A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 188,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix03.05.2023
ölçüsü188,98 Kb.
#126323
1   2   3   4
1-t o p s h i r i q . Quyidagi gaplar tarkibidagi ajratib ko‘rsatilgan fe’llarni 
tarkibiy qismlarga ajrating. 
1. Sochlarimni silab-siypalab, 
Baxting bor deb esadi yellar. (Hamid Olimjon) 
2. Bolta tushguncha, to‘nka dam olar. (Maqol) 
3. Tong otgach, yo‘lga tushdik. 
2-t o p s h i r i q . Ajratib ko‘rsatilgan fe’llarning qaysi so‘zlar bilan 
bog‘lanib kelayotganini va qanday so‘roqqa javob bo‘lishini aniqlang.
Ushbu misollar va savollar orqali o‘quvchi muayyan nazariy xulosalarga 
keladi.
Fe’lning ravishga xoslangan shakli ravishdosh deyiladi. 
Ravishdoshlar harakatning belgisini bildirishi bilan ravishga o‘xshaydi. 
Ravishdosh ham ravish kabi fe’lga bog‘lanib, uning belgisini bildiradi. 
Solishtiring: piyoda (ravish) keldi, shoshilib (ravishdosh) keldi. 
Yuqoridagi ma’lumotlar qoida hisoblanadi. Va bu qoidalar aynan nisollardan 
keyin berilmoqda. 
2. Adabiyot fanida nazariy ma’lumotlar bilan ishlash.
Adabiyot fanidagi nazariy ma’lumotlarni shartli ravishda 3 katta guruhga 
bo‘lishimiz mumkin: 
1. Xalq og‘zaki ijodiga doir nazariy ma’lumotlar. 
2. Mumtoz adabiyotga oid ilmiy fikrlar. 
3. Zamonaviy adabiyot janrlari, oqimlari va shakllariga oid nazariy 
ma’lumotlar. 
Adabiyotga doir nazariy ma’lumotlarni o‘rgatishda bir qator usullardan 
foydalanish yaxshi samara beradi: 
Amaliyotdan nazariyaga borish usuli:  
Maqol va topishmoqlar, ertaklar, xalq qo‘shiqlari va xalq dostonlari 
mavzulari haqida nazariy ma’lumotlarni taqdim etishdan avval bu mavzularga doir 
amaliy namunalarni berish lozim. Maqol va topshiriqlar mavzusi 5-sinf adabiyot 
darsligida keltirilgan. Biz bu misollarni dastlab o‘quvchiga taqdim etishimiz va 
undan so‘ng nazariy ma’lumotlarni keltirishimiz lozim.
Ruboiy, tuyuq, g‘azal, musammatlar, she’riy san’atlar va aruz vazniga doir 
mavzularni ham avval baytlar, she’rlar misolida, so‘ngra nazariy ma’lumotlar 
misolida taqdim etish mumkin. 


Hikoya, doston, qissa, roman, she’r va barmoq vazniga doir mavzularni 
o‘tishda ham ayni janrdagi badiiy asarlardan namuna keltirish, ularning tahlili 
orqali nazariy ma’lumotlarni taqdim etish mumkin. 
8-sinf Adabiyot darsligida Alisher Navoiyning “Deyin” radifli g‘azali 
keltirilgan.
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin, 
Ko‘nglima har birining javr-u jafosinmu deyin. 
Berilgan matnni qisqa va cho‘ziq hijolarga ajrating, degan topshiriqni 
bajarish lozim. Buning uchun esa o‘quvchi qisqa va cho‘ziq hijolar haqida 
ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Qisqa hijolar a, e va i tovushlari bilan tugaydi, 
cho‘ziq hijolar yopiq bo‘g‘inlar va o, u va o‘ tovushlari bilan tugagan ochiq 
bo‘g‘inlarni o‘z ichiga oladi. Shu qoida asosida yuqoridagi hijolar ostiga tegishli 
belgilarni qo‘yib, afoillarini yozib chiqamiz: 
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin, 
– v--/-v-- / -v -- / -v- 
Foilotunfoilotunfoilotunfoilun 
Ko‘nglima har birining javr-u jafosinmu deyin. 
– v--/-v-- / -v -- / -v- 
Foilotunfoilotunfoilotunfoilun 
Shu asosda yuqoridagi baytning vaznini aniqlash mumkin: ramali 
musammani mahzuf. Bu xulosaga kelish uchun nazariy bilimlarni mukammal 
egallash kerak bo‘ladi. 

Yüklə 188,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin