10-mavzu: yer osti suvlarining geologik ishi. Reja: Yer osti suvlarining paydo bo`lishi



Yüklə 119,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix13.12.2023
ölçüsü119,36 Kb.
#139852
  1   2   3   4   5   6   7   8
10-mavzu yer osti suvlarining geologik ishi. Reja Yer osti suv



10-MAVZU: YER OSTI SUVLARINING GEOLOGIK ISHI. 
Reja: 
1. Yer osti suvlarining paydo bo`lishi. 
2.
 
Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi. 
3. Yer osti suvlarining geologik ishi. 
Tayanch iboralar
: Yer osti suvlari, gidrogeologiya, erosti suvlarining turlari: 
kondensatsion, yuvenil, sedimentogen, singenetik, epigenetik, suv o`tkazmaydigan 
qatlam, bosimli suvlar, artezian suvlar, mineral suvlar, suffoziya, karst, ko`chki, 
travertina, geyzerit. 
Yer osti suvlarining paydo bo`lishi. 
Yer yuzasidan pastda, tog` jinslarining bo`shliq va darzliklarida uchraydigan 
suvlar yer osti suvlari deyiladi. Bunday suvlar yer qatlamlari orasida ko`p 
tarqalgan va xalq xo`jaligini rivojlantirishda, aholini, shahar hamda qishloqarni suv 
bilan ta`minlashda, gidrotexnik va sanoat inshootlarini qurishda, sug`orish 
ishlarida, kurort va sanatoriylar va boshqa sohalarda muhim ahamiyatga ega. 
Yer osti suvlarining geologik ishi g`oyat xilma - xil. Ular tog` jinsilari 
orasidagi minerallarni va karbonatli tog` jinslarini eritadi, qumoq jinslarni yuvadi 
va g`orlarni hosil qiladi. 
Yer osti suvlarining paydo bo`lishi, tarqalishi, harakati, miqdori, sifat 
o`zgarishi bilan gidrogeologiya fani shug`ullanadi.
So`nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida atmosfera 
yog`inlarining 70% dengizga quyilishi, 25 foizga yaqini bug`lanishi,
5 foizdan ortig`i er ostiga singib ketishi aniqlangan. 
Yer osti suvlarining paydo bo`lishi.
Tog` jinslari orasidagi suvlar, 
birinchidan yog`inlarning er ustidan qum va toshlar orasiga qisman sizib o`tishi, 
ya`ni infiltratsiya yo`li bilan hosil bo`ladi. Masalan, O`zbekistonda har yili 
atmosfera suvidan tashqari sug`orish tizimidan 8 milliard m
3
suv shimilib, erosti 
suviga qo`shiladi. Ikkinchidan, erosti suvlari suv bug`larining kondensatsiyasi 
jarayonida ham paydo bo`ladi. Bu vaqtda er ichidagi suv bug`lari sovib, suvga 
aylanadi. Tog` jinslarida suv bug`i ko`p tarqalgan bo`ladi, bu esa ularning 
elastikligini orttiradi, tuproqning yuqori bosimi ta`sirida bug` yana havoga 
ko`tariladi. Demak, kondensatsiya jarayoni suv bug`ini tuproqqa olib kiradi va 
undan olib chiqadi. Tog`li erlarda, dashtlarda, doimiy muzloq o`lkalarda suv 
bug`lari eng ko`p kondensatsiyalanadi. 
Hozirgi kunda tog` jinslaridagi suvlarni quyidagi turlarga bo`lib o`rganiladi.
1. Bug` ko`rinishdagi suvlar.
2. Fizik bog`langan suvlar: gigroskopik va plyonkasimon suvlar.
3. Erkin suvlar: kapillyar va gravitatsion suvlar.
4. Qattiq holatdagi (muz) suvlar.


5. Kristallashgan (kristallogidratlar) va kimyoviy birikma (gidroksil) 
holatidagi suvlar. 
Yer osti suvlari daryo, ariq suvlariga nisbatan ancha sekin harakatlanadi. 
Ular tog` jinslari orasidan ko`pincha nishab tomonga qarab sizib o`tadi. Relefning 
bunday joylaridan erosti suvlari buloq yoki sizot suvi tarzida chiqib turadi. Bunday 
suvlar Sirdaryo viloyatidagi yangi o`zlashtirilgan joylarda ko`plab uchraydi. 
Yer osti suvlari kelib chiqishi bo`yicha yuvenil, sedimentogen, singenetik, 
epigenetik suvlar ajratiladi. 
Yuvenil suvlar.
Yer po`stining ichki qismidagi magmadan ajralayotgan 
minerallashgan issiq suv bug`larining erosti suvlariga aylanishidan hosil bo`ladi. 
YUvenil suv erning chuqur qatlamlarida va tez - tez vulkan otilib turadigan 
o`lkalarda ko`p uchraydi. 
Sedimentogen
(yunoncha cho`kindi) suvlar eng chuqurdagi cho`kindi jinslari 
qatlamlari orasidagi yuqori darajada minerallashgan (sho`rlangan) erosti suvlaridir. 
Olimlarning hisoblashicha bu suvlar genezisiga ko`ra dengiz suvidan paydo 
bo`lgan. Ularning ikki - singenetik va epigenetik turlari tabiatda ko`p uchraydi. 
Singenetik
(yunoncha singenez - cho`kindi bilan bir vaqtda hosil bo`lish 
demakdir) erosti suvlari. Havza yotqiziqlarining to`planish jarayonida ular orasida 
qolib ketgan qoldiq suvlardir. 
Epigenetik 
(yunoncha epigenenez - keyin paydo bo`lgan) erosti suvlari tog` 
jinslari vujudga kelgandan so`ng yoki dengizdan sizib o`tgan suvlardan hosil 
bo`ladi. 
Tog` jinslarida flyuidlarning harakat qonuniyatlarini tahlil qilishda g`ovaklik va 
kirituvchanlik asosiy ahamiyatga ega. 
G`ovaklik.
Terrigen jinslardagi g`ovaklik qattiq komponentlar egallamagan 
bo`shliq hisoblanadi. G`ovaklar o`zaro tutashgan yoki tutashmagan bo`lishi 
mumkin. G`ovaklik skalyar kattalik singari foyizlarda ifodalanadi. Bunda 
umumiy va samarali g`ovaklik ajaratiladi. Ular: 
R
um 
+ V
um 
- V

/V
um,
R
sm 
+ V

/V
um 
formulalar yordamida aniqlanadi. Bunda R
um 
- umumiy g`ovaklik

R
sm
- samarali 
g`ovaklik, V
um
- umumiy hajm, V
q
- qattiq faza hajmi, Vt- tutashuvchi g`ovaklar 
hajmi. 
Umumiy g`ovaklik terrigen jinslardagi butun bo`shliqlarning, ularning 
o`zaro tutashgan yoki tutashmaganligidan kat`iy nazar, foyiz miqdorida 
ifodalanadi. Samarali g`ovaklik esa faqatgina o`zaro tutashgan g`ovaklarning 
foyiz miqdori bilan belgilanadi. Samarali g`ovaklik miqdori har doim umumiy 
g`ovaklikdan past bo`ladi. Pemza va penoplastlar juda yuqori umumiy 
g`ovaklikka, ammo juda kam samarali g`ovaklikka ega bo`lgan materiallar 
jumlasiga kiradi. 
Terrigen jinslarda g`ovaklik struktura hosil qiluvchi donalarning 
joylashish tartibiga va saralanish darajasiga bog`liq. O`lchami bir xil bo`lgan 
sferasimon donalar rombaedr tartibida joylashganda g`ovaklik 25,9% ni, 
tartibsiz joylashganda 87,5% ni tashkil qilishi mumkin. YAxshi saralanmagan 


materiallarda donalar orasidagi bo`shliqlar mayda zarralar bilan to`lib, g`ovaklik 
darajasini kamaytiradi. Zichlashish va sementlanish natijasida ham g`ovaklik 
miqdori juda pasayib ketadi. Neftli gorizontlarda g`ovaklik 5-20% bo`ladi. 
Kirituvchanlik 
terrigen jinslarning suyuqliklarni o`tkazish qobiliyatidir. U 
Darsi formulasi bilan ifodalanadi: 
Q + KA x (dp/dl), 
bunda Q – vaqt birligida singadigan suyuqlik hajmi, A – ko`ndalang kesim 
yuzasi, dp/dl-konkret o`lchamlarga bog`liq bo`lmagan gidravlik gradient. 
Kirituvchanlik kattaligi suyuqlik xususiyati va muhitning g`ovakligi 
hamda shu muhitdagi kirituvchanlik yo`nalishiga bog`liq. 
Solishtirma kirituvchanlik (k) kirituvchanlik o`lchami bo`lib, u faqatgina 
muhitga bog`liq: 
Q + KAf/M x dp/dl 
bunda f- suyuqlikning solishtirma og`irligi, M – esa uning qovushoqligi. 
Solishtirma 
kirituvchanlik 
darsi 
birligida 
o`lchanadi 
va 
uni 
oqim 
harakatlanayotgan g`ovaklarning yig`indi yuzasi sifatida qarash mumkin. 
Tog` jinslarining kirituvchanligiga bo`laklarning o`lchami, ularning 
saralanish darajasi, mo`ljallanganligi, joylashish tartibi hamda sementlanishi va 
qatlamlanish xususiyatlari ta`sir etadi. Terrigen cho`kindilar donalarining 
o`lchami qancha kichik va saralanish darajasi past bo`lsa, kirituvchanligi 
shuncha kamayishi eksperimental yo`l bilan aniqlangan. Gradatsion qat-qatlikka 
ega bo`lgan turbidit yotqiziqlarining qatlamlarida pastdan yuqoriga qarab, 
donalar o`lchamining kichirayib borish yo`nalishi bo`yicha kirituvchanlik ham 
pasayib boradi. Qum donalarining joylashishi qancha zich bo`lsa, boshqa barcha 
teng sharoitlarda, samarali g`ovaklik va shu tufayli kirituvchanlik ham shuncha 
past bo`ladi. 
Kirituvchanlik g`ovaklikka to`g`ri va solishtirma yuzaga teskari proporsional 
bo`ladi. Terrigen jinslardagi bo`laklarning o`lchami kichiklashib borgan sari 
kirituvchanlik ham pasayib boradi. Bunga bo`laklarning kichrayib borishi tufayli 
solishtirma yuzaning oshishi sabab bo`ladi. Natijada oqimga bo`lgan qarshilik 
ortadi. 
Qumtoshlarning kirituvchanligi g`ovakligiga qaraganda kuchli o`zgaruvchan 
bo`ladi. Bunga ikki sabab bor. G`ovaklik bo`shliqlari yuzasidagi notekisliklar 
ham, oqim o`tadigan ikki nuqta orasidagi masofa ham oqimga qarshilik qiladi. 
Bu xususiyatlardan birining yoki ikkalasining birgalikda o`zgarishi, g`ovaklik 
qiymati o`zgarmaganda ham, kirituvchanlikning o`zgarishiga olib keladi. 
Erosti suvlari joylashish sharoitlari bo`yicha sizot, grunt va qatlam suvlariga 
bo`linadi. Qatlam suvlari esa o`z navbatida bosimli va bosimsiz turlarga 
ajratiladi. 

Yüklə 119,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin