Halqaro
terrorizm nafaqat tashqi, balki ichki havfsizlikka ham dahldor
masaladir. Chunki terrorchilik tashkilotlari jangari usullari bilan hokimiyat uchun
kurashuvchi guruhlarni shakllantirish, ularni har tomonlama rag'batlantirish va
qo'llab quvvatlashga intiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari uchun halqaro terrorizmning havfli 1990 yilda
Namangan va Andijonda, 1990 - 1996 yillarda tojikistondagi
fuqarolik urushi va
mojarolar davomida, 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida, 1999 - 2001 yillarda
Qirg'izistonning Botken, O'zbekistonning Surhandaryo va Toshkent viloyatlarida,
2004 yilning mart - aprel oylarida Toshkent shahri va Buhoro viloyatlarida, 2004
yilning 11 - 13 may kuni Andijon viloyatida amalga oshirilgan terrorchilik
harakatlari misolida o'zini namoyon etdi.
Mustaqillikka erishgan O'zbekiston Respublikasi halqaro terrorizmning
umumbashariy miqyosdagi havfli ekanligidan jahon hamjamiyati
bilan birgalikda
unga qarshi kurashish lozimligini jahonning nufuzli minbarlarida e'lon qildi.
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1993 yil 28
sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambelyasining 48
sessiyasida qilgan ma'ruzasida jahon hamjamiyatining Afg'oniston muammosini
izchil o'rganish va yechishga chaqirdi. Keyinchalik 1998 yilda Prezidentimiz
tashabbusi bilan tashkil topgan "6+2" guruhini BMT rahbarligi ostida 1998 - 1999
yillarda olib borilgan faoliyat Afg'oniston terrorchilikka qarshi kurashda katta
ahamiyatga ega bo'ldi. Bu guruh Afg'oniston bilan chegaradosh 6 davlat: Hitoy,
O'zbekiston,
Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston va mintaqa tashqarisidan
ta'sir ko'rsatib turgan ikki davlat AQSH va Rossiya vakillaridan tashkil topgan adi.
Yurtboshimizning 1999 yilda Evropa Havfsizlik va hamkorlik
Tashkilotining (EHHT) Istanbul (Turkiya) da bo'lib o'tgan sammitda 2000 yilning
7 - 8 sentyabr kunlari Nyu-Yo'rkda bo'lib o'tgan
BMT bosh assambleyasining
"Mingyillik Sammiti"da BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash
halqaro
markazini tuzish taklifiga hamohang tarzda 2001 yilning 28 sentyabrda BMT
doirasida terrorizmga qarshi kurash qo'mitasi tuzildi.
O'zbekistonning AQSH chegaraligida tashkil etilgan halqaro terrorizmga
qarshi kurash borasida AQSH harbiy havo kuchlarining trasport va vertalyotlariga
Afg'onistonda qidiruv - qutqaruv va insonparvarlik
yordamini amalga oshirish
u4un havo hududi (Honabod tumani)ni ochib terrorizmga vaqtinchalik
foydalanishga topshirdi.
O'zbekistonning halqaro terrorizmga qarshi olib borayotgan siyosatining
maqsadi mintaqada global miqyosda tinchlik,
barqarorlikni saqlash, mamlakat
mustaqilligi va ravnaqi, halqning erkin farovon hayotini ta'minlashdir.
Respublikamiz terrorizmga qarshi qaratilgan ko'plab halqaro shartnomalardan
hozirgaHa BMTning 12ta, Yevropa Kengashi doirasida esa 7ta halqaro
shartnomalarini imzoladi.
Bulardan tashqari O'zbekiston halqaro terrorizmga qarshi kurashdagi
ishtiroki mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatida ham namoyon bo'lmoqda.
Jumladan, O'zbekiston Yevropa Havfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (YeHHT),
Markaziy Osiyo hamkorligi Tashkiloti (MOHT) va boshqalar. O'zbekistonning
bunday tashkilotlardagi ishtiroki, tashabbusi, global
havfsizlik va barqarorlikni
ta'minlashda davlatimizning tutgan o'rni muhim ekanligini tasdiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: