kiritish imkoni — shafqat orqali amalga oshadi. Shafqat o ‘zida, o ‘z
«M en»im izning azaliy, ibtidoiy teranligida, barcha boshqa iztirob
chekayotgan mavjudotlarga nisbatan ko‘ngli ochiqlikda, ularga b o igan
m ehr-muhabbatda namoyon boiadi; shafqat qandaydir umumbashariylik
va um um jahoniylikning ideal miqyosi; u bizdan izn so‘ramay o ‘z
aham iyatini ko‘rsatadi va biz aybsiz aybdor b o iib qolamiz — bor
mavjudotning iztiroblariga aybdor hamda aloqador jonzotga aylanamiz.
Bu holatni Shopenhauer yig‘i hodisasi bilan dalillaydi: biz iztirobni his
etayotganligim iz uch u n em as, balki o ‘zimizga yoki boshqalarga
achinganim iz uchun yigiaym iz; hatto bola og‘riqni shunchaki his
qilganidan emas, ko‘pincha unga achinganimizdan, rahmimiz kelganidan
y ig iab yuboradi. Biz y igiayotgan paytda o ‘zimizni darhol iztirob
chekayotgan odam o ‘rniga qo‘yib ko‘ramiz yoki uning taqdirida butun
insoniyat chekiga tushgan qismatni, aw alo, o ‘zimizning qismatimizni
a n g la y m iz . A na sh u h o d is a b a rc h a m a v ju d o tla r b ila n b o rliq
barqarorligining ichki birdamligini namoyon etadi. Demak, boshqa odam
yoki boshqa jonzot azobiga ham dard boiish, achinish orqali inson
barcha tirik zotlar bilan mohiyatan yaqinligini, qardoshligini anglaydi.
Haqiqiy axloqiy xatti-harakat, bu boshqa uchun qilingan xatti-harakatdir.
Bu — uning baxti yo qayg‘usi xatti-harakatimning bevosita sababi boiishi
kerak, degani. Boshqacha qilib aytganda, men o‘zimda o ‘zimni u bilan
aynanlashtiraman. Ana shuni Shopenhauer «shafqat hissi» deb ataydi.
U yana bir o ‘rinda shafqatni inson tabiatidagi axloqiylikning so‘nggi
asosi, deb ataydi.
Shunday qilib, Shopenhauer Yangi davrda qadimgi Sharq falsafasiga
«qaytish»ni boshlab bergan, hayot falsafasi oqimining vujudga kelishiga
ta ’sir ko‘rsatgan buyuk mutafakkirdir. Uning qarashlari hozirgi davr
axloqshunosligi uchun ham o ‘ziga xos ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: