Butun O‘zgarmaslar Bular ixtiyoriy kasr qismlarsiz butun sonlardir. Butun o‘zgarmaslar quyidagi qoidalar asosida aniqlanadi:
(a) eng kamida bitta raqamdan iborat bo‘lishi
(b) o‘nlik kasrlarning ishtirok etmasligi
(c) + yoki – belgisidan iborat bo‘lishi mumkinligi
(d) ishora belgisi ishtirok etmaganda son musbat deb qaralishi
(e) vergul va probellar qatnashmasligi lozim.
NAZARIY QISMI: Identifkatorlar Bular dasturning asosiy qurilma bloklari bo‘lib sinflar, ob'yektlar, massivlar, funksiyalar va o‘zgaruvchilarga nom berish uchun qollaniladi.
C++ identifikatori quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak :
Bu harflar, raqamlar va pastki chiziqlar yig'indisdir.
birinchi belgi harf bo‘lishi kerak, (pastki chiziq ham _ harf deb hisoblanadi).
C ++ da katta va kichik harflar har xil qo‘llaniladi.
Barcha belgilar muhim ahamiyatga ega. Ba'zi operatsion tizimlarda identifikatorlarning uzunligi cheklovlari turli versiyalarda turlicha farq qiladi.
zahiradagi so‘zlar identifikatorlar / o‘zgaruvchilar nomlari sifatida qo‘llanilmaydi.
Maqbul identifikatorlarga misollar:
num, sum, average, total_salary, big, SIZE, Value
Nomaqbul identifikatorlar quydagilar :
Continue (himoyalangan so‘z)
Marks (bo‘sh joy qo‘yish mumkin emas)
B, pay (maxsus belgilar ‘,’ qo‘llanilgan)
SUM va sum turli xil identifikator nomlaridir
O‘zgarmas miqdorlar (literallar) C ++ tilida shakli va qiymatiga ko‘ra turli xil o‘zgarmas miqdorlar mavjud. Ular quyida berilgan:
raqamli o‘zgarmas miqdorlar (butun sonli o‘zgarmas miqdor va o‘zgaruvchan nuqtaning o‘zgarmas miqdori).