlar va she’riy usulda.

37. “... andоqkim, оfiyat (sоg‘lik) qadrin bir musibatga giriftоr bo‘lg‘оn kishi bilg‘usidir”. Ushbu hukm kimning qaysi asaridan? J: Sa’diy Shеrоziyning “Gulistоn” asaridagi “Daryo kormagan qul” hikоyatidan.
BOSTONDAN
1. S. Sheroziyning “Bo‘ston” asari qanday usulda yozilgan? J: She’riy usulda, 10 bob, ibratli hikoyatlardan iborat.

2. S. Sheroziy “Guliston” asarining qaysi bobida mol-mulk yig‘ib foydalan-may-diganlar va ilmiga amal qilmaydiganlarni ustiga kitob ortilgan eshakka qiyosla-gan? J: “Suhbat qoidalari bayoni” bobida.

3. “Bo‘ston” asaridan olingan she’riy hikoyatlar? J: 1. Ayb qidirmaslik haqi-da. 2. Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabogi. 3. Hikoyat (odil podsho haqidagi ). 4. Hikoyat (yaxshilik qilish haqida).

4. “Yomonlik yoqmasa, o‘zing qilmagin,

Keyin boshqalarga “qilmagil” degil” misralari qaysi asaridan olingan? J: “Boston”dagi “Ayb qidirmaslik haqida” she’riy hikoyatidan.

5. “Ayb qidirmaslik haqida” she’riy hikoyatining mazmuni? J: Birovning aybini qidirma, faqat yaxshi tomonini kor, aybini yuziga solma, hasad qilma.

6. “Ayb qidirmaslik haqida” she’riy hikoyatining boshlanishi va tugallani-shi?

J: Boshlanishi: Birov bilimdon-u bolsa tadbirkor,

Nogoh toyib ketsa, oyogi yakbor.

Tugallanishi: Har koz-u qosh yaxshi, demagil, dostim.

Pista magzini ye, tashlagil postin.

7. “Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabog‘i” she’riy hikoyatining tugallanishi?



J: Dehqon hayajonda: osarmi nihol,

Kochatidan meva berarmi iqbol?

Ba’zi xomta’malar sochmay urug, don,

Kotarmoqchi bolar dehqonday xirmon.
8. Hayit kuni adashib qоlgan bоlani оtasi nima qiladi ? J : Qulоgini chozadi.

9. S. Sheroziyning qaysi asarida “yaxshilik mukofot topishi, qo‘lidan kelgani-cha karam qilish kerakligi,biyobonda quduq qazolmasa ham, qabristonga kirib bitta chiroq yoqish” kerakligi aytib o‘tilgan? J: “Boston” hikoyatida.

7. Barcha aybin yuzga sоlma, ey g‘addоr, Sеning ham aybingni ko‘rsatuvchilar bоr... Kimning qaysi asaridan? J: Sa’diy Shеrоziy “Bostоn” asaridan, ayb qidirmaslik haqida.

8. Astar va avra bo‘z kiyib оlgan adоlatli Shоh haqidagi, tashna itga sahrоda suv bеrib yaхshilik qilgan оdam haqidagi hikоyalar kimning qaysi asaridan?



J: Sa’diy Shеrоziyning “Bostоn” idan.

9. Sa’diy Shеrоziy “Bo‘stоn” ida aytilishicha, kimning asalini hamma sоtib оlar va, aksincha, kimning bоlini zahardеk hеch kim оlmas edi? J: Shirinsoz ki-shinikini hamma olardi; badburush, dagal soz kishinikini hеch kim оl-masdi.


MUFRADOT”DAN
1. Arablarda bir so‘z bоrdir yaхshi bоq,

Оdоbsiz bоladan yo‘g‘i yaхshirоq. Janri va muallifi? J: Sa’diy Shеrоziy fard (“Mufradоt”dan).


Mufradotdan fardlar
Yaxshilik yordamin yaxshilarga qil,

Yaxshiga yaxshilik yaxshi-buni bil.

* * *

Niholin o‘stirar daraxt ko‘p zamon,



Bir zumda qo‘porib tashlaydi bo‘ron.

* * *


Davlating borida ishing sol yo‘lga,

O‘tib ketajakdir u qo‘ldan qo‘lga.


Hikmatlar

  1. Sa’diy Shеrоziy ilmiga amal qilmaydigan оlimlarni nimaga qiyоslaydi? J:Ustiga kitоb оrtilgan eshakka.

Hikmatlar

Chumoli yoz bo‘yi yig‘ar yemak –don,

Toki qishda uyi bo‘lsin farovon.

* * *


Erta kun arpaga zor bo‘lmay desang,

Bukun ek, shoyadki, bug‘doy non yesang.

* * *

Ustiga kitob ortilgan eshak,



Na olim va na donodir beshak.

* * *


Fildek zo‘r bo‘lsang-u sherdek urishqoq,

Nazdimda, jangda sulh ming bor afzalroq.

* * *

Boshqalar moliga ko‘ngil qo‘ymagil,



So‘ngra ko‘ngil uzmoq juda ham mushkul.
ABDULLA AVLONIY
1. Milliy uyg‘onish davrining taniqli namoyondasi kim? J: Abdulla Avloniy.

2. A. Avloniy qayerda va qachon tug‘ilgan? J: 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahri Mergancha mahallasi hunarmand-toquvchi oilasida.

3. A. Avloniy qayerlarda tahsil oldi? J: 7 yoshida Oqchi mahallasidagi bosh-langich maktabda, 1890-yil shu mahalladagi madrasada, keyinroq Shay-hontohurdagi madrasada.

4.Qaysi adib qish kunlarida o‘qib, yoz kunlarida mardikorlik b-n mashg‘ul bo‘l-gan? J: A. Avloniy.

5. A. Avloniyda she’r yozishga ishtiyoq necha yoshida paydo bo‘ldi?

J: 15-16 yoshidan.

6. A. Avloniy ilk she’riy mashqlarini qachon bitgan? J: 1894- yili.

7. A. Avloniy nechanchi yildan boshlab o‘z mashqlari b-n matbuot sahifalarida qatnasha boshlagan? J: 1905-yildan.

8. A. Avloniy nechanchi yillarda gazetachilik b-n shug‘ullandi? J: 1905-1908-yillarda.

9. “Taraqqiy”, “Xurshid” gazetalari nechanchi yillardan chiqa boshlagan?

J: 1906-yildan.

10. A. Avloniy qaysi gazetalarda ishlagan? J: “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuh-rat”, “Osiyo”, “Ishtrokiyun”, “Turon”, “Sadoyi Turkiston”.

11. A. Avloniy qaysi gazetani chiqarishda bosh-qosh bo‘lgan? J: “Shuhrat”.

12. “Imoratchi usta” deb nom olgan shoir kim? J: Avloniy.

13. A. Avloniy muharrirligida qachon va qaysi gazetaning 1-soni bosmadan chiqqan? J: 1907-yil 4-dekabr “Shuhrat”.

14. A. Avloniy o‘z uyida–hozirgi Mirobod tumanida tayyorlab chop etgan gazeta qaysi? J: “Shuhrat”.

15. “Osiyo” gazetasi qachondan nashr etila boshlangan? J: 1908-yildan.

16. A. Avloniy qaysi gazeta yopilgach Mirobod mahallasida maktabdorlik b-n shug‘ullana boshlagan? J: “Osiyo”.

17. A. Avloniy qanday maktab ochgan? J: “Usuli savtiya” yangi usuldagi ilgor maktab.

18. O‘z hayoti davomida ham ijodiy, ham amaliy ish bilan shug‘ullangan ma’rifatparvar olim kim? J: Abdulla Avloniy.

19. A. Avloniy 1909-yilda qanday tashkilot ochdi? J: “Jamiyati xayriya”.

20. “Jamiyati xayriya” qanday tashkilot? J: Xalq bolalarining bilim olishi uchun pul yigadigan.

21. A. Avloniy 1913-yilda qanday jamiyat ochdi? J: “Turon”.

22. A. Avloniy ochgan “Turon” jamiyatining vazifasi nima edi? J: 1. Aholi ortasida sahna ishlariga qiziqish uygotish, xalq uchun spektakllar qoyish va ularga ma’naviy oziq berish. 2. Klub, musiqa kurslari, kutubxonalar va qiroatxona ochish. 3. Oquvchilarga moddiy yordam berish.

23. Kim bir nom ostida ham jamiyat, ham teatr, ham gazeta tashkil qildi? Bu nom nima? J: A. Avloniy “Turon jamiyati ostida”, “Turon” teatri.

24. A. Avloniy ozarbayjon tilidan o‘zbek tiliga nechta pyesa tarjima qilgan?



J: 10 ga yaqin.

25. A. Avloniy nechta pyesa yozdi va ularni sahnalashtirdi? J: 3 ta pyesa.

26. Xalqni jaholatdan qutqarish, g‘aflat uyqusidan uyg‘otish, el orasida ma’rifatni yoyish, yurt ozodligiga erishishni o‘zlarining hayotiy maslagi deb bilish kimlarga xos? J: Jadidlarga.

27. A. Avloniyning ta’lim sohasidagi yangiliklari qaysilar? J: 1. Turkistonda birinchi boib maktabga geografiya, kimyo, handasa, geometriya, fizika fanlari kiritilishiga ta’sir korsatdi. 2. Bir dars b-n boshqasi orasida muayyan tanaffusni, bir sinfdan ikkinchi sinfga otishdagi imtihonni joriy etdi.



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin