Abu Nosir Farobiy va Imom G\'azzoliyning falsafa ilmiga oid qaras
U kishi bu borada o'z ilmiy izlanishlari natijasini falsafa va mantiqqa atalgan o'z kitoblarida yozib qoldirdilar. Ular quyidagilardir:
1) Maqosidul falosifa.(Faylasuflarning maqsadlari)
2) Tahofutul falosifa.(Faylasuflarning mantiqsizligi)
3) Mahkun nazar fil mantiq.(Mantiqdagi nodir nazar)
4) Me'yorul ilm fil mantiq.(Mantiqda ilm me’yorlari)
5) Al-Munqiz minaz Zolal.(Adashishlardan qutqaruvchi)
6) Imom G'azzoliy o'z asarlarida falsafa va faylasuflarga xolisona baho berishga harakat qildilar.
Xulosa Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, dunyo fani va madaniyati, uyg’onish davrining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri bo’lgan Forobiy qadimgi yunon fani va madaniyatining insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o’rnini yuksak baholab, butun ilmiy faoliyati davomida nafaqat unga suyandi, cheksiz hayratlandi va ilhomlandi, balki kishilik tarixida o’chmas iz qoldirgan yunon olimlarining, ko’proq Arastuning asarlarini targ’ib qildi, ularning ko’plarini arab tiliga tarjima qildi. Antik dunyo olimlarining qoldirgan meroslarini to’la o’rganmasdan turib, fan va madaniyatni rivojlantirish mumkin emasligini yaxshi tushungan Abu Nasr Forobiy yunon mutafakkirlarining “qul”iga aylanib qolmadi, baliki ko’p qirrali olim va ijodkorlarning davomchisi, o’z davri sharoitida mustaqil fikr yurituvchi alloma sifatida o’zini namoyon qildi.
Forobiy yaratgan tizim mazmunan universal xususiyatga ega bo’lib, o’z davri fanlarining barcha muhum masalalari:
· Falsafaning umumiy muammolari
· tabiatshunoslikning asosiy falsafiy masalalari
· borliqni bilish
· mantiqning bahsli muammolari
· inson va tabiat o’rtasidagi chambarchas bog’liqlik
· ekologik muammolarni ham o’z ichiga oladi.
Forobiyning ijtimoiy-falsafiy fikirlari o’zining keng qamrovli, teran va mazmundorligi bilan gumanistik xususiyatga ega. Forobiy ushbu asarda Arastu tomonidan ilgari surilgan, inson, eng avvalo, ijtimoiy hodisa deb ta’riflagan g’oyani yanada aniqlashtirib, quyidagilarni yozadi: “Har bir inson, o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oily darajadagi yetuklikka erishish uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi va ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoji tug’uladi… bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda, ularning harbiriga yashash va yetuklikka erishuvi uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko’payadilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashadilar, natijada inson jamoasi vujudga keladi”. E’tibor bersak bu fikrning zamirida falsafaning bosh muammosi bo’lgan bahsli masala – insonning paydo bo’lishi, shakillanishi va yetuklikka erishuvi haqida so’z bormoqda. Eng muhumi bu jarayonda jamoatning ro’li va ahamiyati to’g’risida aniq va lo’nda fikr bildirilmoqda. Darhaqiqat, Forobiy o’z dunyoqarashi bilan zamonasidan ancha ilgarilab ketgan yetuk olim, ilm va ma’rifat kurashchisi, tabiat va jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini ochib berishga intilgan buyuk shaxsdir.U o’z asarlarida:
· komil inson
· fozil fuqaro
· odil hukmdor
· baxt-saodat, unga erishish yo’llari,
· davlatning hususiyatlari,
· axloqiy va aqliy tarbiya,
· ijtimoiy istiqbol tog’risida ilg’or g’oyalarni ilgari surgan.
Forobiy falsafasining inkor etib bo‘lmaydigan joyi shundaki, u nazariy falsafani haqiqiy va asosiy ilm, deb bilib, qolgan barcha fanlarni unga tobe bo‘lgan ikkinchi darajali sohalar maqomiga qo‘ydi. Falsafalar o‘rtasidagi umumiy dunyoqarashlar bilan kifoyalanmay, din bilan falsafani ham ayrim bir qismga joyladi. Uning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini payg‘ambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar, zero, mohiyat jihatidan falsafa bilan din o‘rtasida hech qanday tafovut yo‘q. Bunday karash o‘z davrida nihoyat darajada muvaffaqiyat qozonib, islomiy falsafaning asosi va usulini belgilab beruvchi fikrlash tarziga aylandi.
Forobiyning ta’limoti Sharqda va Evropada ijtimoiy-falsafiy fikrlarning bundan keyingi rivojida muhim o‘rin tutdi. U Basradan chiqqan falsafiy to‘garak bo‘lgan «Ixvon as-safo» («Sof birodarlar») a’zolari va Abu Sulaymon Mantiqiy, Ibn Miskaveyh, Ibn Bajja, Ibn Tufayl, Maymonid qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk olim Ibn Sino uni o‘zining ustozi deb hisoblar edi.
Forobiy Sharq xalqlari talim tarbiya to’g’risidagi falsafiy tafakkuri rivojiga ta’siri sezilarli darajada bo’lgan.