A. A. Yusupxodjayev, M. S. Saidova



Yüklə 7,34 Mb.
səhifə52/98
tarix01.12.2023
ölçüsü7,34 Mb.
#136896
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   98
2 (4)

2.10-rasm. Optik zichlikning modda konsentratsiyasiga bog‘liqlik grafigi.
Eritmadagi Cu2+ va Fe2+ ionlarining miqdoini fotoelektrokolorimetr yordamida aniqlash
Ikki valentli mis tuzlariga mo‘l miqdorda ammiak eritmasi ta’sir ettirilganda kompleks ion hosil bo‘lishi hisobiga eritma to‘q ko‘k rangga kiradi:
Cu2+ + 4 NH3 → [Cu(NH3)4]2+
Bu birikmaning nur yutish maksimumi 620 nm (qizil filtr) ga to‘g‘ri keladi. Fotometrik usulda eritmadagi mis ionlari miqdorini aniqlash uchun dastlab standart eritmalar tayyorlanib, ularning optik zichliklari grafigi chiziladi. Grafikdan foydalanib, noma’lum eritmaning tarkibidagi mis ionlari miqdorini eritmaning optik zichligini o‘lchash yo‘li bilan topish mumkin.
Kerakli asbobb va reaktivlar:Fotoelektrokolorimetr, 1 mg/ml konsentrtsiyali mis ionlarini saqlagan standart eritma, 5 % li ammiak eritmasi, 100 ml sig‘imli o‘lchov kolbalari, byuretkalar, o‘lchov silindrlari.
Ishning borishi; 6 ta 100 ml sig‘imli o‘lchov kolbalari olinib, har biriga tegishlicha 1, 3, 5, 7, 9, 10 ml dan standart eritmadan quyib chiqiladi. Har qaysi kolbaga 25 ml dan ammiak eritmasi quyilib, kolbalarning o‘lchov chizig‘igacha distillangan suv solinadi. Eritmalarning optik zichligi fotoelektrokolorimetrda uch martadan o‘lchanib, grafik chiziladi. O‘lchov ishlari 50 mm li kyuvetalarda, 620 nm to‘lqin uzunligidagi nurlar (qizil filtr) bilan olib boriladi.
1-tajriba. Noma’lum konsentratsiyali eritmaning konsentratsiyasini aniqlash.
Konsentratsiyasi o‘lchanishi lozim bo‘lgan eritmadan 100 ml sig‘imli o‘lchov kolbasiga 5 ml olinib, 25 ml ammiak, so‘ngra chizig‘igacha distillangan suv quyiladi va optik zichligi o‘lchanadi. To‘zilgan grafikdan foydalanib, eritmadagi mis ionlari miqdori topiladi.
2-tajriba.Eritmadagi temir ionlari (Fe2+) miqdorini aniqlash.
Bu tajriba Fe2+ ionlari saqlagan eritmani kaliy permanganat eritmasi bilan titrlashga asoslangan. Titrlashda quyidagi jarayon sodir bo‘ladi:
5 Fe2+ + MnO4 + 8 H+ → Mn2+ + Fe3+ + 4 H2O
Ikki valentli temir ionlari saqlagan eritma kaliy permanganat eritmasi bilan titrlanganda eritmada temir ionlari oksidlanib, tugagunicha rangsizligicha qolaveradi. Temir ionlari tugashi bilan eritma och pushti rangga o‘tadi. Ortiqcha olingan kaliy permanganat miqdorini aniqlab, sarflangan eritmadagi miqdordan ayirsak, reaksiyaga kirishgan miqdori kelib chiqadi. Undan foydalanib, eritmadagi Fe2+ ionlari miqdorini hisoblab topiladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: Fotoelektrokolorimetr, 0,1 N KMnO4 eritmasi, Mor to‘zining 0,01 N standart eritmasi, sulfat kislotaning 1:1 hajmiy nisbatdagi suvli eritmasi, 250 ml sig‘imli o‘lchov kolbalari, byuretkalar, pipetkalar, o‘lchov silindrlari.
Ishning borishi.KMnO4 eritmasining konsentratsiyasini aniqlash.
Kaliy permanganatning 0,1 N eritmasini suyultirib 250 ml sig‘imli o‘lchov kolbasida 0,01 N konsentratsiyali eritma tayyorlanadi. Stakanga standart mor to‘zi eritmasidan 10 ml olinib, ustiga 5 ml sulfat kislota eritmasidan quyiladi va taxminan 50 ml gacha distillangan suv bilan suyultiriladi. Magnit aralashtirgich ishga tushirilib, fotoelektrokolorimetr 100% nur o‘tkazishga moslab sozlanadi. Yashil nur filtri yordamida (540 nm) 0,5-1,0 ml dan kaliy permanganat eritmasidan qo‘shish yo‘li bilan uch parallel o‘lchov o‘tkaziladi. Eritmaning optik zichligi ortishi boshlanishi bilan aniq natija olish uchun kamida 5 ta nuqta olish lozim. Har bir titrlash uchun optik zichlik va titrant hajmi orasidagi bog‘liqlik grafigi olinadi. Ikkita to‘g‘ri chiziqli maydonlarning kesishishidan sarflangan titrant hajmi topiladi. Tajribalarning natijalarini qo‘shib 10 ml standart eritma uchun sarf bo‘ladigan titrant hajmi topilgach quyidagi formula yordamida titrant konsentratsiyasi hisoblanadi:

Konsentratsiyasi noma’lum eritmadagi Fe2+ ionlari miqdorini aniqlash
Konsentratsiyasi aniqlanishi kerak bo‘lgan eritmadan 10 ml olinib, unga 5 ml sulfat kislota eritmasidan qo‘shiladi va eritma 50 ml gacha distillangan suv bilan suyultiriladi. Magnit aralashtirgich ishga tushirilib, fotokolorimetr 100% nur o‘tkazishga sozlanadi. Yashil nur filtri yordamida (540 nm) 0,5-1,0 ml dan kaliy permanganat eritmasidan qo‘shish yo‘li bilan eritma titrlanadi. Titrlash natijasida optik zichlik va titrant hajmi orasidagi bog‘liqlik grafigi olinadi. Eritmadagi temir ionlari miqdori quyidagi formula bo‘yicha hisoblab topiladi:


Yüklə 7,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin