Eruvchanlik ko‘paytmasi Tabiatda mutloq erimaydigan modda bo‘lmaydi. Cho‘kma hosil bo‘lishi bilan qayta erish jarayoni boradi. Cho‘kma va to‘yingan eritma har xil faza, ya’ni geterogen sistemadan iborat. Geterogen sistemaning bir-biridan chegara sirtlar bilan ajraladigan ayrim qismlari (cho‘kma va to‘yingan eritma), faza deb ataladi.
Agar qiyin eriydigan tuzni Masalan: AgCI olib distillangan suv qo‘shsak, cho‘kmani hosil qilgan Ag+ va CI- ionlari yaqin turgan suv dipollari tomonidan tortiladi va ajralib ionlar gidrati holida eritmaga o‘ta boshlaydi. Erish jarayoniga teskari Ag+ va CI- ionlari eritmada to‘qnashib AgCI molekulalarini hosil qiladi va cho‘kmada ikkita bir biriga qarama-qarshi jarayon sodir bo‘lib, ma’lum vaqtdan keyin dinamik muvozanatga olib keladi. Cho‘kma bilan dinamik muvozanatda bo‘lgan eritmaga to‘yingan eritma deyiladi. AgCI↓ ↔ Ag+ + CI- qattiq faza cho‘kma suyuq faza eritma
Massalar ta’siri qonuniga muvofiq:
[Ag+] va [CI-] – muvozanatdagi kumush va xlor ionlarining konsentrasiyasi
[AgCI-] – qattiq fazadagi moddaning konsentrasiyasi
Geterogen sistemada erigan va qattiq modda zarrachalarining to‘qnashishi fazalar sirtida bo‘lib, qattiq modda miqdoriga bog‘liq bo‘lmaydi va uning konsentrasiyasi doimiy qolib reaksiya tezligiga ta’sir qilmaydi.
Qiyin eruvchan elektrolitning to‘yingan eritmasidagi ionlar konsentrasiyalarining ko‘paytmasi o‘zgarmas haroratda o‘zgarmas miqdordir. Bu miqdor eruvchanlik ko‘paytmasi deb ataladi (EK).
Yuqoridagi misol uchun EКAgCI = [Ag+][CI-] . Umumiy holda MmAn ko‘rinishdagi elektrolit uchun eruvchanlik ko‘paytmasining ifodasi:
To‘yingan eritmada ionlararo ta’sir kuchni hisobga olish, uchun ionlar konsentrasiyasini ularning aktivligiga almashtirishga to‘g‘ri keladi. Ionlar aktivligining qiymati dissosilanish jarayonida ishtirok etayotgan ionlar soniga teng miqdor darajaga ko‘tarilib eruvchanlik ko‘paytmasi ifodasiga kiradi.
Ionlar aktivligi ularning konsentrasiyalari bilan aktivlik koeffisiyentlari ko‘paytmasiga teng bo‘lgani uchun eruvchanlik ko‘paytmasini shunday yozish mumkin.
Lekin, kam eruvchan birikmaning ionlar konsentrasiyasi uning to‘yingan eritmasida juda kam bo‘lgani uchun ionlar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi u qadar ahamiyatli emas. Shuning uchun hisoblashlarda ni birga teng deb olinsa, xato bo‘lmaydi. Bundan odatda, amalda qo‘llaniladigan tahminiy tenglamani ho-
sil qilamiz:
Oson eriydigan elektrolitlarda f ning qiymati birga teng emas. Shuning uchun ulardagi ionlar aktivliginikonsentrasiya bilan almashtirib bo‘lmaydi. Agar berilgan qiyin eruvchan birikmaning eruvchanlik ko‘paytmasi EК < n * 10-7 bo‘lsa, aktivlik koeffisientini hisobga olmasa ham bo’ladi. Agar EК > n ∙ 10-7 bo‘lsa, aktivlik koeffisiyentini kiritish kerak. Biroq eruvchanlik ko‘paytmasi qoidasiga asoslangan hisoblashlarda katta aniqlik talab qilinmaydi, shuning uchun ko‘p hollarda aktivliklar konsentrasiyalar bilan almashtiriladi.
Qiyin eruvchan birikmalarning eruvchanlik ko’paytmasi qiymati ma’lumotnomalarda keltirilgan bo‘ladi.
Qiyin eruvchan elektrolitlarning eruvchanlik ko‘paytmasini hisoblash uchun, uning berilgan haroratdagi eruvchanligi aniqlanadi. Eruvchanlikni bilib, eruvchanlik ko‘paytmasini hisoblab topish oson.
Masalan: СаСО3 ning eruvchanligi 0,0069 g/l. Eruvchanlik ko‘paytmasi hisoblansin.
Yechish: Eruvchanlikni mollarda ifodalaymiz:
Har bir СаСО3 molekulasi eritilganda bittadan Са2+ va CO32 ioni hosil bo‘lgani uchun Са2+ = СО32 = 6,85 * 10-5 mol/l.
Demak,
Moddalarning EK qiymatini bilgan holda kam eruvchan moddaning eruvchanligini hisoblash mumkin.
Mаsаlаn: CaCO3 suvdagi eruvchanligini g/l hisob-lang. Eruvchanlik ko‘paytmasining qiymati 2 jadvaldan olinadi.
СаСО3↔Ca2++ CO32- [Ca2+] = [CO32-] = X
Eruvchanlikni g/l da hisoblash uchun molyar konsentrasiyani moddaning molekulyar massasiga ko‘paytirish kerak.
E = 6,16 10-5 100,69 = 6,20 10-3g/l Cho‘kma quyidagi hollarda qisman yoki to‘liq erishi mumkin:
a) kompleks birikma hosil bo‘lishi yoki gaz ajralib chiqishi;
b) yuzaki jarayonlar borishi ;
v) oksidlanish darajasining o‘zgarishi ;
g) [H+] ionlari konsentrasiyasining oshishi ;
d) cho‘kmaga ionlari bo‘lgan biror kuchli elektrolitni qo‘shish va hokazo.