B)Mavzuni “Keys stadi” uslubi asosida o’qitish. Mavzuni: “Keys stadi” uslubi asosida o’qitish.
Mavzu: “60-yillari – 80-yillarning o’rtalarida Turkistonda Rossiya mustamlaka tuzumining qaror topishi”.
“Keys stadi” uslubi uchun sinfdagi o’quvchilarning soni hamda sinfning qanday jihozlanganligi muhim rol o’ynaydi. Avvalo mavzuga moslab maxsus reja tuzib olinadi. Maxsus reja quyidagicha tuziladi.
T.r.
Bloklar
Mazmuni
Ajratilgan vaqt
1.
2.
3.
4.
Axborot bloki
(5 kishi)
Taxlil bloki
(5 kishi)
Xulosa bloki
(5 kishi)
Tanqid bloki
(3-4 kishi)
Mavzu yuzasidan barcha muhim ma’lumotlarni guruh a’zolari tomonidan to’laligicha buriladi.
Bu guruh a’zolari berilgan ma’lumotlarni tahlil qilib mavzuning mazmunini ochib beradi.
Bu guruh a’zolari ma’lumotlar va tahlillarni umumlashtirib mavzuning osilmagan qirralarini ochib, xulosalar beradi.
Bu guruh barcha guruhlar tomonidan qo’yilgan kamchiliklarni ochib beradi va ularning faoliyatini baholaydi.
10 minut
10 minut
10 minut
10 minut
Mavzu yuzasidan “Asosiy reja” quyidagicha tuziladi:
1.O’rta Osiyo masalasida ingliz raqobati.
2.Podsho Rossiyasining Turkistonni bosib olish rejasi.
3.Rossiya istilochilik yurishining boshlanishi.
4.Turkiston va Chimkent shaharlarining chor qo’shinlari tomonidan bosib olinishi.
Mavzu yuzasidan “Axborot bloki” bergan ma’lumotlar quyidagicha bo’ladi:
1.Angliya va Rossiya manfaatlari XIX asrning o’rtalarida Turkistonda to’qnash keldi.
2.Angliyaning asosiy maqsadi uchala xonlikni qarshi kurashda birlashtirish, O’rta Osiyo bozorlarini egallash.
3.1841-1842 yillarda Staddort va Konnolini xonliklarga maxsus missiya Angliya hukumati tomonidan O’rta Osiyoga jo’natilishi.
4.Turkistonni bosib olishda Rossiya bosh vazirining rejasi.
5.Sibir qo’shinlari qumondoni G.Gosfordin O’rta Osiyoni bosib olish rejasi ishlab chiqildi.
6.Oqmachit qal’asini bosib olish uchun qilingan dastlabki 1952 va 1953 yilgi harbiy harakatlar bo’lib o’tdi.
7.1860 yilda rus qo’shinlari Pishkokka yurish qildi.
8.1864 yilda Avliyoota qal’asi ruslar tomonidan bosib olindi.
9.1864 yil 12 iyulda Turkiston bosib olindi.
10.1864 yil sentyabr oyida Chimkentga rus qo’shinlari bostirib kirdi.
Tahlil bloki:
1.XIX asr o’rtalarida mustamlakachi imperiya davlatlar Rossiya va Angliya manfaatlari Turkistonda to’qnash keldi. Chunki Turkiston imperial va tabiiy xom-ashyo bazasiga aylanishi, shuningdek o’z mollarini sotadigan bozorga aylanishi mumkin edi. Ingliz siyosatchilari Turkistonni Rossiya bosib olishidan xavfsirab, uning chegaralari Afg’onistongaa yetib kelmasligini istar edi;
Shu tariqa har bir axborotni tahlil qilib, o’rganilib boriladi.
Xulosa bloki:
-O’rta Osiyoda ingliz-rus raqobati qanday natija bilan tugaganligini, xonliklarning o’zaro kelishmovchiliklari, o’zaro ichki ziddiyatning mavjudligi O’rta Osiyoni asta-sekinlik bilan ruslar tomonidan egallaganligini umumiy xulosalar bilan yakunlaydi.
Tanqid bloki:
-“Axborot bloki” bergan ma’lumotlardagi xato va kamchiliklarni, “Tahlil bloki” mavzuni yoritishdagi e’tibor berilmagan tomonlarini, “Xulosa bloki”ni yakuniy xulosalardagi jiddiy xatolarni tahlil qilib, mavzu doirasidagi ayrim qo’shimchalarni ta’kidlab o’tadi. Shundan so’ng o’qituvchi va “Tanqid” bloki birgalikda guruhlarni mavzu yuzasidan olgan baholarini eshittiradi.
XULOSA Germaniya xalqaro maydondagi ta’sirini kuchaytirish Bismark o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. 1873-yilda Germaniya, Rossiya va Avstriya-Vengriya bilan ittifoq to’g’risida shartnoma - «Uch imperator shartnomasi»ni tuzdi. Bismark 1875 yilda Fransiyani 1871 yildagiga nisbatan ham ko’proq qaramlikka olish va uni Germaniya vassali holiga tushirish uchun unga qarshi urush boshlashga tayyor turgan edi. Bismark yangidan vujudga kelgan fransuz armiyasini tortib olingan Elzas va Lotaringiya uchun qasos oluvchi armiya deb bilib, Fransiya hali batamom mustahkamlanib olmasdan, u bilan urush boshlashga shoshilmoqda edi. Rossiya bilan Angliya Germaniyaning kuchayib ketishini istamas edilar, shu sababli Bismarkka Fransiyani yangidan tor-mor keltirishga yo’l qo’ymasliklarini bildirib qo’ydilar. Germaniya chekindi.
Germaniya ikki frontda urush qilishdan qo’rqardi. U «kaolisiyalar dahshati» tinchimni buzayapti, deb , ayniqsa, Rossiya bilan urushishdan cho’chirdi. 1879 yilda Germaniya Avstriya-Vengriya bilan ittifoq tuzdi. Bismark Rossiyaning Fransiya bilan yaqinlashuviga xalaqit berish niyatida 1881-yili «Uch imperator ittifoqi»ni tiklashga muvaffaq bo’ldi. 1882-yilda Avstriya-Vengriya -Germaniya ittifoqiga qo’shimcha qilinib, Germaniya va Avstriya-Vengriyaning Italiya bilan ittifoqi tuzildi. Italiyaning ittifoqqa kirishiga sabab, Fransiya bilan munosabatlarining keskinlashuvi edi. Chunki, Fransiya Italiya da’vo qilib yurgan Tunisni 1881-yilda bosib olgan edi. Avstriya-Vengriya imperiyasi esa bu vaqtda Bolqon yarim orolida Rossiya bilan raqobatlashmoqchi edi. Shunday qilib, uchta teng maslakdosh kuchlar birlashib, 1882 yili harbiy ittifoq, «Uchlar ittifoqi»ni tuzishga erishdilar.
Yendilikda Germaniya Fransiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan koalisiyaga bosh bo’lib oldi. Bismark o’z siyosiy rejalarini amalga oshirish yo’lida Rossiyani asosiy g’ov deb bilar, qanday bo’lmasin Rossiyaga zarar yetkazishni mo’ljallar edi. Shu maqsadda Angliya bilan Turkiyani Rossiyaga qarshi gij-gijlay boshladi.
Bismark bir vaqtda ikki frontda, ya’ni ham Fransiyaga ham Rossiyaga qarshi kurashish oson emasligini anglardi. Karl XII va Napoleon I kabi mashhur sarkardalar ham Rossiyada mag’lubiyatga uchratganini yaxshi bilardi. U shuningdek, chorizm Rossiyaning taraqqiyotiga g’ov bo’layotganini ham tushunardi. Shuning uchun qulay payt kelganda Rossiyadagi reaksion unsurlarni qo’llab-quvvatlashiga harakat qilardi. Uning ishini davom ettirgan Kaprivi Germaniyaning tashqi siyosatiga juda muhim o’zgarishlar kiritdi. Kaprivi sanoat egalarini siquvi ostida Avstriya-Vengriya bilan savdo shartnomasini tuzdi. 1894 yili Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan ham shunday shartnomalar tuzildi. Mamlakatga qishloq xo’jalik mahsulotlari keltirishdan olinadigan bojlar birmuncha kamaytirildi. Kaprivi siyosati va ayniqsa, Rossiya bilan savdo shartnomasining tuzilishi yunkerlarni g’azablantirib yubordi. Ular nima bo’lsa ham «Liberal» kanslerni olib tashlashni o’z oldilariga vazifa qilib qo’ydilar. 1893 yilda katta yer yegalari tomonidan tuzilgan «Qishloq xo’jayinlari ittifoqi» se’yzdida yunkerlar Kaprivining «yangi» yo’liga qarshi norozilik bildirdilar. 1894-yilda Kaprivi iste’fo berdi.
1891 yidda shovinistik tashkilot - German ittifoqi tuzildi. «Qirol Prussiya ustida, Germaniya ustida, Germaniya dunyo ustida» -degan shior ilgari surildi.
Germaniya Yevropa urushiga tayyorlanishi bilan birga yirik German kapitalining talabiga ko’ra mustamlakalar bosib olishga kirishdi. 1882-yil Bremen savdogarlari Afrikaning janubi-g’arbiy sohilidagi Angra-Peken buxtasiga keldilar. Ular 200 ta yeski miltiq va 2000 marka badaliga yerli qabila boshlig’idan anchagina hududni sotib oldilar. Germaniya bu yerni 1884_yil aprelida o’z protektorati deb e’lon qildi. Afrikaga amaldorlar va soldatlar yuborildi. Ularning Yangi yerlarni bosib olishga urinishi mahalliy xalqning qattiq qarshiligiga uchradi. Mustamlakachilar qurol ishlatdilar. Nemis qo’shinlari afrikaliklar manziliga to’satdan hujum qilib, aholini vahshiylarcha qirdilar.
1884 yil yozida Germaniya Afrikaning o’rta qismidagi Togo va Kamerun hududlarini, 1884 yil avgustda Gvineyaning shimoliy qismini va unga yondosh orollarni bosib oldi. 1885 yilda esa Afrikaning sharqiy qismidagi hududlarni va Zanzibar orolini zabt yetdi. Bu hudud «Germaniya sharqiy Afrikasi» degan nom oldi.
XIX asrning 90-yillarida Germaniyaning tashqi siyosatida Yangi davr boshlandi. German hukmron doiralari o’z hududlarini kengaytirish uchun urushga tayyorlana boshladilar. Imperator Vilgelm I davrida Bismark imperiya siyosatini teng huquqli rahbari edi. Vilgelm I ning nabirasi Vilgelm II taxtga o’tirgach, ko’p narsa o’zgardi.
1900-yilda Germaniya boshqa g’arb davlatlari bilan birga Xitoyda milliy ozodlik harakatini bostirishda ishtirok etdi. Xitoyda German jazo qo’shinlari general Valderze boshchiligida deyarli qurolsiz bo’lgan xitoyliklarga nisbatan mudhish yovuzliklar qilib, ayollar va bolalarni o’ldirdi. Imperator Vilgelm II Xitoyga qo’shin yuborar ekan, yuzsizlik bilan shafqat qilmaslikni, asir olmaslikni tavsiya qildi, «toki bundan buyon, hatto ming yildan keyin ham Xitoy nemisga ola qarolmaydigan bo’lsin» dedi. Chunki, Xitoyda nemis vakili Ketteler o’ldirilgan edi. 1895 yil Shimoliy dengizni Boltiq dengizi bilan tutashtirgan Kil kanali ochildi. 1898 yilda Reyxstag harbiy flot qurishning keng dasturini qabul qildi.
Afrikada «bizni quruq qoldirishdi» deb hisoblagan German hukmron doiralari «qo’ldan ketganlarning» o’rnini Yaqin Sharqda to’ldirmoqchi bo’ldilar. Ular Sharqqa intilganlarida Kichik Osiyo, Suriya, Mesopatamiya va Falastinda joylashib olmoqchi edilar, chunki bu yerda dunyodagi eng boy neft konlari, g’alla va paxta xom ashyosi bor yedi. Nemis bankiri Simens tashabbusi bilan Berlinni Fors qo’ltig’i bilan bog’lovchi temir yo’l qurish rejasi tuzildi.
Nemis hukmron doiralarining rejalari qudratli davlatlar -Fransiya va Rossiya o’rtasida keskin nizo chiqishiga olib keldi. Germaniya zo’r berib qurollanishni boshlab yubordi. Armiya soni keskin kuchaytirib yuborildi. Reyxstag katta harbiy kemalar qurishga va suv osti floti uchun yangidan-yangi mablag’larni tasdiqlab turdi.
Adabiyotlar.
Xrestomatiya po novoy istorii / Pod red. A. A.Gubera i A.V.Yefimova. M.,1965. T.2.
Xrestomatiya po novoy istorii. Chast I. 1642-1870. Pod red. A.I.Moloka i V.A.Orlova. M.,1958.
Bismark O. Mыsli i vospominaniya. M.,1940-1941. T. 1-2
Yerusalimskiy A.S. Bismark. Diplomatiya i imperializm. M.,1968.
Tupolev B.M. Germanskiy imperializm v borbe za «mesto pod solnsem». Germanskaya ekspansiya na Blijnem Vostoke, v Vostochnoy Afrike i v rayone Indiyskogo okeana v konse XIX nachale XX v. M.,1991.
Sfasman A.B.Burjuaznыye partii i rabocheye dvijeniye Germanii. 1900-1914. Chelyabinsk,1975.
Lyudvig E. Posledniy Gogensoller (Vilgelm II). M.,1991.
Subotin Yu.F. Rossiya i Germaniya: Partnerы i protivniki. M.,1996.
Chubinskiy V.V. Bismark. Biografiya. SPb.,1997.
Bismark. O. Mыsli i vospominaniya. M., 1940-1941.T. 1-3.
Galkin I.S. Sozdaniye germanskoy imperii (1815-1871 gg.) M., 1986.
Yerusalimskiy A.S. Bismark. Diplomatiya i militarizm. M.,1968.
Narochniskaya L.I. Rossiya i voynы Prussii v 60-x godax XIX v. za obyedineniye Germanii «sverxu». M., 1960.
Sergeyev V.V. Angliya i obyedineniye Germanii v 1848-1871 gg. L.,1986.
Chubinskiy V.V. Bismark. Politicheskaya biografiya. M.,1988.
1 Olimov Q.T.,Fayzullaeva D.M.,“Zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar bo’yicha ilg’or xorijiy tajribalar”. Ma’ruzalar matni.- 2015.-B. 21.
2 Ya.Nurumbekova.Tarbiyachi kasb faoliyatida innovatsion texnologiyalar. Ziyo-2012 y.13-b.
3 H.Abdukarimov, O.Suvonov. “Pedagogik mahorat va texnologiya”. O’quv-uslubiy qo’llanma. 2010. -B. 35.
5 S.Irsalieva., G.Yusupova. Tarix darslarida interfaol metodidan foydalanish texnologiyasi // Уструшона Буюк Ипак йўлида, унинг минтақалараро сиёсий–иқтисодий ва маданий муносабатларни ривожлантиришдаги ўрни (антик ва ўрта асрлар даврида) мавзусидаги Республика илмий–амалий анжумани материаллари. – Гулистон, 2016. –Б. 341.
6 S.Irsalieva., G.Yusupova. Tarix darslarida interfaol metodidan foydalanish texnologiyasi // Уструшона Буюк Ипак йўлида, унинг минтақалараро сиёсий–иқтисодий ва маданий муносабатларни ривожлантиришдаги ўрни (антик ва ўрта асрлар даврида) мавзусидаги Республика илмий–амалий анжумани материаллари. – Гулистон, 2016. –Б. 342.
7 R.Sulaymonov, G.Shermatova. Tarix darslarini keys stadi asosida loyihalashtirish // Уструшона Буюк Ипак йўлида, унинг минтақалараро сиёсий–иқтисодий ва маданий муносабатларни ривожлантиришдаги ўрни (антик ва ўрта асрлар даврида) мавзусидаги Республика илмий–амалий анжумани материаллари. – Гулистон, 2016. –Б. 343.
8 R.Sulaymonov, G.Shermatova. Tarix darslarini keys stadi asosida loyihalashtirish // Уструшона Буюк Ипак йўлида, унинг минтақалараро сиёсий–иқтисодий ва маданий муносабатларни ривожлантиришдаги ўрни (антик ва ўрта асрлар даврида) мавзусидаги Республика илмий–амалий анжумани материаллари. – Гулистон, 2016. –Б. 344.