6-mavzu: jamiyat sotsial strukturasi va stratifikasion jarayonlar reja


Partiyaviy e'tiqodlariga ko'ra tiplar



Yüklə 42,24 Kb.
səhifə4/7
tarix24.11.2023
ölçüsü42,24 Kb.
#133972
1   2   3   4   5   6   7
ma\'ruza 6


Partiyaviy e'tiqodlariga ko'ra tiplar;

  • Urug'-qabilaviy-etnik ajdodiga ko'ra tiplar;

  • Muayyan manfaatlar doirasida uyushgan korporativ tiplar;

  • Huquqbuzarlik, jinoyatchilikka moyilikka ko'ra tiplar;

  • Madaniy-ramziy intilishlarga qiziqishlariga ko'ra tiplar kabilardan iborat stratifikatsion tiplardir.

    Shu bilan birga jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish jarayonini va tabaqalanishni o'rganishda rioya qilinadigan tamoyillar ham bo'lib, ular asosan quyidagilardan iboratdir.

    1. Empirik tadqiqotlar davomida ijtimoiy stratalarga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, ularning ijtimoiy-tarkibiy tuzilishiga, ijtimoiy tuzumdagi o'rni va mavqeiga nisbatan hurmat qilish.

    2. Ijtimoiy stratalarning ijtimoiy statikasi va dinamikasi jarayonlarini ilmiy baholashda tizimiy va yaxlit yondoshish talab etiladi.

    3. O'zbekistondagi ijtimoiy stratalarning milliy mentaliteti, regional xududiy xususiyatlarini alohida e'tiborga olish, urf-odatlariga ham yaxshi munosabatda bo'lish.

    4. Ijtimoiy stratalar tarkib topishiga sezilarli ravishda ta'sir etuvchi siyosiyiqtisodiy, ijtimoiy ma'naviy-madaniy va diniy konfessional, mafkuraviy va g'oyaviy omillarini atroflicha o'rganish, ob'yektiv xulosa chiqarish.

    5. Jamiyatdagi ijtimoiy stratalar tasnifini tuzishda ob'yektiv holda yondashib qiyosiy tahlil usullaridan foydalanish talab etiladi.

    Eng muhimi jamiyatda ijtimoiy stratalar mohiyati o'rni mavqeini ob'yektiv o'rganilib, ijtimoiy stratifikasion tahlil qilib, empirik tadqiqotlar asosida to'g'ri taxlil qilib, nazariy xulosalar chiqarilar ekan, dastavval stratalarning ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy, ma'rifiy-madaniy darajasiga siyosiy boshqaruv mohiyatiga har bir strataning (asosan soysial guruh, tabaqa, qavm, el-elat va h.k.) o'troqligiga, milliyligi, diniy e'tiqodlariga, demografik-hududiy yaxlitligiga, ma'naviymadaniy mentalitetiga, ilmu-fan yutug'iga, o'tmish taraqqiyotiga, jahon sivilizatsiyasidagi o'rniga va hozirgi zamon taraqqiyoti kabi sohalarga jiddiy e'tibor berib, ob'yektiv stratifikatsion nazariy xulosa chiqarishni taqqzo etadi.
    Ijtimoiy tabaqalashuv turlari. Jamiyatning iqtisodiy tuzilishi va ijtimoiy tarkibi o'zaro yaqindan bog'liqdir. Iqtisodiy munosabatlarning o'zgarishi ijtimoiy tartib o'zgarishsiz sodir bo'la olmaydi. Iqtisodiy munosabatlarni ayri ravishda o'zgartirishga urinishlar aholi qarshiligiga sabab bo'lmasa ham, sustligiga duch kelishi mumkin. Jamiyatning ijtimoiy qatlamlashuvi ikki shaklda namoyon bo'ladi: 1. Insonlarning professional-ta'lim saviyasiga asoslangan professional malakali shakl. 2. Daromad darajasiga qarab taqsimlanishiga asoslangan iqtisodiy shakl.
    Professional- malakali ijtimoiy tabaqalashuv esa ishchi bajarayotgan shu faoliyatning murakkabligi, aqliy salohiyati, jamiyat uchun muhimligi va ahamiyatini e'tiborga olishga asoslanadi.
    Iqtisodiy-ijtimoiy tabaqalashuvi inson mulk maqomini baholashga hamda jamiyat va ma'naviy qulayliklarga erishuvlarida uning real imkoniyatlarini e'tiborga olishga asoslanadi.
    Har bir mamlakatda shakllangan tabaqalar va qatlamlar tamomila turlicha bo'lishi mumkin. Ularning soni tabiiy manbalar va o'lkaning iqtisodiy tarixi, mehnat taqsimoti va iqtisoslashuv jarayonida erishilgan daraja, davlat sektori bajaruvchi vazifalarning nisbiy miqyosi va ro'yxati, mulkchilik, shu jumladan o'tmishdan meros mulkchilik harakteriga ham bog'liq bo'ladi.
    Professional ta'lim va iqtisodiy tabaqalashuv har doim ham mos kelavermaydi. Professional malakali va iqtisodiy-ijtimoiy tabaqalashuv orasida mobillikka erishish mamlakat aholisining mehnat faoliyatini yuksaltirishda hal etuvchi omillar.
    «O'zbekistonda, – deb ta'kidlaydi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov, uning eri, tabiatiga, bu erda yashayotgan xalqlarga muhabbat, o'lkaning tarixi, madaniyati, an'analarini teran bilib olishga intilish respublikaning qudrati va yutuqlaridan faxrlanish, xalqimiz qismatiga tushgan qiyinchiliklar uchun qayg'urish ko'p millatli o'zbek jamiyatining muhim jipslashtiruvchi asosi hisoblanadi». Respublikamiz jamiyatining ijtimoiy tarkibi nazariyasi hozircha ishlab chiqilgani yo'q. Mustaqil O'zbekiston jamiyatining ertangi kun ijtimoiy- iqtisodiy tuzumiga bugun asos solindi desa adashmaymiz. Shuning uchun ham jamiyat ijtimoiy tarkibini o'rganish real hayotimizni, kundalik turmushni yanada to'laroq bilishga xizmat qiladi.
    Jamiyatning ijtimoiy tarkibida ijtimoiy-sinfiy munosabatlar ham muhim o'rin tutadi. O'tgan davirda asosan, ikki sinf - ishchilar va dehqonlar sinfi va intelligensiya qatlami mavjud deb ko'rsatilib, jamiyat ijtimoiy tarkibidagi boshqa guruhlarning ahamiyati mutlaqo tilga olinmas edi.
    Ijtimoiy tarkibda hududiy yo'nalish ham mavjud bo'lib, u mintaqaviy, viloyat, shahar, qishloq, mahalla kabi hududiy birikmalarni o'z ichiga oladi.Bu tarkibiy birlikda ayrim olingan hudud doirasida sosiologik tadqiqot olib borish talab qilinadi. So'ngi yillarda bu masalaga jiddiy qaralmoqda. Ayniqsa, shahar, qishloq, mahallaga oid muammolarni o'rganish zaruriyati ortmoqda.

    Yüklə 42,24 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin