6 sinf ona tili fanidan choraklik testlar javobi bilan baxtiyor 55950
IV-chorak
1. Nisbiy sifatlar qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A. Aqlli, qishki, go‘zal B. Beor, tonggi, yuzaki
C. Qora, devsifat, shirin D. Derazali, devoriy, ko‘chma
2. Ozaytirma darajadagi sifat nimani ifodalaydi?
A. Belgining me'yorda ekanligini ifodalaydi
B. Belgining me'yordan ortiq ekanligini ifodalayd
C. Belgining me'yordan biroz kam ekanligini qiyosan ifodalaydi
D. Belgining me'yordan kam ekanligini ifodalaydi
3. Xususiyat bildirurchi sifatlar berilgan qatorni aniqlang.
A. Shirin, qizil, katta B. Odobli, uzim, xursand
C. Quvnoq, kamtar, notanish D. Kechki, keng, qadimgi
4. Qaysi gapda otlashgan sifat ega vazifasida kelgan?
A. Kattaga -katta bo‘l, kichikka kichik B. Dono-durdan a'lo
C. Baxilning qo‘lida oy bo‘lsa, olamni yoritmas
D. Oramizda bilimdon o‘quvchilar ko‘p
5. Qo‘shma sifatlar qatorini aniqlang.
A. Oppoq, kulrang, yengil-yelpi B. Yum-yumaloq, ko‘zoynak, erksevar
C. Sheryurak, umumbashariy, hayotbaxsh
D. Mehmondo‘st, turli-tuman, Mehnatsevar
6. Qaysi qatordagi juft sifatlar noto‘g‘ri yozilgan?
A- Katta-kichik, qing‘ir-qiyshiq B. G‘ir-g‘ir, mayda-chuyda
C. Qora-qura, baland- upast D. Yoshu-qari, yaxshi-yu yomon
7. Miqdor sonlar turi qaysi qatorda berilmagan?
A Sanoq B. Chama C. Tartib D.Taqsim
8. Chama son ishtirokidagi gapni aniqlang.
A. Bir kampir Ahmadjonni ikki sherigi bilan uyiga olib kirdi
B. Uch-to‘rt pud g‘alla ketsa ketar
C. Uchovlari dalaning poynagiga qarab yurdilar
D. Bekatda o‘ntacha odam avtobus kutib turishardi
9. Qaysi qo‘shimchalar unli bilan tugagan sanoq sonlarga qo‘shilganda,
asos qismidagi i unlisi tushib qoladi?
A. -ov, -ala B. -tadan, -ta C. -tacha, -lab D. -larcha, -ovlon
10. Mazkur gapdagi nuqtalar o‘rniga qaysi hisob so‘zi mos keladi?
-Ikki... palov hash-pash deguncha yo‘q bo‘ldi.
AKo‘za B. Tovoq C. Hovuch D. Osham
11. Dona son ishtirokidagi gapni aniqlang.
A. Yetti o‘lchab, bir kes B. Oqibat ikkovi baravar yiqildi
C. Bir tup kessang, o‘n to‘p ek D. Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi
12. Qaysi gapda tartib sonlar yozuvda noto‘g‘ri ifodalangan?
A. Birinchi arava yo‘lga chiqdi B. O‘g‘lim 9-sinfda o‘qiyapti
C. Bu o‘zgarishdar XV —asrda yuz bergan edi
D. Olti sotix maydonda 2500 tup pomidor bo‘ladi
13. Harakat-holatning belgisini bildirgan so‘z birikmasi qaysi qatorda
berilgan?
A. Tonggi shabada B. Tez o‘qimoq C. Quvonchli xabar D. A'lo kayfiyat
14. Qaysi gapda yasama ravish ishtirok etmagan?
A. Tuproq yo‘ldan yayov kelyapman
B. Terak bilan yong‘oq yonma-yon o‘sibdi
C. Mening do‘silarcha aytgan so‘zlarim unga yoqmadi
D. Bolaning darsini majburan qildirmang
15. Maqsad- sabab ravishi qaysi gapda qo‘llangan?
A. Keyin bozorga olib boribdi B. Kun kech bo‘ldi
C. Choi va kampir behad sevinishibdi D. U bu taklifga noiloj rozi bo‘ldi
16. -dan kelishik qo‘shimchasi asos qism. bilan mustahkam birikib,
ajralmas holga kelgan ravish qaysi qatorda berilgan?
A Tashqarida B. Uzoqdan C. Qo‘qqisdan D.Buyerdan
17. O‘rin ravishi ishtirokidagi gapni aniqlang.
A. Ichkariga kiring, bir piyola choy idling B. Jiydazordan hozirgina keldim
C. Ko‘p o‘tmay hamma taklif etildi D. Qaddini rostlab, eshikni uzoq taqillatdi