132
7-bob
POLIMERLAR GIDRODINAMIKASI VA REOLOGIYASI
Suyuq fazali polimerlar (suyultma, eritma, aralashma, gel, suyuq
kristallar, suspenziya, emulsiya kabi) tizimlarda makromolekulyar
birikmalar o„ziga xos noyob xususiyatlar namoyon qiladi. Bunday
xususiyatlar tizimlarni tarkibi va makromolekulalarning qanday holatda
ekanligiga bog„liq tarzda polimerlar fizikasining gidrodinamikasi va
reologiyasi doirasida tadqiq qilinadi: -
gidrodinamika (
suyuqlik
dinamikasi) – polimerlarning individual tavsiflarini aniqlashga asoslangan
bo‟lib, tadqiqotlar odatda suyultirilgan, ya‟ni makromolekulalar bir biridan
izolyatsiyalangan eritmalarda olib boriladi. Gidrodinamik tadqiqotlar
polimerlarning o„lchamlari, molekulyar massaviy va konformatsiyon
tavsiflarini hamda ularning molekulyar tuzilishiga xos bo„lgan noyob
xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi;
- reologiya (“
” –
oqish)
polimerlarning eritma va suyultmalardagi oquvchanligi bilan bog„liq
deformatsion tavsiflarini va makromolekulalararo o„zaro ta‟sirlashish
prinsip va qonuniyatlarini o„rganishga asoslangandir. Reologik tadqiqotlar
polimerlarga xos orientatsion va deformatsion tartiblanish hamda maxsus
tuzulishga ega tizimlar tashkil etishda va qayta ishlash prinsiplarini
aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: