Ma`lumot turlari haqida tushuncha Dasturlash tilida o`zgaruvchi o`zida saqlashi mumkin bo`lgan ma`lumotlar har xilligiga ma`lumot turli deyiladi. Ma`lumot turlarini bir biridan farqlovchi ikkita asosiy sabablar :
compiler yordamida munosib ichki namoyishdan foydalanishi jihatidan
dasturchi tomonidan har bir tur uchun munosib operatordan foydalanishi jihatidan quyidagi rasmda ma`lumot turlarining turli kategoriyalarini ko`rsatadi:
O‘zgaruvchilarni e’lon qilish/lnitsializatsiya qilish O‘zgaruvchi xotirada nomlangan pozitsiya bo‘lib, dasturda uning qiymatini o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. Bu barcha til uchun ham amal qiladi. C++ ning barcha o‘zgaruvchilari foydalanishdan oldin albatta e’lon qilinishi zarur. Qiymatlar o‘zgaruvchilarga o‘zlashtiriladi va uni dastur bajarilishi davomida o‘zgartirish mumkin. O‘zgaruvchi nomi do‘stona bo‘lishi lozim. Masalan, agar ikkita sonning yig’indisini hisoblash kerak bo‘lsa, o‘zgaruvchini 'sum' deb nomlash maqsadga muvofiq, qandaydir 'Zangura' yoki boshqa topishmoq (tushunish qiyin bo‘lgan) so‘z bilan emas.
O‘zgaruvchiga o‘zlashtirilgan yoki kiritilgan qiymat xotirada ajratilgan joyda saqlanadi.
Biz o‘zgaruvchilarni char, int va float xizmatchi so‘zlaridan foydalanib hosil qilishimiz mumkin.
O‘zgaruvchilar nom va ma’lumot turi yordamida aniqlanadi.
Masalan,
char ch; // ch – belgili o‘zgaruvchi
int sum; // sum – butun o‘zgaruvchi
float salary; // salary – suzuvchi nuqtali o‘zgaruvchi
O‘zlashtirish ifodasi O‘zlashtirish ifodasi o‘zgaruvchiga yoki o‘zgarmasga qiymat o‘zlashtirish uchun foydalaniladi. Masalan,
int x = 50;
float a = 30.6;
const float PI = 3.141 59;
const char ch = 'A';
Tenglik (=) belgisi o‘ng tomondagi o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmas qiymatining chap tomondagi o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmasga o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. O‘zlashtirish ifodasining umumiy ko‘rinishi quyidagicha: