Abdulla Avloniyning "Madaniyat to’lqinlari"



Yüklə 110,15 Kb.
tarix02.12.2023
ölçüsü110,15 Kb.
#137890
Abdulla Avloniyning Madaniyat to’lqinlari -fayllar.org



Mavzu:Abdulla Avloniyning “Madaniyat to’lqinlari” maqolasi va E.Tofflerning “Uchinchi to’lqin” asarini qiyosiy tahlil qilish.

Reja:

1.Abdulla Avloniyning “Madaniyat to’lqinlari” maqolasi.
2.E.Tofflerning “Uchinchi to’lqin” asarini qiyosiy tahlili.

Har kimga ma’lumdirki, dengizlarning to‘lqunlari bir tarafdan ikinchi tarafg‘a ko‘chub yuriydir.Bu kun bir tarafda to‘lqun bo‘lsa, ertasi ikinchi tarafda boshlanub, avvalgi shovullab, qichqirub, shodligindanmi yoki boshqa bir sababdanmi bir necha sajin yuqoriga sakrashub turgon yerlari sukut va sokit bo‘lub qoladir. Shunga o‘xshash Bani bashar (Odam bolalari) orasida ham madaniyat to‘lqunlari quvishub va surishub yuriydir. Bir asr ichinda taraqqiy va madaniyat dunyosinda g‘o‘ta urub, suzishub yurgan bir qavmni ko‘rasanki, ikinchi asrda tanazzul dunyosiga yuzlanub, vahshiylik olamining eng og‘ir nuqtasiga borub yetadur. Buning sababi ijtihod va g‘ayratning ozayuvi, ittifoq, insof va adolatning yo‘qoluvi, xalqning ilmu ma’rifatdan uzoqlashub, buzuq ishlarga mayl va rag‘batlari ortuvidir.


Bu taraqqiy zamoni va madaniyat asri, bilmam, bizni na yerga olib borajak, ibrat ko‘zi ila Eski shahrimizning musulmon dahalariga nazar solgan kishi har mahallada yuzdan to‘qson xonalarni(ng) buzilgan, yorilgan, vayrona va inqiroz dunyosiga yuzlangan bir holda ko‘radir. Go‘yo bu xonalarning devorlari, tomlari lisoni hol ila bizni ilmsizlik, tarbiyasizlik, to‘y deb minglarcha aqchalarni behuda isrof qilmak, to‘ylarda jomafurushlik qilmak vayrona va xarobazorlikg‘a soldi, deyurlar. Emdi, vayrona sohiblarini faqir va xorlikda yashagan, bola-chaqalarini qo‘l kuchi ila to‘ydiradirgon, to‘y degan yerda muqaddas Vatanini sotub, sarf qilmoqdan tortinmaydirgan «hoziram huzuram» deb istiqbolini o‘ylamagan va bolalarining saodatini tushunmagan bir qavmdan qanday taraqqiy, madaniyat va ma’rifat kutmak kerak? Och-yalang‘och, kulfat, mehnat va zahmat balolari orasida o‘ralib qolgan bir qavmga: «Madaniyatga kiringiz, maktab solingiz, o‘qungiz, taraqqiy qilingiz» kabi so‘zlarning foydasi o‘lmadig‘i oftobdan ham ravshandir. Bu faqirlikning eng qo‘rqunch to‘lqunlari orasida ezilgan xalqimizni to‘y marazidan qutqarurga tirishmak va iloj istamak lozimdir.
Buning davosi va chorasi uchun hech bir tabibga muhtoj o‘lmasdan, balki bir oz orqa-o‘ngg‘a qaramak, hamyonning og‘zini mahkam qilmak, iqtisodni rioya qilmak, isrofdan saqlanmak lozimdir. Ajabo. Bu isrof to‘lqunlari bizlarni na yerga olub boradir?.. «Dard ustiga chipqon» degandek, kundan-kun bid’at ustiga bid’at ortmakda. Ulamo, fuzalo va eshonlarimiz zikr va tasbeh o‘rniga «to‘y ustiga to‘ylar bo‘lsun» so‘zini virdi zabon qilmaqda. Ag‘niyo va sarvatdorlarimiz to‘y poygasi qilub, bir-birlarining bor-yo‘qlariga qaramasdan, faqir va kambag‘allarimiz uylarini, bog‘larini, otlarini, to‘nlarini sotub to‘yga sarf qilmaqdadurlar. Bir tarafdan, madaniyat to‘lqunlari shoshirmoqda, ikinchi tarafdan faqirlik va miskinlik ko‘paymakda, yana bid’at ustiga bid’at ortmakdadir. Mundan besh-olti yil muqaddam eng sarvatli kishilarimiz uch kundan ortiq osh ham yigirma-o‘ttizdan ortiq chopon bermas edilar. Hozir bu tarafdan ko‘b taraqqiy qilib, olti-etti kun osh va yuzlab chopon bermakdadirlar. Avvalda bir yarim — iki so‘mlik chopon beradigan kishilarga, hozir 20—25 so‘mlik zarrinlar, baxmallar berurga boshladilar. Mana shul tariqada biz keyinga qarab taraqqiy qilmakdamiz, bilmam, bizim bu isrof va bid’atlarimiz qachon yo‘q bo‘lib ketar?!.
Ijod olamida shunday o‘lmas mavzular, boqiy asarlar borki, qaysi davrda yaratilishidan qat’i nazar, o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Abdulla Avloniyning “Madaniyat to‘lqunlari” nomli feletoni shunday asarlar sirasiga kiradi.Allomaning fikricha, xalqni tom ma’noda madaniyatli qilish uchun, avvalo, iqtisodiy holatni yaxshilash kerak. Qorni och, usti yamoq odamga “kitob o‘qing” deng-chi, nima deyishini ko‘rasiz. Uzoqqa bormay o‘zimizdan misol keltirsak, qornimiz och payti, hatto musiqa eshitishni ham xohlamaymiz. Bu masala yuzasidan Avloniy shunday fikrlar bildiradi: “Har bir millat maishat tarafindan taraqqiyga yuz qo‘ymasa, ma’naviy tarafdan, ya’ni ma’rifat tarafidan ham taraqqiy qilolmas, bir kishining o‘z maishatiga yetarlik molu dunyosi bo‘lmasa va bularning sababiga harakat qilmasa, moddiy va ma’naviy ishlarni qilmoqdan ojiz qolur”.
Feleton o‘z davrining ijtimoiy, iqtisodiy holati haqida obrazli tasavvur beradi. Unda insonlarning yeyishga noni yo‘qligi, sakson olti foiz aholining eng past ishlarni bajarib, zo‘rg‘a kun o‘tkazayotgani haqida kuyinib gapiriladi. Sharoit og‘ir bo‘lsa-da, to‘y-tomosha uchun sarflangan xarajatlarning ko‘pligi tanqid ostiga olinadi. Isrofgarchilik qoralanadi: “Ajabo. Bu isrof to‘lqinlari bizlarni na yerga olub boradir?.. “Dard ustiga chipqon” degandek, kundan-kun bid’at ustiga bid’at ortmakda. Ulamo, fuzalo va eshonlarimiz zikr va tasbeh o‘rniga “to‘y ustiga to‘ylar bo‘lsin” so‘zini virdi zabon qilmakda. Ag‘niyo va sarvatdorlarimiz to‘y poygasi qilub, bir-birlarining bor-yo‘qlariga qaramasdan, faqir va kambag‘allarimiz uylarini, bog‘larini, otlarini, to‘nlarini sotub to‘yga sarf qilmakdalar”.
Bu jumlalarni bugungi kun uchun ham tatbiq qilish mumkin. Ayting-chi, bugun to‘y poygalari qay darajada davom etmoqda? Odamlarimiz to‘kin-sochinlik bilan qilingan to‘yni obro‘, deb qabul qilishayotgani achinarli holdir. Hatto, to‘y kuni qancha ko‘p yegulik ortib qolsa, marosim shuncha zo‘r bo‘ldi, deya baholanadi. O‘zi yemay-ichmay farzandlarining ehtiyojlarini bir chetga surib yig‘ilgan mablag‘ni bir kunlik hashamga sarflanishiga nima deysiz?
– Dadajon, ustozim “Sariq dyevni minib” kitobini o‘qishni uyga vazifa qilib berdilar. Do‘kon bor ekan. Olib bering, sinfdoshlarim oldida uyalib qolmay.
– O‘g‘lim, axir senga aytgandim-ku. Hozir bir so‘m ham berolmayman. Keyingi hafta akangni to‘yi bo‘lsa… ortiqcha xarajat qilolmaymiz…

Kitob harid qilishni “ortiqcha xarajat” deb baholash ilm xazinasini rad etish hammamizga tanish manzara. Aksariyat yangi oila qurganlar oyoqqa turib ketishda qiynalishadi. Bo‘yinlariga osilgan qarz, orqaga tortaveradi, tortaveradi. Yo‘qchilik tufayli urush-janjallar kelib chiqadi. Natijada munosabatlarga sovuqlik tushadi. Hatto, guldek oila buzilib ketadi. Baxtsiz oilalar sonining ko‘payib ketayotgani sababini uzoqdan emas, balki o‘zimizdan qidirsak yaxshi bo‘lardi.


Avloniy o‘sha asarida bugungi kunning ham dolzarb muammosi bo‘lgan madaniyat va “ommaviy madaniyat”ning far­qiga e’tiborimizni qaratgan.
“Ba’zi yoshlarimizga o‘xshash usti yaltiragan, ichi qaltiragan bo‘lib, boshlariga Yyevropa qalpog‘ini kiyub “Madaniyat!”, “Madaniyat!” deb og‘izlarini ko‘pirtirub, oz-moz musulmoncha, chala-yarim ruscha so‘zlashub kulgu bo‘lib yurmak madaniyat bo‘lmay, masxarabozlikning bir shu’basidir”, deya keskin fikr bildiradi.
Atrofingizga teranroq nazar tashlasangiz, o‘zini madaniyatli bilib, chet el xo‘rozqandi bo‘lsa yotvolib yalaydigan insonlar hali ham ozaygani yo‘q.
– Voy o‘libgina qolay… Bolam, bu nima turish. Nima qo‘shnimizni iti taladimi seni? Soching nimaga bunday titilib yotibdi? Iya, yirtiq shim bilan qaerga ketyapsan? Olib kel bu yoqqa, tikib beraman. Ko‘ylagingning yarmi nega osilib yotibdi?
– Eyy, buvijon, siz nimaniyam tushunardingiz. Axir, bu moda-ku. Hozir zamon o‘zgargan…
Bunday suhbatlarga ko‘p guvoh bo‘lamiz va dilimiz g‘ashlanadi. Nahotki, yirtiq shim, taralmagan patala soch zamon talabi bo‘lsa…

Avloniyning fikricha, kishilar chinakam madaniyatli bo‘lishi uchun yoshlarni shunga monand tarbiyalash, ta’lim-tarbiya berish uchun mohir adib va adibalar yetishtirish, yoshlarni ishbilarmon, tadbirkor qilib voyaga yetkazish, zamonga muvofiq harakat qilish, turli illatlardan saqlanish, o‘zlikni unutmaslik lozim.Darhaqiqat, madaniyat insoniyatning zebu ziynatidir. U bo‘lmasa odamzodga berilgan aqlu zakovat o‘z ishini qila olmaydi yoki yovuz maqsadlar uchungina xizmat qiladi. Madaniyat bor ekan rivojlanish, taraqqiyot bor, insonlar orasida mehr-muhabbat, oqibat, ilm-ma’rifatga chanqoqlik, yaratuvchanlik hissi mavjud. Shuning uchun ham madaniyat to‘lqinlari har bir zamon uchun, har bir xalq uchun muhim. Shu sababli ham Abdulla Avloniyning XX asrda yozgan asari bugun ham o‘z qimmatiga ega.


Madaniyat nimadan boshlanadi, degan savolga hech ikkilanmasdan o‘z qalbimizdan, deya javob bergan bo‘lardim. Ko‘nglimiz ezgulikka oshno, yuragimiz poklik chashmasidan suv ichgan, ongimiz yaratuvchanlikka moyil bo‘lsa, etika va estetika qoidalariga o‘z vaqtida rioya qila olsak, demak, madaniyatlimiz.

Yoshlarimizdan madaniyatga loyiq ravishda o‘qub, diniy va madaniy kishilar hozirlansa, tarbiya va ta’limg‘a mohir olim va olima, adib va adibalarimiz yetushsa, maktab va madrasalarimiz muntazam va tartiblik bo‘lsa, ziroat, sanoat va tijorat ishlariga mohir kishilar yetushub, zamonag‘a muvofiq ravishda ish yuritilsa, tartiblik «Dorul-yatim» — yetimxonalar, «Dorul-ojizin» — kambag‘alxonalar, kutubxonalar va qiroatxonalar ochilsa, shirkat (tovarishistvo)lar barpo qilinsa, yuqorida dedigimiz kabi, xalqimiz orasida zamonag‘a loyiq ulum va funundan boxabar ulamolarimiz ko‘paysa, och va yalang‘och kishilarimizning maishatlarini tuzatmak uchun harakat qilinsa, o‘qutilsa, axloq va odob o‘rgatilsa, shul vaqtda eskincha orasidan chiqub, haqiqiy madaniyat bo‘stonig‘a yuzlang‘on hamda madaniyat to‘lqunlaridan qutulub, sohili salomatg‘a chiqg‘on bo‘lur eduk. Sohili salomatg‘a chiquvimizga zamon musoid verurmi, vermasmi bilmaymiz.


Elvin Toffofler - taniqli amerikalik faylasuf, "Davlat metamorfozi", "Kelajakning zarbasi", "Uchinchi to'lqin" kitoblarining muallifi. Yangi kitob Alvina va Hadi Toffler - ertaga bizning dunyomiz nima bo'lishini bilish. Kim boylikni va barchamiz uchun nimani anglatishini kim bila oladi. Sog'liqni saqlash, , global aloqa, sanoat, qishloq xo'jaligi kabi turli sohalarda kelajakdagi iqtisodiyotda qanday yangi imkoniyatlar ochadi.
80-yillarning boshlarida zamonaviy jamiyatning ko'plab xususiyatlarini bashorat qilgan "Sanoat post-sanoat jamiyati" ning yutqazganlaridan biri. O'tgan asrda, uning klassik ishida insoniyatning "texnologik to'lqinlar" ga (siyosiy to'lqinlar bilan solishtirish!).
Muallif zamonaviy madaniy, siyosiy o'zgarishlarga xos bo'lgan sur'atdan chiqqan sur'atlarga e'tibor qaratmoqda. Insoniyat ekologik halokat, yadro reaktsiyasi yoki resurslarning ko'payishi tufayli o'lishi mumkin.Va har bir tsivilizatsiya o'z superkalligi - madaniy aniqlangan fikrlar tizimiga ega, voqelikka nisbatan tsivilizatsiya va tsivilizatsiya mavjudligini qonuniylashtiradi. Aniq bo'lib, uchinchi to'lqin bu ajralmas darajada inqilobiy va o'zaro o'zgarishlarni o'z ichiga oladi. Buning natijasida nafaqat eski jamiyatning parchalanishi, balki yangilarning asosini yaratishda.
Bugunga kelib, tarix yanada ildam tezlanishlar shohidi boʻlmokda. Toffler “Uchinchi toʻlqin” asarida birinchi toʻlqin davrini miloddan avval taxminan 8 ming yil muqaddam boshlangan va u yer yuzida taxminan milodiy 1650–1750 yillargacha yakka hukmronlik qilgan hodisa sifatida koʻrib chiqadi. XVII-XVIII asrlarga kelib esa uning harakatchanligi susayganligini va ikkinchi toʻlqin borgan sari qudrat kasb eta boshlaganligini aytadi. “Aynan shu ikkinchi toʻlqin hosilasi boʻlmish industrial sivilizatsiya sayyoramizda ustuvor mavqeni egallay bordi va oxirida u oʻz rivojining eng yuqori choʻqqisiga koʻtarildi” – deydi olim va burilishning tarixan bu soʻnggi nuqtasi Qoʻshma Shtatlarda taxminan 1955 yildan boshlangan davrga toʻgʻri kelishini yozadi. Toffler uchinchi toʻlqinni avval Qoʻshma Shtatlarda yuz berganini, oʻsha oʻn yillikda birinchi marta “ok yoqaliklar” soni (yaʼni xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari) “koʻk yoqaliklar” (qora mehnat bilan shugʻullanuvchilar) sonidan ortib ketganligini ham aytadi. Keyinchalik bu toʻlqin har xil muddatlarda boshqa mamlakatlarga (jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shvetsiya, Germaniya va Yaponiyaga) ham yetib bordi.
Hozirgi kunda yuksak texnologiyalarga ega boʻlgan hamma mamlakatlar uchinchi toʻlqin bilan ikkinchi toʻlqin oʻrtasidagi ixtiloflarga duch kelishyati. Yaʼni, bugungi kunda juda kam davlatlar axboriy jamiyat tuzumiga oʻtdi. Kurrai zaminning boshka bir qismlarida esa sanoatlashtirish hamon davom etmoqda. Avvallari qishloq xoʻjaligi bilan ustuvor ravishda shugʻullanib kelgan bir qancha mamlakatlar endilikda jon-jahdlari bilan poʻlat quyish zavodlari, avtomobil, toʻkimachilik va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar, shuningdek temir yoʻllar qurmoqda. Tofflar ikkinchi toʻlqin deb atagan mazkur sivilizatsiya hali oʻz kuchini uzil-kesil yoʻqotib boʻlgani yoʻq. Biroq, axboriy jamiyat kirib kela boshladi. Ayniqsa, internetning tobora ommaviylashishi uning kirib kelishini tezlashtirmoqda. Qay bir davlat bu jamiyat tuzumiga qanchalik chuqur kirib borgan boʻlsa, demak, uning shunchalik rivojlanganlik belgisini bildiradi. Lekin, shu oʻrinda yana bir masala olimlarni oʻylantirib turibdi. Turli mamlakatlar axboriy jamiyatga turli davrda oʻtadi, yaʼni, biri – oldinroq, biri – keyinroq. Afsus, bunday tafovvut salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki, axboriy jamiyatga oldinroq oʻtgan davlat oʻzidan qoloqroq davlat ustidan hukmronlik qilish harakatiga tusha boshlaydi. Bu esa oʻz-oʻzidan ularda mafkura va madaniyatlarning integratsiyalashuviga, baʼzi milliy mafkura va madaniyatning yoʻqolishiga ham sabab boʻladi.
http://fayllar.org
Yüklə 110,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin