2.3. Optik liniya terminali OLT qurilmasi Optik liniya terminal terminal (OLT) PON texnologiyasi bo‘yicha G.983.X standartiga muvofiq daraxtsimon tuzilma optik tolasiga keng polosali multiservisli ko‘p tomonlama ulanishni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
PON G.983 standarti tarmoqning passiv tashkil etuvchilari va aktiv qurilmalarni qamrab oladi, OLT markaziy tuguni va ONT abonent tuguni orasidagi o‘zaro ta'sirlashish protokollarini, OLT va ONT uchun optik qabullash-uzatish interfeyslari parametrlarini (signallar quvvati, to‘lqin uzunliklari) reglamentlaydi, RON tarmog‘ining ruxsat etiladigan topologiyasini va uzunliklarini aniqlaydi. RON texnologiyasi DWDM signallarni uzatish uchun S-diapazondan (1530-1565 nm) foydalanishni ko‘zda tutadi. G.983.1 standartga muvofiq PON tarmog‘ining bitta optik tolali segmenti 20 km radiusda 32 ta abonentlar tugunlarini qamrab olishi mumkin.
Har bir abonentlar tuguni odiiy turar-joy uyi yoki ofis binosiga mo‘ljallanadi va o‘z navbatida, 10/100Base-TX, ye1/ye2/yeZ/ye4, raqamli video, ATM, STM-1/4 servis interfeyslarini taqdim etish bilan yuzlab abonentlarni qamrab olish mumkin.
Markaziy tugun magistral tarmoqlarga ulanish uchun ATM, SDH (STM-1/4/16), Gigabit Ethernet tarmoq interfeyslariga ega bo‘lishi mumkin.
OLT ni qo‘llanilishining funksional o‘ziga xos xususiyatlari:
Optik tola magistral tarmoqlar va uncha katta bo‘lmagan diametrli ulanish tarmoqlarini qurish uchun eng yaxshi muhit bo‘lib qoldi.
Tarmoqlanish passiv tugunlari markaziy ofis va abonent tuguni orasida oraliq aktiv elementlarni yo‘q qilish bilan tarmoqning ishonchliligini sezilarli oshirishga imkon beradi.
Eng takomillashgan FTH konsepsiyasida (xonadongacha tola) har bir abonent terminal bo‘lib qoladi.
Tolaning juda katta o‘tkazish qobiliyati tufayli optimal yechimga markaziy tugundan yoki POP (Point-Of-Presence) boshqa bo‘lish nuqtasidan chiqadigan bitta tola ko‘plab abonentlarga tarmoqlanishida erishiladi. Bu optik tolali kabelli tizimni tejamli qiladi va uning saqlashning keyingi harajatlarini kamaytiradi.
- Bu talablarni PON va DWDM texnologiyalar asosidagi yechim eng yaxshi tarzda qoniqiradi.
Narxning sezilarli kamayishi PON texnologiyasining ikkita to‘lqin uzunliklaridagi (1550 nm, 1310 nm) bazaviy variantda qo‘llanilishi hisobanadi.
Optik tolaning o‘tkazish qobiliyati samarali ishlatiladi.
Tarmoq tolaning passiv tarmoqlanishili quriladi.
PON – Multiservisli tarmoq.
O‘tkazish polosasini dinamik taqsimlash.
DWDM tarmog‘iga tabiy rivojlanish.
Ham barcha, ham alohida abonentlarning zahiralashtirish imkoniyati.
”So‘nggi milya” konsepsiyasini” “birinchi milya” konsepsiyasiga aylanishi.