6-мавзу: германиянинг бирлаштирилиши


I-BOB. XIX ASRDA GЕRMANIYANING TASHQI SIYOSATI



Yüklə 178 Kb.
səhifə2/7
tarix10.12.2023
ölçüsü178 Kb.
#139620
1   2   3   4   5   6   7
NOSIROV hosilbek 7777

I-BOB. XIX ASRDA GЕRMANIYANING TASHQI SIYOSATI.


1.1. Germaniya imperiyasining siyosiy tuzumi.

1871 yil 18 yanvarida nemis qo’shinlari Parij ostonasida turgan bir vaqtda Versalda Germaniya imperiyasining tuzilganligi e’lon qilindi. Germaniya davlatlari Prussiya boshchiligida yuqoridan birlashtirildi. Prussiya qiroli bo’lgan Vilgelm I Germaniya taxtiga o’tirdi. Germaniya 22 ta monarxiyaning (Bavariya, Vyurtemberg, Baden va Saksoniya cheklangan ichki avtonomiyaga ega edi) va 3 ta erkin shaharlar (Gamburg, Bremen va Lyubek) ning ittifoqidan iborat imperiya edi. Germaniyaning birlashtirilganligi 1871 yil mart oyida chaqirilgan reyxstagda konstitusiyaning qabul qilinishi bilan mustahkamlandi. Shimoliy Germaniya ittifoqi konstitusiyasi hyech qanday o’zgarishsiz imperiya konstitusiyasi sifatida joriy qilindi. Konstitusiya Germaniya imperiyasida Prussiyaning hukmronligini mustahkamladi. Unga ko’ra faqat Prussiya qirollari imperator taxtiga o’tirishi mumkin edi. Imperator-oliy qonun chiqaruvchi hokimiyatga ega bo’lib, ijroiya hokimiyat boshlig’i-imperiya kanslerini tayinlash ham uning vakolatiga kirgan. Imperiya kansleri imperatorga hisob bergan. Imperator oliy harbiy qo’mondon va xalqaro hayotda Germaniya nomidan ish ko’ruvchi, urush va sulh masalalarini hal qiluvchi ham edi.


Mamlakatning oliy vakillik organi, Ittifoq kengashi (bundesrat) va reyxstag bo’lib, reyxstag uch yilga (1878 yildan besh yilga) saylangan. Saylov qonuniga ko’ra, ovoz berish huquqiga 25 yoshga yetgan barcha erkaklar (harbiylardan tashqari) ega bo’lganlar. Reyxstag qonun ishlab chiqarish tashabbusiga ega bo’lib, bu qonunlar ittifoq kengashi va imperator tasdig’idan o’tgandan so’nggina kuchga kirgan. Germaniya ittifoqi kengashi (bundesrat) imperiya vakillik organining yuqori palatasi hisoblanib, u eski german ittifoqi seymi (bundestagi) ning merosxo’ri edi. Ittifoq kengashiga imperiya tarkibidagi alohida nemis davlatlarining vakillari umrbod kiritilgan. Ammo, ittifoq kengashida ham Prussiyaning ustunligi ta’minlangan. Kengashdagi 58 o’rindan 17 tasi Prussiya vakillariga tegishli bo’lgan. Konstitusiyaga o’zgartirish kiritish uchun kengash a’zolarining 14 tasi qarshi bo’lsa, qaror qabul qilinmagan. Kengashga imperiya kansleri raislik qilgan. Germaniya imperiyasining hukumati vakolatiga mamlakat mudofaasi va tashqi siyosati, savdo-bank va ma’muriy boshqaruvga doir fuqarolik qonunlarini ishlab chiqarish, pul, o’lchov va og’irlik birliklarini joriy qilish kabilar kirgan.
Nemis davlatlari ittifoqida Prussiyaning hukmronligiga uning boshqa jihatlari mos kelgan. Jumladan, imperiya hududining 65% (541 ming kv.km. dan 349 ming kv.km), 1910 yilgi aholi ro’yxatiga ko’ra imperiya aholisining 61%(65 mln.dan 40 mln.), ishlov beriladigan qishloq xo’jalik maydonlarining 67% (43 mln.ga dan 28.5 mln.ga.) Prussiya zimmasiga to’g’ri kelgan. 1911 yili Prussiya byudjeti butun imperiya byudjetining yarmidan ko’prog’ini tashkil etgan. Imperiya harbiy kuchlarining 2/3 qismini Prussiya harbiy kuchlari tashkil qilgan.Mavjud davlat tizimiga va harbiy kuchlariga tayangan Germaniya hukmron doiralari imperiya hududida prusslashtirish siyosatini yuritganlar.
Germaniya imperiyasining birinchi kansleri Otto Bismark ishchilar harakatining va umuman har qanday siyosiy muxolifatning ashaddiy dushmani bo’lgan. Bismark imperiya kansleri lavozimida turgan 1871-1890 yillar davomida Germaniyada bir nechta yirik siyosiy partiyalar vujudga keldi. Ularning orasida eng reaksioni Sharqiy Prussiya, Brandenburg, Pomeraniya yunkerlari, lyuteran ruhoniylari va iqtisodiy jihatdan o’ziga to’q bo’lgan dehqonlarning manfaatini himoya qiluvchi «Konservatorlar» partiyasi edi. Konservatorlar partiyasi hukmronlik qilayotgan Gogensollernlar sulolasi bilan uzviy bog’liq bo’lib, saroy, armiya va suddagi eng muhim davlat lavozimlarini, hatto umumgerman ma’muriy boshqaruv apparatini ham o’z qo’lida tutgan.
1866 yil Germaniyani birlashtirish masalasida kelisha olmaganligi sababli «Konservatorlar» partiyasidan ajralib chiqqan «Ozod konservatorlar» yoki «Imperiya partiyasi» ga xo’jaligini kapitalistik usullar bilan rivojlantiruvchi yirik pomeshchiklar va Shtumm, Krupp kabi sanoat magnatlari kirgan. «Ozod konservatorlar» partiyasi Bismarkning imperiya siyosatini qo’llab-quvvatlagan.
«Progressistlar» partiyasining sobiq a’zolari 1867 yilda «Milliy liberallar» partiyasini tuzganlar. Bu ham Bismarkning tayanch partiyalaridan biri bo’lib, u mustamlakalar bosib olish uchun armiya va harbiy dengiz flotini kuchaytirish tarafdori bo’lgan yirik sanoat burjuaziyasi manfaatlariga xizmat qilgan. Bu partiya a’zolari konservatorlar bilan birgalikda Prussiyada umumiy saylov huquqini joriy qilinishiga va ayrim iqtisodiy qonunlarga qarshi edilar.
Germaniya imperiyasi boshqaruvida Prussiya gegemonligiga qarshi kurashish uchun katolik cherkovi 1870-1871 yillarda o’zining partiyasini tuzdi. Katoliklar partiyasining deputatlari reyxstag majlislari zalida markaziy o’rinlarni egallaganligi uchun bu partiya «Markaz partiyasi» ham deb atalgan. «Markaz partiyasi» janubi-g’arbiy Germaniyadagi Elzas va Lotaringiya katoliklarini o’ziga birlashtirib, janubiy va janubi-g’arbiy Germaniyadagi katta-kichik davlatlarning dvoryanlariga, aholining o’rta toifasiga, shuningdek, katolik dehqonlari, hunarmandlari va ishchilariga tayangan.
Konservatorlar va milliy liberallarning qo’llab-quvvatlashi bilan Bismark katolik cherkovi va «Markaz partiyasi» ga qarshi kurashdi. Bu Germaniya tarixida «kulturkampf siyosati» (madaniyat uchun kurash) deb ataldi. Amalda kulturkampf Germaniyada Prussiya gegemonligini o’rnatish uchun katoliklarga qarshi olib borilgan tadbirlar yig’indisi bo’lib, katolik cherkoviga qarshi bir qator qonunlar qabul qilingan. Xususan, davlat barcha cherkov lavozimlariga nomzodlarni tayinlashni o’z nazoratiga olgan, katolik ruhoniylarning boshlang’ich maktablardagi faoliyati to’xtatilgan, ruhoniylarning siyosiy targ’ibotchilik ishlari bilan shug’ullanishi taqiqlangan, katoliklarning iyezuitlar ordeni Germaniyadan quvg’in qilingan, fuqarolik nikohi joriy qilingan. Katolik ruhoniylar bunday taqiq va qonunlarga amal qilmasdan ularga qarshi boykot e’lon qilganlar. Bunga javoban Bismark bo’ysunmagan katolik ruhoniylarini hibsga olib, ularni ta’qib va surgun qilgan. Bunday holat imperiyadagi millionlab katoliklarning manfaatlariga zid bo’lib, ularning noroziliklariga sabab bo’lgan. Natijada mamlakatda katoliklar partiyasining ta’siri va reyxstagdagi ularning vakillari soni o’sgan. Bismark chekinishga majbur bo’lgan. 1878-1882 yillarda katoliklarga qarshi qonunlarning aksariyati bekor qilindi. Yepiskoplar o’zlarining ilgarigi lavozimlariga, katolik monaxlari esa o’z monastirlariga qaytganlar. Kulturkampf davridan faqat fuqarolik nikohi to’g’risidagi maktablarda davlat nazoratini o’rnatishga oid qonunlar saqlanib qolgan.
Bismark mamlakatda keng avj olayotgan sosialistik harakatni bostirishda yanada qat’iy harakat qilgan. 70-yillarda Germaniyada ishchilarning ish tashlashlari ko’payib, kasaba uyushmalarining faoliyati kuchaygan. Kasaba uyushmalari asosan katoliklar partiyasi ta’sirida bo’lib, ishchilarning ko’pchiligi esa sosialistlarga ergashganlar.
Germaniyada ishchilar harakatining ikkita tashkiloti – «Sosial-demokratik ishchilar partiyasi» (eyzenaxchilar) va «Umumgerman» ishchilar ittifoqi (lassalchilar) to 1875 yilgacha alohida faoliyat yuritgan. 1875 yil Goto shahrida bu ikki siyosiy tashkilot yagona partiyaga birlashgan. Bu partiya «Germaniya sosialistik ishchi partiyasi» deb atala boshlagan. Syezd partiyaning dasturini qabul qildi. Dasturda «ish haqining temir qonuni» aks etgan va proletariatdan tashqari jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlarni reaksion deb topilgan edi. Shunga qaramasdan bu partiyaning mehnatkashlar orasidagi ta’siri o’sib borgan. 1877 yilgi reyxstag saylovlarida sosial-demokratlar yarim million ovoz olib 12 ta deputatlik mandatlariga ega bo’lganlar. Bismark boshchiligidagi Germaniyaning hukmron doiralari ishchilar harakatining o’sib borishida juda katta xavfni ko’rib, uni bartaraf etish choralarini izlay boshlaganlar. Buning uchun 1878 yil 11 may va 2 iyunda imperator Vilgelm I ga ikki marta suiqasd qilinishi Bismarkning ishchilarga qarshi qat’iy kurashi boshlashiga qo’l kelgan.
Birinchi suiqasdan so’ng sosialistlarga qarshi qonun loyihasini reyxstag rad etgan. Ikkinchi bor qilingan suiqasddan keyin reyxstag tarqatib yuborilib, yangi saylovlar chaqirilgan. Saylovda konservatorlar ko’pchilik ovoz olgan. Yangi saylangan reyxstag uzoq muhokamadan so’ng 1878 yil 19 sentyabrda 2 yarim yil muddat bilan sosialistlarga (ishchilar harakatiga) qarshi qonun qabul qilgan. Keyinchalik bu qonun muddati yana uzaytirilib, u 1890 yilgacha amal qilgan. Bu qonunga ko’ra barcha ishchi tashkilotlari, hatto sport to’garaklari ham tarqatib yuborilgan, mazkur tashkilotlarning gazeta va jurnallari yopilgan, sosial-demokratik partiya a’zolarini ommaviy ravishda xibsga olish va surgun qilish boshlandi. Partiyaning markaziy komiteti uni tarqatilganligi to’g’risida qaror qabul qildi. Sosial-demokratlar mehnatkashlarning manfaatlarini himoya qilib, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash uchun harakat qilganligi tufayli sosial-demokratlar uchun ovoz beruvchilar soni oshgan, ular uchun 1881 yilda 300 ming kishi, 1890 yilda 1427 ming kishi saylovda ovoz bergan. 80 yillarning oxirlariga kelib Germaniyaning barcha rayonlarida ishchilarning ish tashlashlari boshlanib ketgan. Hukumatning tashabbusi bilan reyxstag 1883, 1884, 1889 yillarda ijtimoiy sug’urta to’g’risida qonunlar qabul qilib mehnatkashlarga yon berganlar. Shunga qaramasdan, 1890 yil saylovlarida sosial-demokratlar reyxstagda 35 ta o’rinni egallab g’alaba qilganlar. Bismark hukumat boshlig’i lavozimidan ketgandan so’ng, sosialistlarga qarshi favqulodda qonun bekor qilingan. 1891 yil Erfrut shahrida chaqirilgan syezdda partiyaning yangi dasturi qabul qilingan. Dastur 20 yoshga yetgan barcha fuqarolarga umumiy saylov huquqini joriy qilish, doimiy qo’shin o’rniga xalq milisiyasini tuzish, ilg’or (progressiv) daromad solig’ini joriy qilish, 8 soatlik ish kuni, hokimiyatni ishchilar qo’liga berish, ishlab chiqarish vositalariga jamoat mulkchiligini joriy qilish kabi talablarni va o’zining oxirgi maqsadi deb sosialistik jamiyat qurishni ko’zda tutgan. Mamlakatda sosial-demokratlar partiyasining nufuzi oshib boravergan. 1898 yilgi reyxstag saylovlarida uning vakillari 56 ta deputatlik mandatini qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lganlar. Partiyaning 79 ga yaqin gazeta va jurnallari nashr qilina boshlangan.

Yüklə 178 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin