6-seminar mashg’uloti Atrof-muhitning toksikantlari Mashg’ulot maqsadi


Uglevodorodlarning biologik faolligi



Yüklə 63 Kb.
səhifə3/4
tarix01.01.2022
ölçüsü63 Kb.
#107150
1   2   3   4
2 5375561551342211012

Uglevodorodlarning biologik faolligi: Uglevodorodlar sinfida ham ba’zi moddalar turli xil pestisidlik xususiyatiga ega bo’lib,asosan insektisidlik ta’sirini namoyon etadilar. Bu sohada ba’zi qonuniyatlar ham mavjud,masalan:tarmoqlangan (izo) uglevodorodlar normal tuzilishga ega bo’lganlariga nisbatan yuqori faollikni ko’rsatadi. Aksariyat hollarda to’yinmagan uglevodorodlar to’yinganlariga qaraganda faolroqdirlar,asetilen va diyen uglevodorodlari ham xuddi shunday.

To’yinmagan uglevodorodlar orasida o’simliklar o’sishini boshqaruvchi-regulyatorlar, hamda o’simlik bargini sun’iy to’ktiruvchi defoliantlar, chivinlarga qarshi ishlatiladigan attranktantlar va qator feromonlar mavjud.

Etilen( CH2=CH2) o’simliklarning o’zida (endogen) mavjud bo’lgan tabiiy regulyator hisoblanadi. U hosilning pishib yetilishida,o’simlik barglarining tabiiy to’kilishida asosiy vazifani bajaradi. Etilenning bu xususiyatini 1902 yili rus olimi Nelyubov D.N. birinchi bo’lib kashf etgan. Etilen gaz bo’lganligi sababli qishloq xo’jaligi uchun qulay hisoblangan “etilen hosil qiluvchi” birikmalardan foydalaniladi. Etilen hosil qiluvchi moddalarga xloretilfosfon kislotasini (XEF) misol qilish mumkin. XEF preparati juda keng qamrovli biologik faolliklarga ega. U mevali daraxtlar va pomidorlar hosilining pishishini tezlashtirish,hamda qator ekinlarning bargini to’kishda juda yaxshi natijalar beradi. Preparatning ta’sir etishi uning molekulasidan osongina etilen ajrab chiqishiga asoslangan:

ClCH2CH2P(O)(OH)2

Kalsiy karbidning suv bilan reaksiyasidan asetilen hosil bo’lishi barchaga ayon. Bu preparatni nam tuproq ostiga solish natijasida undan ajralayotgan asetilen tuproqdagi tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyati sababli etilengacha qaytarilishini akad.G.S.Muromsev va uning shogirdlari isbotlaganlar. Ushbu satrlarning muallifi o’z hammualliflari bilan birgalikda (Aliyev N.A, Koblov R.K, Umarov A.A) kalsiy karbidni og’ir suv-tritiy bilan ishlab,hosil bo’lgan asetilen faqat tuproqdagi mikroorganizmlar ta’siridagina emas, balki g’o’za bargida kechayotgan

fermentativ jarayon sababli ham etilengacha qaytarilishi mumkinligini ko’rsatdilar. Sanoatda esa etilen olishning qator usullari bo’lsa ham,uni neft mahsulotlari ni va tabiiy gazlarni qayta ishlash orqali olinadi,sababi bu usul ancha arzon. Uglevodorodlarning galogenli hosilalari yuqori pestisidlik xususiyatiga ega.Insektisidlik xossasiga ko’ra ularni quyidagi qatorga joylash mumkin: RCl >RBr > RJ

Uglevodorodlar tarkibidagi galogenlar sonining ortishi ularning faolligini oshiradi,odatda ularning soni 1-3 oralig’ida bo’lgani yaxshiroq.Galogenlar tutuvchi diyen va triyen uglevodorodlar ham galogeni yo’q to’yinmagan uglevodorodlarga nisbatan yuqori ta’sir ko’rsatadilar.Ayrim preparatlarga to’xtalib o’tamiz.

Metil bromid -CH3Br, yengil uchuvchan gaz, zaharli, omborxonalardagi zararkunandalarga qarshi 25-60 g/m3 miqdorida ishlatiladi,uni tuproq zararkunandalarini yo’qotish uchun qo’llasa ham bo’ladi.Inson va hayvon terisini yallig’lantiradi.

1,2-Dibrometan-BrCH2CH2Br, rangsiz suyuqlik, LD50-146 mg/kg. Bu preparat donador yoki emulsiya holatida don va don mahsulotlari saqlanadigan xonalarni zararli hasharotlardan saqlash uchun ishlatiladi. Bu maqsadlar uchun 1,2-dixloretandan va ko’proq 2-metil-3-xlorpropen- 1(metallilxlorid) dan foydalaniladi. 2-Brom-1,3-digidroksi-2-nitropropan(Bronopol, Bronotak, Agrevo, Germaniya) HOCH2-C(Br)(NO2)-CH2OH. Ta’sir etuvchi asosi suvda erimaydi, LD50 180-400 mg/kg, 12 % kukun holida ishlab chiqariladi. 6-7 kg/ga miqdorida urug’larni kasallik tarqatuvchilarga qarshi ishlash yoki xonalarni fumigatsiya qilishga tavsiya etilgan.Gommoz kasalligiga qarshi 1 t. tukli chigitga 25-30l va 1t. tuksiz chigitga 15-20 l eritma sarflanadi.

Galogenli alisiklik uglevodorodlar qator muhim faolliklarni namoyon etadi,eng asosiysiyuqori insektisid xususiyatiga ega.Uglevodorodlar molekulasining tuzilishi,hamda konformatsiya ko’rrinishi pestisidlik faolligiga katta ta’sir ko’rsatadi 1,2,3,4,5,6-Geksaxlorsiklogeksan(GXSG) C6H6Cl LD-50-125 mg/kg. Bu modda benzolni xlorlash usulida olinib, 8 xil izomerga ega,ulardan faqat y-izomeri(uni “Lindan”deb ataladi) yuqori insektisidlik xususiyatini namoyon etadi. Preparat emulsiya,dustlar,kukunlar holatida o’simlik zararkunandalariga,hamda hayvonlarda uchraydigan parazitlarga qarshi kurashda juda yaxshi natija beradi. Bu preparatni xar xil yo’lllar bilan sanoatda olish usullari,hayvonlarda va hasharotlarda yuz beradigan metabolizmlarni,hamda uning kimyoviy xossalari juda chuqur o’rganilgan. Biz GXSG yizomerining tuzilishi “kreslo” ko’rinishida bo’lishini,1,3,5-holatdagi xlor atomlari bir tekislikda, 2,4,6-holatdagilari esa parallel boshqa yuzada joylanishini aytib o’tish bilan kifoyalanamiz. Preparat hayvon organizmida uzoq vaqt parchalanmay yig’ilib qolishi sababli ,uning ishlatilishi man etilgan. GXSG ning qator o’xshashlari (analoglari) ham mavjud.

Aromatik uglevodorodlar va ularning galogenli hosilalari qator biologik faolliklarni namoyon etadi. Ayniqsa,ular insektisid va akarisid xususiyatlariga egadirlar. Ularning faolligi molekuladagi galogenning turiga,joylashgan o’rniga va soniga bog’liq. Benzolning o’zi ham oz bo’lsada, fngisidlik faolligiga ega. Ammo uning ftor, xlor, brom, yodli birikmalari muhimdir.

Masalan, p-dixlorbenzol kuyaga qarshi yaxshi natija bersa, geksazlorbenzol (GXB) esa urug’larning kasallik tarqatuvchilariga qiron keltirish uchun ishlatiladi. LD50-1700-4000 mg/kg

DDT-suvda yomon eruvchankristall modda,organic erituvchilarda eriydi. LD50=150-400 mg/kg. U insektisid sifatida ayniqsa insonlarga yuqumli kasalliklarni yuqtiruvchi parazitlarga qarshi yagona preparatdir. DDT asosan dust,emulsiya konsentrati va kukun holatlarda qo’llaniladi. DDT xlorbenzolning xloral bilan kondensatsiya reaksiyasi asosida olinadi:


Yüklə 63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin