Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


-Kimda boshqa fikr bor? -deb savol beradi



Yüklə 167,52 Kb.
səhifə20/24
tarix02.02.2022
ölçüsü167,52 Kb.
#114014
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
-Kimda boshqa fikr bor? -deb savol beradi.

5. O’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda barcha nuqtai-nazarlarni muhokama etib taxlil qiladi.

6. Muammoli topshiriq, chalkash masalalar bo’yicha qabul qilingan qarorlarga, o’quvchilar tomonidan o’z nuqtai-nazarini qabul qilish yoki baholash bilan erishiladi.
Test.

Yana bir yangi pedagogik texnologiya usullaridan biri-test usulidir. Bunda testni axborot texnologiyalaridan foydalanib joriy qilish mumkin. Darslarda o’tgan mavzuni o’quvchilardan so’rab baholash darslarda va umumlashtirish darslarida kompetor orqali testlar berildi. O’quvchilar test javoblarini aniqlab, o’z bilimlarini tekshirdilar. Bunday testlarga quyidagilarni ko’rsatish mumkin.

Masalan: “Samarqand viloyati hududidagi islom madaniyat obidalarining tarixan o’rganilishi” mavzusiga:


  1. Rus tarixchi olimlari va arxeologlari tomonidan Samarqand tarixining o’rganilishi qaysi davirdan boshlangan.

  1. XIX asr birinchi yarimi va XX asr boshlaridan.

  2. Ikkinchi jahon urushidan keyin.

  3. XVIII va XIX asrlar davomida.

  4. To’g’ri javob yo’q.

Shu kabi test savollarini o’quvchilarga ko’plab berishimiz mumkin. Testlarni o’quvchilarni yosh darajasiga mo’ljallab o’qituvchi ishlab chiqadi. Bilimlarni o’zlashtirish, mavzuni to’g’ri anglashda testlarning ahamiyati kattadir.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, tarixni o’qitishda yangi pedagogik va axborot texnalogiyalaridan foydalanish juda yaxshi samara beradi. O’quvchilar bizning fikrimizga testlar orqali tayanch bilimlarga ega bo’ladilar. Ularga zamon talablari va Davlat ta’lim standartlari darajasida bilim berish, tarixiy bilimlar bilan qurollantirish zarur. Darslarni yangicha tashkil etish va ijodiy yondashilsa dars samaradorligi oshadi. Yangi usul va metodlar o’quvchilarni darsga qiziqishini orttiradi. Test savollarini tuzishda o’qituvchilar ko’proq milliy g’oya va mafkuraga tarbiyaviy tomonlarga ham e’tibor berish lozim.

Aqliy hujum” metodining qo‘llanilishi

Aqliy hujum guruhlararo ishlarda qo‘llaniladigan, ko‘plab g‘oyalarni ishlab chiqish mumkin bo‘lgan metoddir. Bu haqiqatdan ham talabalarning o‘quv jarayonida faol ishtirok etishlari, turli g‘oyalarni bayon etish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in ishga yo‘llashlari ilhom bilan ishlashlariga imkon beruvchi va uni rag‘batlantiruvchi metoddir. Aqliy hujum shuning uchun ham faollashtirishning muhim usuliki, unda tanho ishlash mumkin emas, birgina g‘oya guruhning barcha ishtirokchilarini bir xilda o‘ziga tortib oladi.

O‘qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur, keyin esa o‘quv faolligi 5 – 10 daqiqa oralig‘idagi vaqt chegarasida engillashtiriladi.


Yüklə 167,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin