A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Ona tili fanida nazariy bilimlarni oshirish yo‘llari



Yüklə 188,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix03.05.2023
ölçüsü188,98 Kb.
#126323
1   2   3   4
1. Ona tili fanida nazariy bilimlarni oshirish yo‘llari.
5-sinfda Fonetika, grafika, orfoepiya, lug‘atshunoslik, leksikologiya
punktuatisiya bo‘limlariga doir nazariy bilimlar berib boriladi.
6-7-sinfda Morfemika, mustaqil so‘z turkumlari, ismlar, yordamchi so‘z 
turkumlari, alohida olingan so‘zlar haqida nazariy fkrlar keltirilgan. 
8-9-sinfda Sintaksis: so‘z birikmasi, gap, sodda va qo‘shma gaplar, 
ko‘chirma gaplar haqidagi nazariy ma’lumotlar o‘quvchidan kata mas’uliyat talab 
qiladi. 
10-11-sinflarda Uslubiyat va nutq madaniyati mavzulari ham bir qator 
nazariy bilimlarga ehtiyoj tug‘diradi. 
Nazariy bilimlar qismdan butunga qarab borishi lozim. 
Tovush, Qo‘shimcha, So‘z, Gap, Matn. 
Masalan, 5-sinf ona tili darsligida o‘quvchilar qismdan butunga qarab 
borgan holda nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar: unli tovushlar, undosh 
tovushlar, o‘zbek alifbosi, bo‘g‘in va urg‘u, leksikologiya kabi mavzular – xullas, 
nutqning eng kichik birligi bo‘lgan tovushlardan boshlab so‘z, so‘z birikmasi, gap, 
matn kabi tushunchalarni yoshiga muvofiq tarzda o‘rganadilar. 
Butundan qismga qarab borish: So‘z turkumlari: Mustaqil so‘zlar: ot, sifat, 
son, fe’l, olmosh, ravish. Yordamchi so‘zlar: Ko‘makchi, Bog‘lovchi, Yuklama. 
Alohida olingan so‘zlar: Modal so‘zlar, Taqlid so‘zlar, Undov so‘zlar. 6-sinf ona 
tili darsligi butundan qismga boorish tamoyili asosida tuzilgan. Dastlab matn
so‘ngra to‘plam va tasnif, so‘z turkumlari doirasida mustaqil so‘z turkumlari 
haqida ma’lumotlar keltirilgan. O‘quvchining ongida dastlab bir butun tizim va bu 
tizimning ichki qismlari joylashadi.
Misoldan qoidaga qarab borish usuli: 
Gulli, gullar, gulni – qo‘shimchalar yangi so‘z yasash, so‘z shakllarini 
o‘zgartirish yoki ularni bir-biriga bog‘lashi mumkin. 
Odamning qulog‘i-devorning qulog‘i – so‘zlar nutq jarayonida o‘z va 
ko‘chma ma’noda ishlatilishi mumkin. 
Inson, qizil, ertalab, men, bormoq – so‘zlar ularga berilayotgan so‘roqlarga 
va gapdagi vazifasiga ko‘ra turli xil so‘z turkumlariga bo‘linadi. 


Go‘zal hayot – Hayot go‘zal – so‘z birikmasi tushuncha, gap fikr ifodalaydi. 
Maktab darsliklarining deyarli barchasida yuqoridagi usuldan foydalanishadi. 
Masalan, 6-sinf onatili darsligidagi “Ravishdosh” mavzusini olaylik.

Yüklə 188,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin