6-мавзу: германиянинг бирлаштирилиши


Mavzuni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’qitishning ahamiyati



Yüklə 178 Kb.
səhifə6/7
tarix10.12.2023
ölçüsü178 Kb.
#139620
1   2   3   4   5   6   7
NOSIROV hosilbek 7777

2.3. Mavzuni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’qitishning ahamiyati.
Hozirgi zamon ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti nafaqat ishlab chiqarishning ko’p sonli tarmoqlariga, balki madaniyat sohasiga, ijtimoiy-gumanitar bilimlar doirasiga ham yangi texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Shu boisdan keyingi o’n yilliklarda pelagog olimlar diqqatini jalb qilgan dolzarb muammolardan bir pedagogik texnologiya hisoblanadi. Ko’pchilik olimlar texnologiyalashtirishni obyektiv jarayon deb, yangicha sifatiy muammolarni yechish uchun ta’limni evolyusion bosqichga ko’tarish shartlaridan biri ekanligini e’tirof etmoqdalar. Ta’lim sohasiga bunday yondashish Yunesko tomonidan ham ma’qullandi.
O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach Prezident I.A.Karimov tomonidan ta’limning milliy modeli yaratildi va uni ro’yobga chiqarish bosqichlari har jihatdan ilmiy asoslab berildi. Uning ikkinchi va uchinchi bosqichda “O’quv tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash jiddiy vazifalardan biri ekanligi ko’rsatildi.
Xo’sh pedagogik texnologiya nima: - Pedagogik texnologiya bu o’qituvchi tomonidan o’qitish vositalari yordamida o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir.
“Chor Rossiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati va uning oqibatlarini o’rganish” mavzusini o’quvchilarga yetkazish, tutushnitirsh uchun ularning bu mavzu xususida to’la va keng ma’lumotga ega bo’lishlari uchun qanday uslubiyatlardan foydalanish o’qituvchining kasb mahoratiga o’z fanini qanchalik o’zlashtirganligiga bog’liqdir.
Maktabda o’quvchilarning o’quv faoliyati, fanga qiziqishi va o’zlashtirishi bosh masaladir. Bu masalalar o’z navbatida o’ziga xos muammolarga ega bo’lib, ularni yechish o’quv jarayonining turli shakllari davomiyligida o’quvchilarning faolligi bilan bog’liq bo’ladi. Bu muammolarni yechish jarayonida yangi faoliyat ko’rinishlari namoyon bo’ladi, hamda o’quvchilar ruhiyatida muayyan o’zgarishlar ro’y beradi. Bu o’zgarish bilan o’quvchilarning mustaqil faoliyati orasidagi bog’liqlikni o’qituvchi mohirlik bilan boshqarishi lozim. Ayni paytda o’qituvchidan bu faoliyatni murosamalik pog’onasiga dadil yetaklashi talab etiladi. O’qituvchi o’quvchilarda o’z faniga qiziqish o’yg’otish, uning ichki muhim xususiyatini chuqur anglab yetishlariga, o’quv materiallarining mazmunini puxta o’rganishlariga erishish, qo’yilgan muammolarning yechilishiga dadil kirishish, ko’nikmalarni hosil qilishga astoydil kirishishni taqozo etadi. Buning uchun o’qituvchi muammolarni yechishga qaratilgan usullarni ishlashi va o’z o’rnida qo’llay bilmog’i darkor. Shundan so’ng o’quv vositalari va ularga mos o’qitish shakli tanlanadi.
O’quvchilarning texnologiya tayyorgarligi, fikrlash darajalari yoki olgan bilimlarini o’zlashtirish darajalariga qarab har bir ta’lim bosqichi uchun mos mavzu va metodlar tanlanadi. Har bir bosqichning o’ziga xos mazmunini bayon qilish mantiqi va uslublari bor. Ta’limda har doim uslublar va mazmun muammosi mavjud bo’lib, bu muammolar bir-biri bilan uzviy bog’langan. Ta’lim uslubiyatidagi muammolar “Kimni qanday o’qitamiz” – degan savol bilan bog’liq bo’lib, bunda ta’lim uslublarini ishlab chiqish uning mazmuniga bog’liq ekanligidan kelib chiqadi. Bu ikki muammo bir-biriga qarama-qarshilikda bo’lib, o’zaro bir-birini to’ldirib boradi.
Metodikaning maqsadi o’tilayotgan fanning mazmun-mohiyatini yoritish va fanning o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishini ta’minlashdan iborat. Bund o’quv fani o’quvchilarning barcha talab va ehtiyojlarini qondirishi lozim.
O’qituvchi dars mobaynida o’quvchiga iloji boricha o’rganilayotgan mavzudan ko’proq axborot berishga haraqat qilishi kerak. O’qituvchi:
1)Axborotlarni to’plash;
2)Axborotlarni tanlash va qayta ishlash;
3)O’rganilgan axborotlarni qo’llash kabi bilimning 3ta bosqichidan iborat bo’lgan odeliga rioya qilgan holda dars o’sa, dars o’qituvchi kutganidek yaxshi samara berishi mumkin. O’qituvchi keyingi kavbatda o’quvchi bilish faoliyatining faollashuvjarayoniga o’tishi kerak. Shundagina bilim ko’nikmaga, ko’nikma esa malakaga aylanadi. O’quvchi bilish faoliyatining faollashuvi qator prinsiplarga tayanadi. Bular fanni o’rganishga qiziqtirish, tayanch iboralariga asoslanish, muammosi metodlarni qo’llash, mustaqil ishlarni tashkil etish, yalpi va yakka ishlarni tashkillashtirish ko’rgazmali va texnik vositalardan foydalanish, ta’lim mazmuni turmush bilan bog’lash, fanlararo aloqadorlikni o’rganish va hokazolar.
Bugungi kunda respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy o’zgarishlar bilan birga hayotimizni hal etuvchi muhim masalalar qatorida ta’lim tizimini tubdan o’zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko’tarish, barkamol avlodimiz darajasini jahon andozalariga yetkazish uchun muhim ishlar qilinmoqda. “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va “Qadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi ta’lim-tarbiyani rivojlantirishda yangi bosqichning boshlanishidir.
Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar ichida O’zbekiston tarixini o’qitish va o’rganish markaziy o’rinni egallaydi. Zero o’tmishini bilmasdan, o’rganmasdan turib kelajakni yaratib bo’lmaydi.
Bugungi kun pedagoglarining oldiga qo’yilgan asosiy va sharafli vazifa – o’quvchilarning milliy ongi, siyosiy, nazariy-ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, o’tmish va hozirgi zamondagi voqyea-xodisalarga ilmiy xolislik va tarixiylik tamoyillariga amal qilgan holda munosabat bildirishga qodir umuminsoniy qadriyatlar asosida yondashgan erkin fikrlaydigan, mamlakatimizning yuksak parvoziga zo’r qanot bo’luvchi komil insonni tarbiyalashdan iboratdir.

Yüklə 178 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin