6-mavzu: jamiyat sotsial strukturasi va stratifikasion jarayonlar reja


Sotsial harakatchanlik (sotsial mobillik)to’g’risidagi mutafakkirlar- ning qarashlari



Yüklə 42,24 Kb.
səhifə5/7
tarix24.11.2023
ölçüsü42,24 Kb.
#133972
1   2   3   4   5   6   7
ma\'ruza 6

6.3. Sotsial harakatchanlik (sotsial mobillik)to’g’risidagi mutafakkirlar- ning qarashlari
Sotsial mobillik deb individ yoki guruh tomonidan jamiyat stratifikasion tizimida egallagan sotsial maqomini,statusini o'zgarishi, ya'ni insonlarning sotsial ko'chishiga aytiladi. Mobillik inglizcha mobilite- «ko'chish», «safarbarlik» ma'nosini anglatadi. «Sotsial mobillik» termini sosiologiyaga P.Sorokin tomonidan 1927 yilda kiritilgan. Sorokinga ko'ra, sotsial mobillikning 2 turi mavjud: vertikal va gorizontal sotsial mobillik.
Vertikal mobillik o'z o'rnida yuqoriga va pastga yo'naltirilgan bo'ladi.Yuqoriga yo'naltirilgan sotsial ko'tarilish, yuqoriga harakatni, pastga yo'naltirilgan-sotsial tushish,pastga harakatni anglatadi.
Gorizontal sotsial mobillik individning bir sosial qatlamdan shu darajada joylashgan boshqa qatlamga o'tishini anglatadi. Mobillikning bu turi yashash joyi(migrasiya)ni,boshqa diniy guruhga(dinini o'zgartirishi va h.k.)bildiradi. Vertikal sotsial mobillik bir stratadan boshqasiga o'tishni nazarda tutadi. Vertikal sotsial mobillik hayot davomida insonning yuqori statusni quyiga, quyi statusni yuqori darajadagisiga almashishidir. M-n, vodoprovod ta'mirlovchisining korporatsiya prezidenti darajasiga ko'tarilishi yoki teskari jarayon.
Sotsial mobillik boshqa mezonlarga ko'ra klassifikatsiya qilinishi mumkin. Masalan, individual va guruhiy mobillik.
Individual mobillik-individning gorizontal yoki vertikal chiziq bo'yicha yuqoriga va pastga ko'chishi boshqalarga bog'liq bo'lmagan holda sodir bo'ladi.
Guruhiy mobillikda ko'chishlar guruhiy, kollektiv holda sodir bo'ladi,u yoki bu strataning sotsial mavqei o'zgaradi. Bularga ilm-fan revolyutsiyalari,fuqarolar urushlari, to'ntarishlar, islohatlarni misol qilib olish mumkin. Individual mobillik omillariga kasbiy-prfessional zinapoyada ko'tarilish(malaka oshirish natijasida), ta'lim darajasi,ma'muriyatda egallagan o'rni,ya'ni kasbiy karera bilan bog'liq bo'lgan omillar kiradi.Individual mobillik siyosiy va tadbirkorlik faoliyati,armiyada, va boshqa davlat institutlaridagi faoliyati bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. Individual sosial mobillik omillari-oilaning ijtimoiy maqomi, millat, ta'lim darajasi, jismoniy va aqliy xususiyatlar, tashqi ko'rinish, tarbiya, yashash joyi va h.k. Individual sotsial mobillikning yuqoriga yo'naltirilgan turining eng samarali usuli-manfaatli nikohdir.
Sotsiologiyada yana avlodlararo va avlodlar ichidagi sotsial mobillik ham farqlanadi. Avlodlararo mobillikda farzandlar o'z ota-onalaridan ko'ra yuqoriroq sosial pozistiyani egallashadi yoki ularga nisbatan quyi pog'onaga tushib qoladi.Avlodlar ichidagi mobillik individning uning ota-onasining pozitsiyasiga solishtirmasdan turib o'zining sotsial statusini o'zgartirishini anglatadi.Individ sosial maqomini o'zgartirganda o'zi uchun yangi statusni o'zlashtirishi va bunga bog'liq bo'lgan o'zaro harakat va munosabatga,muloqatga kirish muammosi yuzaga keladi. Madaniy to'siq va munosabat, muloqot to'siqlarini buzib o'tish uchun individ oldingi hayot tarzini o'zgartirishi,o'zi uchun yangi statusning hattixarakatlari namunalarini shakllantirishi, ijtimoiy muhitini o'zgartirishi lozim.Ammo hayotiy tajribalar shuni ko'rsatadiki,barcha individlar ham bunday sosiomadaniy nazoratdan muvoffaqiyatli o'tib yangi stratada qulay joylasha olmaydi. Barcha ob'yektiv mezonlarga ko'ra yuqoriroq pog'onaga ko'tarilgan individ sosiomadaniy shart-sharoitlarga ko'ra yangi strataga kiruvchi eshik ortida qoladi,lekin u eski stratani tark etgan bo'ladi. Uning yangi holati,yangicha tarzdagi hayot kechirishga intilishi va h.k. uni bu erda «begona»ga aylantiradi. Individ 2 strata, 2 madaniyat orasida «osilib» qoladi.O'xshash holat pastga yo'naltirilgan vertikal mobillikda ham sodir bo'lishi mumkin. Jamiyatning yuqori qatlamlarida bo'lish imkoniyatini yo'qotgan, sotsial ierarxiyaning quyi pog'onasiga tushib qolgan inson yangi holatiga,yangi hayot tarziga moslashishga qiynaladi.Individ yoki sosial guruhning sosial ko'chish oqibatida 2 sotsial birlik, 2 madaniyat orasida bo'lish fenomeni marginallik deb ataladi. Individlar marginallashuvi ko'pincha gorizontal mobillik natijasida (avvalo, migratsiya, emigrasiya, shahardan qishloqqa, qishloqdan shaharga)sodir bo'ladi.
Sotsiologiya fani tizimida sotsial munosabatlar juda muhim o'rin tutadi. Chunki u orqali jamiyat a'zolari bir-birlari bilan ma'lum bir muomala va ijtimoiy hamkorlikka intiladilar. Sotsiologiyadagi bu maxsus soha o'zining o'ta dolzarbligi va muhimligi bilan boshqa muammo va masalalardan ajralib tursada, u hali mutaxassislar tomonidan to'liq ilmiy va sistemali ravishda o'rganilmagan hamda ilmiy adabiyotlarda etarli darajada yoritilmagan. Bu salbiy yo'lning asosiy sabablaridan birinchisi, avvalo, sobiq Ittifoq falsafiy – sotsiologik adabiyotlarida bu masalaning bir yoqlama talqin qilinganligi bo'lsa, ikkinchisi esa, ilg'or g'arb ijtimoiy adabiyotlarining, bu sohasi bo'yicha to'liq tadqiqot ma'lumotlarining bizda yo'qligidir.

Yüklə 42,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin