· Fiqh ilmida yozgan «Al-Basit», «Al-Vajiz» asarlari insoniy tafakkuri mo'jizalari, fiqh ilmida inqilob yasagan noyob asar sifatida baholangani bilan u bu fanni ham kundalik turmush tarziga oid. G'azzoliyning jahon falsafasida tutgan o'rnini tushunib olish uchun dunyoda dong'i ketgan musulmonmas birorta faylasuf bilan solishtirib ko'rish lozim bo'ladi. Keling, o'sha faylasuf ularning eng kattasi, yangi falsafa otasi unvonini olgan fransiyalik mashxur faylasuf Rene Dekart bo'lsin. Dekartni mashxur qilgan asosiy narsa uning shak nazariyasidir. U haqiqiy ma'rifatga erishishdan oldin shak zarurligini ta'kidlaydi. Uning bu nazariyasi G'azzoliyning shaklariga juda ham o'xshaydi. G'arbda G'azzoliyni bilmaganlari uchun shak nazariyasi faqat Dekartga tegishli degan e'tiqod ila uni ko'klarga ko'tarib maqtaydila
· Sharqda G'azzoliyni bilganlari uchun buyuk faylasuf Dekartning nazariyasiga o'xshash gapni aytgan shaxs ham borligini eslab qo'yadilar. Ba'zi birlari jur'at qilib Dekart va G'azzoliyning shaklarini solishtirib ham qo'yadilar. Ammo bu boradagi xaqiqatni xech kim bilmaydi. Ushbu xaqiqat ila bu satrlarning kotibi ustoz Muhammad Sa'id Ramazon Butiyning «Shaxsiyotun istavqafatni» nomli kitoblaridan bildi. U kishi mazkur kitobning 99 - 100 betlarida quyidagilarni yozadilar: «So'ngra bu masalada barcha ikkilanish va noaniqlikka chek qo'yadigan vasiqa - xujjat yuzaga chiqdi. Uni ustoz Maxmud Biyju doktor Zakzukdan naql qildi. Unda aytilishicha, tunislik tadqiqotchi Usmon al-Kaok raxmatulloxi alayx Dekartning kutubxonasida «al-Munqiz minaz Zolal» kitobining tarjimasini topgan.
Imom G’azzoliy qoldirgan ijtimoiy-falsafiy meros.
· Imom Muhammad G’azzoliyning asarlari sho‘rolar davrida falsafa fanida o‘qitilmay, ta’qiqlab kelindi. Tilga olinsa ham «yomon, reaktsion faylasuf» deb qoralandi.2 Mustaqqilligimizga erishganimizdan so’ng boshqa sharq mutafakkirlari kabi Imom G’azziliyning hayot yo’li va merosiga haqqoniy ilmiy jihatdan yondashishga yo’l ochildi
· Imom G'azzoliy o’z davrida odamlar mashg'ul bo'lib turgan ilmlarni birma bir o'rganib chiqdilar. O'sha paytda odamlar asosan, ilmi kalom, botiniyya, falsafa va tasavvufga qiziqar edilar. Imom G'azoliy mazkur ilmlarni chuqur egallashga va ulardan qaysi birini tanlash maqsadga muvofiq ekanini aniqlashga kirishdilar
· Imom G’azzoliy izlanishlarini dastlab ilmi kalomdan boshladilar. Imom G'azzoliy ilmi kalomni shu sohaning olimlari va ularning kitoblaridan yaxshilab o'rganib, bu ilm bo’yicha quyidagi risolalarni yozdilar:
· 1. al-Iqtisod fil E'tiqod.(E’tiqoddagi mo’tadillik)
· 2. Iljomul ovom an ilmil kalom.(Dindorlarni quruq ilmi kalom mashg’ulotlaridan saqlash)
· 3. Aqiydatu ahli sunna.(Sunniy aqiydalar)
· 4. Fazoihul botiniyya.(Botiniylarning uyatga qolishi)
· 5. Faysalut tafriqa baynal Islami vaz Zandaqa.(Islom va dahriylik o’rtasidagi bo’linishning haqiqat mezoni )
· 6. Al-Qistosul mustaqiym.(Eng bto’g’ri o’lchov)
· 7. Kimyous saoda.(Saodat kimyosi)
· 8. al-Mustazhiriy.(Zohir bo’luvchi)
· 9. al-Maznun bihi ala g'oyri ahlihi1.
· Keyinchalik Imom G'azzoliy haqiqat qidirib falsafani puxta o'rganishga kirishdilar. Faylasuflar faqat falsafa bilangina haqiqatni topish, yaqiyn va saodatga erishish mumkin der edilar. Imom G'azzoliy esa aynan o'sha narsalarni qidirayotgan edilar. U kishi falsafani ixlos ila chuqur o'rganib o'sha davrning eng kuchli faylasuflaridan biriga aylandilar. Lekin Imom G'azzoliy falsafada ham o'zlari izlayotgan haqiqat mavjud emasligiga ishonch hosil qildilar. Ammo bu narsa ulug' olimga falsafa va faylasuflar haqida adolat ila hukm chiqarishga xalaqit bermadi.