Umumta’lim maktabning 2023-2024 o‘quv yili 7-sinf o‘quvchilarining fizika fanini o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun test, savol, masala va topshiriqlar varianti
7-sinf____-guruh o‘quvchisi _________________________________________
F.I.SH.
O‘quvchi to‘plagan umumiy ball:_____ (maksimal ball: 30)
I Chorak 1-BSB (2-variant)
I. Yopiq test. Sodda test (formula, ta’rif, kattalik, birlik), 4 ta (A, B, C, D) javobli. [3 ball]
1. Qattiq jism massasi qanday qurilma yordamida aniqlash mumkin?
A) torozi
B) o‘lchov lentasi
C) lyuksmetr
D) menzurka
II. Ochiq test. O‘rtacha qiyinlikdagi masala (son yoziladigan). [4 ball]
2 . Rasimda keltrilgan menzurkadagi toshning hajmini aniqlang.
___________________________________________
III. Bir nechta javobli test. Bilishga doir o‘rtacha qiyinlikdagi moslikni topish. [6 ball]
3. Tabiat hodisalarining nomlarini qaysi fizik hodisaga tegishli ekanligini chiziqlar yordamida moslashtiring. (Har bir to‘g‘ri tallangan moslik uchun 1 balldan jami 6 ball)
Tabiat hodisalarining nomlari
|
|
Fizik hodisalarning turlari
|
Chaqmoq
|
Mexanik
|
Tog‘dagi aks-sado
|
Issiqlik
|
Qor ko‘chkisi
|
Elektr
|
Ko‘zgudan yorug‘likning qaytishi
|
Tovush hodiasi
|
Muzning erishi
|
Magnit
|
Kompas ignasini shimolga burishi
|
Yorug‘lik
|
IV. Masala. O‘rtacha qiyinlikdagi masalaga. [12 ball]
4. Ikki parallel temir yo‘ldan uzunligi 500 m, tezligi 90 km/h bo‘lgan yuk poyezdi va uzunligi 150 m, tezligi 144 km/h bo‘lgan yo‘lovchi poyezdi bir tomonga harakatlanmoqda. Birinchi poyezd ikkinchi poyezdni qancha vaqtda quvib o‘tadi? (Kattaliklarni aniqlab berilganlarini to‘g‘ri yozsa 1 ball, masalaga taalluqli formulalarni to‘g‘ri yozsa 3 ball, masalada so‘ralgan kattalikni to‘g‘ri hisoblasa: tezliklarni asosiy birlikda ifodalasa 2 ball, umumiy masofani aniqlasa 2 ball, nisbiy tezlikni topsa 2 ball, quvib o‘tish vaqtini topsa 2 ball. Jami 12 ball)
Dostları ilə paylaş: |