(-kancha,-qancha) shakli holatini,-gach(-kach,-qach), -guncha (-kuncha,-quncha) shakllari paytini,-gani (-kani,-qani,-gali) shakli maqsadini anglatadi. Masalan:musiqa tingach,qorong'i tushguncha,ko'rgani bormoq,yugurib kelmoq, o'ylay-o'ylay topmoq,qo'rqib kirmadi, qaynayvermagach olovni kuchaytirdi, vaysagancha ketdi.
Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning– gach, -guncha,
-gancha,-gani qo'shimchalari qo'shiladi.
Jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga bu qo'shimchalar qo'shilganda, -kach,-kuncha,
-kancha,-kani shaklida talaffuz qilinsa ham, - gach,-guncha,-gancha, -ganitarzida yoziladi. Masalan, aytgach, aytguncha, aytgancha, aytgani.
Bu qo'shimchalar к undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shilib,-kach,- kuncha,-kancha,
-kani holida talaffuz etiladi va shunday yoziladi. Masalan, ekkach, ekkuncha, ekkancha, ekkani.Q undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo'shilib,-qach,-quncha, - qancha,-qani shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Masalan, chiqqach, chiqquncha, siqqancha, chiqqani.
Ravishdosh har doim fe’lga bog'lanadi va gapda ko'pincha hol vazifasida keladi. Ravishdoshning bo'lishsiz shakli –ma,- masdan qo'shimchalarini qo'shish orqali yasaladi. Masalan: kulib (bo'lishli) – kulmay- kulmasdan (bo'lishsiz).
Dostları ilə paylaş: |