6-seminar mashg’uloti Atrof-muhitning toksikantlari Mashg’ulot maqsadi


C6H5Cl+Cl3C-CHO→(ClC6H4)2-CH-CCl3



Yüklə 63 Kb.
səhifə4/4
tarix01.01.2022
ölçüsü63 Kb.
#107150
1   2   3   4
2 5375561551342211012

2C6H5Cl+Cl3C-CHO→(ClC6H4)2-CH-CCl3

Shu usulda sanoatda chiqarilgan mahsulotning tarkibida 75 % gacha asosiy 4,4-izomeri bo’ladi. Bu preparatning salbiy ta’siri,ya’ni inson va hayvonlar organizmida to’planib qolib,turli xildagi zaharlanishlarga olib kelishidir.Shu sababli bu moddaning biror miqdori sutda, go’shtda va umuman oziq –ovqat mahsulotlarida bo’lishi man etilgan. Keyinga yillarda u kam rivojlangan davlatlarda (Afrika va Osiyo) insonlarga yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi parazitlarga qarshi ishlatilmoqda.



DDT ni salbiy oqibatlarini yo’qotish maqsadida kimyogarlar tomonidan uning nisbatan kam zaharli bo’lgan dimetoksi,-dietoksi analoglari yaratilgan va ular keng o’rganilmoqda. Aromatik uglevodorodlar va kondensirlangan uglevodorodlar haqida so’z borganda,difenil va naftalinga ham alohida to’xtalib o’tish zarur. Difenil sitrus o’simliklarini hamda hosilni kasalliklar va zamburug’lar ta’siridan saqlaydi. Bu maqsadda u hosilni mo’ljallangan qog’ozga shimdirish usuli bilan qo’llaniladi.LD50-3280 mg/kg Naftalin-C10H8 uzoq yillardan buyon kuyaga qarshi insektisid,fumigant sifatida keng qo’llanilib kelingan. Naftalin ishlatilayotgan yoki ishlab chiqarilayotgan xonalarda uning miqdori 20 mg/m3 dan oshmasligi kerak. Naftalin, asosan toshko’mir smolasining 170-240 C fraksiyasidan ajratib olinadi. Keyingi yillarda uning tez va oson bug’lanishi,hamda inson va hayvonlarda asab sistemasi, buyrak, ko’z qorachig’ini va ayniqsa, qon tarkibining buzilishiga olib kelishi sababli ishlatish ta’qiqlangan. Uglevodorodlarga boy bo’lgan neftni va neft mahsulotlarini ham pestisidlar sifatida qo’llash mumkin. Masalan, neft moylari zararkunandalarga, zararli hasharotlarga va begona o’tlarga qarshi ishlatilib kelingan. Kerosin yaqin yillarga qadar sabzi ekilgan maydonlardagi begona o’tlarni yo’qotish uchun qo’llanilgan. Yangi, zamonaviy, oz miqdorda tanlab ta’sir ko’rsatuvchi triazin sinfiga mansub preparatlar kashf etilgandan so’ng ishlatilmay qo’yildi.
Yüklə 63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin