G Ganj –xazina, boylik Ganch – suvoq materiali
Gilos – meva Golos – to‘q jigar rang
J Jodi - o‘t qirqadigan asbob Jodu – sehr
Juda – eng, g‘oyat Judo – ayriliq
K Kampaniya – ma’lum ishlar tizimi Kompaniya – korxona, birlashma
Kaft – qo‘lning qismi Kift – elka
Kat – yog‘och karovat Kart – kart dumba
Kvadrat – teng yoqli to‘rtburchak Kvadrant – doiraning choragi
Kontakt – aloqa, bog‘lanish Kontrakt – shartnoma
Kuyindi – kuyishdan qolgan iz Kyundi – kuyunmoq
M Matal – hikmatli so‘zlar Ma’tal – kutib qolgan, muntazir
N Nasha – narkotik modda Nash’a – estetik lazzat, huzur
Naq – xuddi, ayni Naqd – puli darhol to‘lanadigan
Nufuz - obro‘, e’tibor Nufus – aholi
O Olu - olxo‘ri Oluv – olish
Ora - o‘rta Oro - pardoz
Oxir – chegara, poyon Oxur – hayvonlarga em solinadigan joy
Oqlik – oq ranglik Oqliq – sut mahsulotlari
Orasida - o‘rtasida, ichida Orasta – bezatilgan, yasatilgan
Q Qad – qomat Qat – qavat, qatlam
Qayd – ta’kid Qayt - o‘qchish, qusish
Qala- o‘tinni taxla Qal’a – shahar
Qalmoq – millat Qolmoq – qolish
Qarz – qaytariladigan pul, buyum Qars – tovush: qars etdi
Qari – keksa, mo‘ysafid Qa’ri – chuqur yer osti, ichi
Qat’I – qat’i nazar Qat’iy – uzil-kesil
Qiyq – tovush: qiyq etdi Qiyiq – qiyilgan; ro‘mol
Qiymat – baho Qimmat – narxi baland
Qism - bo‘lak Qisim – siqim
Qolib – qolmoq Qolip – oyoq kiyim moslamasi
Quyildi – oqdi Quyuldi – quyuqlashdi
Qura – qura boshladi Qur’a – chek
Qurt – hasharot Qurut – suzma qurut
S Sayd – ov Sayid - payg‘ambarimiz avlodlari
Sanat – sanatmoq San’at – badiiy ijodiyot turi
Saqov – ot, eshaklar kasalligi Soqov – gung, tilsiz
Surat – rasm Sur’at – tezlik, temp
Surgin – surmoq Surgun - badarg‘a
T Tab – taft, harorat Ta’b – kishining ichki tabiati
Talat – talatmoq Tal’at – yuz, chehra
Tambur – vagon kiraverishdagi Tanbur - cholg‘u asbobi bo‘lma
Tana – gavda Ta’na – gina, kudurat
Tarif – baholar ko‘rsatkichi Ta’rif – tavsif, tasvir
Tasir – tasir-tusur Ta’sir – tazyiq
Taqib – taqib qo‘ydi Ta’qib – yashirincha kuzatish
Tib – meditsina Tip – toifa
Tub – tag, ost Tup - o‘simlik, daraxtning har donasi
Tutin – tutinmoq Tutun – olov tutuni
U Uzik – uzilgan Uzuk – taqinchoq
Uyim – mening uyim Uyum - to‘da
Ulish – ulimoq (it, bo‘ri) Ulush - bo‘lak, hissa
Unim – (mening) unim Unum – hosil, baraka
Urish – urmoq Urush – jang