Butun sonlar. Raqamli ma’lumotlarning asosiysi – bu butun sonlardir. Butun sonlar kompyuterda ikkilik sonlar ko‘rinishida saqlanadi. Ular odatda 8, 16, 32 va 64 bitli uzunliklardan biriga ega bo‘lishlari mumkin. Kompyuterda butun sonlar ishorali va ishorasiz ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin (6.9-rasm). 32-razryadli so‘z (rus tilida – слово) yordamida 0 dan 232-1 gacha bo‘lgan ishorasiz, hamda -231-1 dan +231-1 gacha bo‘lgan ishorali butun sonlarni ifodalash mumkin.
Butun bo‘lmagan sonlar.Butun bo‘lmagan sonlarni (3,14; 0,495; 0,0056; …) ifodalash uchun suriluvchi nuqtali sonlar ishlatiladi (rus tilida - числа с плавающей точкой). Ularning uzunliklari 32, 64 yoki 128 bitgacha bo‘lishi mumkin (6.10-rasm).
6.11-rasm. Suriluvchi nuqtali sonlarga misollar.
O‘nlik sonlar. Bunda o‘nlik sistemasida yozilgan har bir raqam, ikkilik sistemasidagi to‘rtta raqam bilan almashtiriladi. Ikkita o‘nlik raqam, bitta baytga joylashtiriladi (6.12-rasm). Bu ikkilik-o‘nlik formati deb ataladi. (rus tilida – двоично-десятичный формат).
6.12-rasm. O‘nlik sonlarga misollar.
Raqamli bo‘lmagan ma’lumotlar va ularning xillari.
Simvolli ma’lumotlar. Matnlarni ishlashda, ma’lumotlar bazalarini boshqarishda va boshqa shularga o‘xshash xollarda simvolli ma’lumotlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Simvolli ma’lumotlarga misol qilib ASCII (American Standard Code for Information Interchange) va UNICODE kodlarini keltirish mumkin. Ularning uzunliklari mos xolda 7 (8) va 16 razryadli bo‘lishi mumkin (6.3-jadval).