7. Маvzu: Arxiv va Yozma manbalarning o‘lkashunoslik fanida tutgan o‘rni



Yüklə 68,74 Kb.
səhifə1/6
tarix20.06.2023
ölçüsü68,74 Kb.
#128291
  1   2   3   4   5   6
7. Ìàvzu Arxiv va Yozma manbalarning o‘lkashunoslik fanida tutg


7.Маvzu: Arxiv va Yozma manbalarning o‘lkashunoslik fanida tutgan o‘rni

1.O‘lkamiz qadimgi Yozma manbalarda


2.IX-XII asrlar tarixiga oid Arab tilida Yozilgan manbalar.
3.XIII-XIV asrlar tarixiga oid Fors va Turkiy o‘zbek tilidagi tarixiy manbalar
4.Vatanimiz tarixini o‘rganishda arxiv materiallarining ahamiyati.
Tayanch iboralar: Yozma manba, Avesto, yunon, rim, Ahomoniylar, Eron. Behustin, Persipol, qadimgi, antik, o‘rta asrlar, “Tarixi Narshaxiy”, Nizomulmulk, “Siyosatnoma” “Mehmonnamayi Buxoro”, “SHayboniynoma”, “Tarixi Abulxayrxoniy, Arxiv, katolig, Xiva, Qo‘qon, Buxoro, qushbegi, Yozma, og‘zaki,


1. O‘lkamiz qadimgi Yozma manbalarda


Yozma manbalar. Markaziy Osiyo tarixiga oid ilk Yozma manbalar – “Avesto”, ahamoniylar davri mixsimon Yozuvlari va qadimgi dunyo (yunon rim) mualliflari asarlari yurtimizdan tashqarida Yozilgan. Ular Qadimgi SHarq va dunyo tarixida birinchi bo‘lib, o‘lkamizdagi halqlar nomlarini, alohida joylar, tog‘lar, daryolar va ko‘llarning nomlarini, afsonaviy qahramonlar va podsholrning nomlarini, yurtimiz xalqlarining turmushi, dini madaniyati, ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy tuzumi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Zoroastrizm – otishparastlik, miloddin avvalgi VI – milodning VI asri dinining muqaddas kitobi bo‘lib, miloddin avvalgi VI - milodning VI asrlarida Yozilgan, Eron hamda O‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati, e’tiqodi, tili, adabiyoti va qisman tarixini o‘rganishda asosiy manba hisoblanadi.
“Avesto” matni to‘liq saqlanmagan. Bizgacha, uning juda oz qismi etib kelgan xalos. Ma’lumki “Avesto” Kayoniy hukmdorlardan Gishtasp – Vishtasp zamonida kitob holiga keltirilgan. Rivoyatlarga qaraganda, uning gatlar deb ataluvchi asosiy qismi xudo Zaratushtra tomonidan Yozilgan va Mas’udiy, Tabariy va Beruniylarning so‘zlariga qaraganda, 12 000 ho‘kiz terisidan tayyorlangan maxsus pergamentga oltin harflari bilan Yozilgan. O‘sha vaqtlarda uning uch nusxasi mavjud bo‘lgan, lekin bir nusxasi Iskandar Zulqarnaynning amr-farmoni bilan yoqib yuborilgan. Ikkinchi nusxasini YUnonistonga olib ketilgan, uchinchi nusxasi esa otashparastlar diniga o‘ta e’tiqodli bo‘lgan kishilar qo‘lida saqlanib qolgan. Lekin bu nusxa to‘liq emas.
Asarning saqlanib qolgan qismlarini to‘plash va kitob holiga keltirish ishlari Parfiya podshosi Valgash III (148-192 yy.) hamda Sosiniylar (milodning III asri) davrida ham davom ettirildi. “Avesto” sosoniy SHopur II (309-379) davrida tartibga solindi, izohlar va qo‘shimchalar (zand) bilan boyitildi va to‘la kitob holiga keltirilib, asosiy qismlari pahlaviy tiliga tarjima qilindi. Bu kitob “Zand Avesto” nomi bilan mashhur.

Yüklə 68,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin