Pestisidlarning qo’llanish shakllari: Kimyoviy preparatlarning eng qulay va yuqori unum ko’rsatadigan shakllari ularning asosini tashkil etuvchi moddaning fizik-kimyoviy xossalariga asoslanib tayyorlanadi.Ko’p hollarda ishlatilayotgan birikmaning tanlab ta’sir etishi-uning preparativ shakliga bog’liq.Asosiy shakllar quyidagilar:
1.Kuku[nlar-o’simlik yoki boshqa obyektlarni changlatish va purkash uchun;
2.Granulalar(donador)-tuproqqa tashlash uchun;
3.Mikrokapsulalar-tuproqqa tashlash yoki o’simliklarga ishlovberish uchun;
4.Preparatlarning suvdagi yoki erituvchilardagi eritmalari-o’simliklarga yoki obyektga sepish uchun;
5.Suv bilan aralashganda suspenziya hosil qiluvchi kukunlar –asosan sepish uchun;
6.Emulsiya konsentratlari (e.k.) – suv bilan aralashtirilganda emulsiya hosil qiluvchilar;
7.Aerozollar va fumigantlar-bino yoki omborlarda zararkunandalarga yoki kasallik tarqatuvchilarga qarshi.
Yana qator shakllar mavjud:
-zararli mikroblarga qarshi sovunlar;
-materiallarga chidamlilik beruvchi lak va bo’yoqlar;
-zararli hasharotlarga qarshi qalamchalar;
-zarar keltiruvchi va bakteriyalarga qarshi ishlatiladigan qog’ozlar;
-zararkunandalarni yo’qotish uchun zaharlangan aldamalar.
Zaharli hisoblangan insektisidlar asosan donador shaklda tayyorlanadi va tuproqqa yoki boshqa obyektlarga solinadi. Ba’zi fungisid preparatlar ham donador shaklda bo’ladi. Buning uchun suyuq preparat (yoki uning eritmasi) tayyor holdagi quruq donador shaklga shimdiriladi. Odatda shakl yopishib turishi uchun sintetik smolalardan (1-10 % gacha) foydalaniladi. Bu holatda pestisid preparati asosan 0,5-20 % nitashkil etadi. Donador shaklning qulayligi shundaki,lozim
bo’lganvaqtda ularni yig’ishtirib olib tashlash mumkin.
Mikrokapsulalar shaklida ta’sir etuvchi kimyoviy modda qobiqqa o’ralgan bo’ladi (kapsula) va inson yoki hayvonlarni to’g’ridan to’g’ri zaharlanishlarining oldini oladi. Bu shakl, ayniqsa yuqori zaharli hisoblangan fosfororganik preparatlar uchun qo’l keladi. Odatda preparatlarni mikrokapsula shaklida tayyorlash uchun plyonka hosil qiluvchi karboksimetilsellulozadan (KMS) foydalaniladi. O’z o’zidan ma’lumki,plyonki hosil qiluvchi material suvda yaxshi erib ketishi zarur.
Bu sohada O’Zfa Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti xodimlarining erishgan yutuqlari e’tiborga loyiq. Keng tarqalgan shakllardan yana biri-bu preparatlarni suvdagi yoki erituvchilardagi eritmalaridan foydalanish hisoblanadi .Odatda gerbisidlik va defoliantlik xususiyatiga ega bo’lgan karbon va fenoksikarbon kislotalarning tuzlari,fenolyatlar,fosfor kislotasining tuzlari va to’rtlamchi ammoniy tuzlari suvli eritma holida ishlatiladi. O’simliklarga sepish uchun pestisidlarning organic erituvchilardagi eritmalari ham keng qo’llaniladi,bu asosan juda oz miqdorda ishlovlarda qo’l keladi. Bu shakldan foydalanilayotganda eritmaga oz miqdorda (1-5%) sirt-faol moddalar qo’shiladi.Metall bo’lmagan barcha materiallarni buzilishdan saqlash uchun (antiseptik), zararli hasharotlarni cho’chitib yuborish va dezinfeksiya olib borilganda shu eritma shaklidan foydalaniladi. Organik erituvchi sifatida uglevodorodlar, neft sol’venti, kerosin, uayt-spirt,har xil mineral moylar, DMFA, DMSO, siklogeksanon kabilar ishlatiladi, aerozol ballonlar esa freonlar bilan to’ldirilgan bo’ladi.
Suvda suspenziya beruvchi kukunlar eng keng tarqalgan shakllardan biri hisoblanadi.Odatda bu shakl yuqori erish haroratiga ega bo’lgan moddalar uchun bo’lib,ular uch yoki to’rt komponentlardan iborat bo’ladi.Masalan,ta’sir etuvchi asosiy modda,qo’shimcha moddalar (kaolin yoki silikagel), sirt-faol moddalar (OP-7, OP-10, tvinlar) turg’unlikni oshiruvchi (stabilizator) qo’shimchalardan iborat bo’ladi. Bu komponentlarning nisbati har xil bo’lishi mumkin.Gohida obyektlarga yopishqoqlikni oshirish uchun fenol-formaldegid smoladan ham foydalaniladi. Keyingi yillarda sirt-faol moddalar sifatida natriy ligninsul’fonatlardan foydalanilmoqda.
Emulsiya konsentratlarini suv bilan aralashtirib,istalgan foizli eritma emulsiyalarini tayyorlash mumkin. Bu shakl obyektda bir me’yorda sepilishga imkon beradi. Emulsiyalarni turg’unligini oshirish uchun ko’pchilik hollarda SSB (spirtli-sulfat bardasi)dan foydalaniladi.
Alohida ta’kidlash lozimki,ishlov berish uchun hosil qilingan emulsiyaning yopishqoqligi yuqori bo’lmasligi kerak. Ayrim hollarda yig’ishtirib olingan hosil nobud bo’lmasligi uchun uni insektisidlarga shimdirilgan qog’oz bilan o’rab qo’yiladi.Pestisidlarni qo’llashning yana qator shakllari mavjud. Masalan,kimyoviy tuman hosil qilish zararkunandalarga qiron keltiradi.
Fikrimizcha, O’rta Osiyoda bu tutatish shaklidan azaldan foydalanib kelganlar.Isiriqni asta tutatish natijasida yon atrof yoki xonalar mikroblar yoki boshqa kasallik keltirib chiqaruvchilarni yo’qotadi.Bu jarayon davomida isiriqdan tarkibida alkaloidlar saqlagan tutun hosil bo’ladi. Uzoq zamonlardan beri O’rta Osiyoliklar chorva mollarining chiqindisini tutatish usuli bilan chivin va shunga o’xshash zararli hasharotlardan o’zlarini asraganlar.
Atrof-muhitni toza holda saqlash borasida feromon saqlovchi tutagichlar muhim rol o’ynaydi. Feromonlarni qo’llash natijasida hasharotlarni bir yerga to’plab,ularni yo’qotishda,hamda hasharotlarning turi va sonini aniqlashda foydalaniladi (O’zR FA Bioorganik kimyo instituti).
Dostları ilə paylaş: |