6-Laboratoriya ishi
Ishning nomi: Darsdan tashqari mashg„ulotlarning me‟yoriy hujjatlarini
tayyorlash.
Ishning maqsadi: Darsdan tashqari mashg„ulotlarning me‟yoriy hujjatlarini
tayyorlashni o„rganish.
Ish uchun kerakli jihozlar: Kompyuter, proyektor
Ish haqida nazariy ma‟lumot
Dunyoda axborot-kommunikatsion texnologiyalarning jadal rivojlanishi va
hukumatimimizning axborot-kommunikatsion texnologiyalari sohasida olib
borayotgan izchil siyosati maktablarda informatika fani mazmunini muttasil
yangilab borishni taqozo etadi. Shu o„rinda o„quvchi egallashi lozim bo„lgan
bilim va ko„nikmalarni belgilab beruvchi Davlat ta`lim standartlari, o„quv
dastur va rejalarining mukammal bo„lishi katta ahamiyatga ega.
Informatika fani bo„yicha darsdan tashqari mashg„ulotlarni belgilashda
ularning foydali uslubini ishlab chiqish uchun darsni tashkil etish va boshqa turlar
bilan o„zaro bog„liq bo„lgan ba‟zi bir umumiy talablar mavjud.
Informatika bo„yicha darslar, darsdan tashqari mashg„ulotlar va ixtiyoriy
darslarini tashkil etish shakllari va uslublari mazmunidagi izchillik informatikani
o„qitish maqsadlari, o„quvchilarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash
orqali belgilanishi kerak.
Informatika bo„yicha darsdan tashqari mashg„ulotlar maqsad va vazifalarini
e‟tiborga olib, darsdan tashqari mashg„ulotlarlarning mohiyatini aniqlash va tashkil
etishga xarakterli bo„lgan uslubiy va maxsus prinsiplarini ko„rib chiqamiz.
Informatikani o„qitishda tarixiy materialdan foydalanish prinsipilari
umumta‟lim maktablarida darsdan tashqari mashg‟ulotlarda ishlatish samarali
hisoblanadi.
Informatika bo„yicha faol va natijaviy darsdan tashqari mashg„ulotlardan biri-
bu to„garakdir. To„garak asosida ixtiyoriylik prinsipi yotadi. Odatda to„garaklar
faol va iqtidorli o„quvchilar uchun tashkil etiladi. Ammo ba‟zida bilimi sayoz
o„quvchilar ham to‟garak(darsdan tashqari mashg‟ulotlar)ga qatnashish xohishini
bildiradilar va to„garakda yaxshi natijalarga erishadilar. To„garak ishini ikki
yo„nalishga ajratsa bo„ladi.
Birinchisi, asosan, fikrlashni rivojlantirishga va hisoblash texnikasi,
informatikaga bo„lgan boshlang‟ich qiziqishni shakllantirishga yo„naltirilgan.
Ikkinchisi, informatika bo„yicha bilimlarni chuqurlashtirish va dasturlash
tillarni o„rganish.
“Kompyuter savodxonligi” to„garagini tashkil etishni ko‟rib chiqamiz.
To„garakning maqsadi o„quv jarayonida olingan bilim va ko„nikmalarni
mustahkamlash, hozirgi kunda dolzarb bo„lgan mavzularni o„quvchilarga
etkazishdan iborat.
To„garakning asosiy vazifalari o„quvchilarga zamonaviy kompyuter
texnikasining tuzilishi, tarkibi, ishlash mexanizmi va imkoniyatlari, yangi axborot
texnologiyalarining jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim
ahamiyati va inson faoliyatining turli jabhalariga ijobiy ta`siri haqida tasavvur
hosil qilishdir.
To„garak ishining mazmuni axborot texnologiyalari, kompyuterda masalalar
yechish texnologiyalari, axborot texnologiyalarining istiqbollari haqida ma`lumot
berishdan iborat. To„garakning a`zolari aniqlanadi va taqvim-mavzu rejasi ishlab
chiqiladi.