Sonning ulushini va ulushiga ko‘ra sonning o‘zini topishga doir masalalar bilan ishlash metodikasi.
1-masala
Lola 80 betli kitobning 4dan 1 qismini o’qidi.
U yana qancha bet o’qishi kerak?
80:4=20 80-20=60 bet
2-masala
12 kg qulupnayning 4 dan 3 qismini va 2 kgmini murabbo qilishdi.Necha kg qoldi?
12:4=3 3*3=9 9+2=11 12-11=1 kg
3-masala
Nargiza kutubxonadagi 5 ta kitobni o’qidi. Agar u kutubxonadagi kitoblarning 10 dan bir qismini o’qigan bo’lsa, kutubxonada nechta kitob bor?
5*10=50 ta
4-masala
Anvar likopchadan 6 ta olmani oldi.Agar u olmalarning 3 dan 2 qismini olgan bo’lsa, likopda nechta olma bo’lgan?
6:2=3 3*3=9 ta
5-masala
30 litr sutning 6 dan 5 qismini sotishdi. Necha litr sut qoldi?
30:6=5 5*5=25 30-25=5 litr
Noma`lumni topishga doir masaladar.
Mavzu: O`quvchilarning noma`lum ayriluvchini topishga oid bilimlarini mustahkamlash.
Maqsad:
Talimiy: O`quvchilarning o`tgan darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash. Noma`lum ayriluvchili tenglamalar yechish malakalarini oshirish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarning dunyo qarashlarini hulq-atvorini , mukammal insoniy fazilatlarini rivojlantirish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma hisoblash malakaalarini oshirish
Dars usuli:
Musobaqa va sayohat usulida olib boriladi
Dars jihozi:
Darslik, raqamli kartochkalar, tezkor savollar, daraxtdagi olmalar va guldastadagi gulbarglarida yashiringan misollar, magnitofon.
Darsning borishi:
O`qituvchi:
-Qo`limda bor shunday kitob,
Ichin ochsang,g`ij-g`ij hisob,
O`qisang gar, qilar xitob:
“-Misolim ko`p, javobin top!”
Bilsangiz siz, ayting shu tob
-Ne atalar ushbu kitob?
O`quvchilar: -Ma-te-ma-ti-ka.
O`qituvchi: -Juda yaxshi.Qani bolalar,menga aytinglarchi, matematika o`zi nima?
O`quvcchilar javob beradilar:
-Matematika –bu hayot zarurati,matematikasiz raketalar ham,mashinalar ham harakatlana olmaydi, xattoki,hozirgi zamonamizning eng ilg`or texnika vositalaridan bo`lgan kompyuterlar ham bo`lmaydi.
-Matematika hayot manbai.Matematikasiz bir qadam ham qo`yib bo`lmaydi.Oddiygina egnimizdagi kiyimni tikish uchun ham tikuvchi santimetrlab o`lchaydi.
-Bolalar, oyog`imizdagi poyafzalimizning tagidagi o`lchami ham matematik raqamlarda ifodalangan.Bozordan yoki do`kondan biror narsa xarid qilish uchun ham matematikani bilishimiz juda zarur.
-Betob bo`lib qolsak ham shifokor tana haroratimizni termometr yordamida o`lchaydi.Darajani esa matematik raqamlar ifodalaydi.
-Xullas kelgusida qaysi kasb egasi bo`lishimizdan qat`iy nazar matematikani bilishimiz juda muhim bo`lib hisoblanodi.
O`qituvchi:Demak,qaysi kasb egasi bo`lmaylik,qanday sohada ish yuritmaylik,qayerda bo`lsak ham matematikadan olgan bilimlarimiz bizga har doim yordam berar ekan.
Masalan, hozir 2012-yil-Mustahkam oila yili
Bir yilda nechta fasl bor? -4ta
Bir faslda necha oy bor? -3ta
Biroy necha kundan iborat? -30-31 kundan,fevral oyi esa 28-29 kundan iborat bo`ladi.
Mana,ko`rdinglarmi bolalar,mana shu oddiy savol-javvoblarda ham matematik raqamlar bizga yordam beryapti.
O`quv yilining nomlanishidan kelib chiqib,o`quvchilarga:
-Ma`naviyat nima?
-Prezidentimiz I.A.Karimovning ma`naviyatga oid asari qanday nomlanadi?
-Bu asar necha bobdan iborat?
-Boblarning nomi qanday?
-Bahor fasli nima uchun yasharish va yangilanish fasli deyiladi?
-Bahorda tabiatda qanday o`zgarishlar bo`ladi?
-Bahorda qanday ishlar bajariladi?
-Bahorda qanday qushlar uchib keladi?
-Bahorda qanday gullar ochiladi?
Kabi savollar berilib,o`quvchilarning javoblari tinglanadi.
O`qituvchi: Hurmatli o`quvchilar, mana endi darsimizning asosiy qismini boshlasak ham bo`ladi.
Mavzuimiz ”Noma`lum ayriluvchini topish”. Darsimizni sayohat usulida olib boramiz.
Sayohatni 2 guruhga bo`linib davom ettiramiz. Darsimiz oxirida guruhlarning harakatchanligi, epchil va zukkoligi hisobga olinadi va g`olib guruh aniqlanadi. Sayohatga chiqishdan oldin guruhlarga nom tanlaymiz. Buning uchun tezkor savollardan foydalanamiz.
O’quvcchilar partalar bo’yicha guruhlanadi.Ikkita guruhga to’rttadan savol beriladi. O’quvcchilar oldilaridagi avvalda tayyorlab qo’yilgan varaqlarga savollarning javoblarini yozadilar.
1-guruh savollari
1 Vaqtni ko’rsatadigan asbob? (soat)
2 Asalari yig’adigan shirinlik? (asal)
3 Mosh qaysi hayvonga qo’yiladigan nom? (mushuk)
4 Qaraning aksi (oq)
Javoblarning birinchi harflarini qo’shib o’qiganimizda samo so’zi hosil bo’ldi. Demak bu guruhning nomini SAMO deb ataymiz
2-guruh savollari
1 Hartumli hayvon? (fil)
2 Nima bilan odob egizak? (aql)
3 Otga o’xshash terisi yo’l yo’l hayvon ? (Zebra)
4 Jannat kimlarning oyog’i ostida? (Onalar)
Javoblarning birinchi harflarini qo’shib o’qiganimizda fazo so’zi hosil bo’ldi. Demak bu guruhning nomini FAZO deb ataymiz.
Sayohat davomida zerikmaslik uchun yo`da “Zanjir” o`yinini o`ynab ketamiz.Men o`yinni boshlab beraman:
100-x=86, 86-x=74, 74-x=62,
62-x=54, 54-x=41, 41-x=25......
Yo`lda tortishib turgan raqamlarga duch kelamiz.
To`xtanglarchi bolalar,raqamlarga quloq solaylikchi,ular nima deyishar
1.-Men birman,yagonaman,bitta o`zimman.Bitta to`g`ri yo`lman.1-o`rin, 1-bo`lib degan so`zlar mendan olingan mukofot, rag`bat.
2.-Sen 1 bo`lsang mana men 2 man.Sendaylarning 2 tasiga bas kelaman 2 ta ko`z, 2ta quloq, 2taqirg`oq mening nomim bilan ataladi.
3.-Hay-hay urushmanglar, menga qaranglar, ikkovlaringni qo`shsa necha bo`ladi? Mana men-akang qarag`ay ”3” hosil bo`laman.
4.Nimaga tortishyapsizlar? Mana men 4 man. To`rtburchakning nechta tomoni bor?-4ta.Gorizontning nechta tomoni bor? -4ta-shimol,janub,sharq,g`arb.Ana shu 4 men bo`laman
5.Sen bir oz jim tur.. Maqtanish menga yarashadi.Chunki ”5” mana bu o`quvchilar uchun eeng a`lo baho hissoblanadi.
6.Sen ko`p ham maqtanma, baribir men sendan bir pog`ona bo`lsa ham balandman.”Olti-olti –esda qoldi” deyishadi,uqdingmi?
7.Men sirliraqam-7 bo`laman. 7 iqlim, 7 sayyora, 7 go`zal, 7mo`jiza, 7-osmon kabi so`zlar mendan olingan. Maqtanish sizlardan ko`ra ko`proq menga yarashadi.
8.E,buncha maqtanmasanglar,mana meni ko`ringlar,menda ham harf mujassam, ham raqam. Qaysi harf deysizmi? Albatta “o”harfida.
9.Hoy, maqtanchoqlar biroz jim turinglar,bu yerda hammangizdan to`ng`ichi o`zimman. Mana bu nol bo`lsa hammamizni puchga chiqarib qo`yishi mumkin.
0. Juda puch ham emasman,
O`ylagandek ba`zilar.
O`tsam sonlar ortiga.
Kuchim yaqqol sezilar.
raqami 5, 8, 4, 9 sonlari ortiga o`tadi.O`quvchilar hosil bo`lgan sonlarni o`qiydilar.
O`qituvchi:O`quvchilar,bu qarshimizda turgan raqamlar o`nli sanoq sistemasi deyiladi.O`nli sanoq sistemasini fanga kiritgan olim Abu Abdulloh Muhammaad ibn Muso Al Xorazmiydir.
Al Xorazmiy bobomiz 783-yilda Xorazmda tavallud topganlar. O``zining butun umrini ilmu –fanga, mateematikaga bag`ishlagan bobomiz 850-yilda 67 yoshlarida vafot etganlar.
O`quvchi:-Al Xorazmiy bobomizga
Bugun ta`zim aylaymiz.
Ko`p bebaho asarlarning .
Ma`nosini ting laymiz.
O`quvchi:
-Ta`zim sizga, fanga asos solgan bobolar,
Ta`zim sizga, nomi mangu qolgan bobolar,
Siz yaratgan mashhur fanni biz ham sevib qolganmiz,
Ixlos bilan o`qib uni ancha bilib olganmiz.
Bolalar endi sayohatimizni raqamlar bilan birgalikda davom etiramiz. Yo’lda olma daraxtiga duch kelib qolishadi. Undagi mevallarning ortida yashiringan misollarni guruhlardan o’quvchilar chiqib xat taxtada bajaradilar.
topshiriq
55-x=24 86-x=36
x=55-24 x=86-36
x=31 x=50
55-31=24 86-50=36
100-x=29 65-x=23
x=100-29 x=65-23
x=71 x=42
100-71=29 65-42=23
Noma`lum ayriluvchini topissh uchun kamayuvchidan ayirmani ayiramiz.
Qoshimcha savollar orqali o’quvchilar baholanib,raqamli kartochkalar bilan o`quvchilar rag’batlantirib boriladi.
2- topshiriq
Har bir guruhdan bitadan o’quvchi quyidagi jadvallarni to’ldiradi.
Kamayuvchi
|
49
|
65
|
72
|
54
|
18
|
20
|
Ayriluvchi
|
x
|
x
|
x
|
x
|
x
|
x
|
Ayirma
|
17
|
25
|
39
|
22
|
9
|
12
|
Kamayuvchi
|
52
|
29
|
43
|
38
|
45
|
64
|
Ayrriluvchi
|
x
|
x
|
x
|
x
|
x
|
x
|
Ayirmama
|
24
|
15
|
24
|
19
|
33
|
44
|
3-topshiriq
O’quvchilar yo’lda davom etadilar.Yo’lda uchragan guldastadagi tushib qolgan gulbarglarni har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib joylashtiradi.Gulbarglarni joylashtirishda noma`lum ayriluvchini topish qoidasidan foydalaniladi.
4-topshiriq
Sardorlar bahsi .
Samo:86-x=42 Fazo:95-x=24
X=86-42 x=95-24
X=44 x=71
86-44=42 95-71=24
Sardorlar xat taxtada tenglamalarni yechgunlariga qadarhar bir guruhdan bittadan o`quvchi noma`lum ayriluvchini topishga doir masala tuzib og`zaki bajaradi. Har bir misolni to’gri , hatosiz bajarishlariga qarab o’quvchilar “4” va “5” raqamlari yozilgan kartochkalar bilan rag’batlantiriladi.G’olib guruhni anuqlash uchun har bir guruh o’quvchilari olgan kartochkalardagi raqamlar qo’shib chiqiladi.Va g’olib guruh aniqlanadi.
O’quvchilarning olgan ballari jurnalga va kundaliklariga qo’yib beriladi.
Darsni yakunlash uyga vazifa Noma`lum ayriluvchini topishga doir masala va misollar yechib kelish.
Dostları ilə paylaş: |