Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə256/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

16.4.2-jadval.
Ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarni bajargan xodimlar soni (oliy ta‟lim 
muassasalarining ilmiy-pedagog xodimlarini qo„shgan holda)
1
 
Ko‗rsatkichlar 
2000y. 2005y. 2010y. 2015y. 2016y

2017y. 
Ilmiy tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlanmalar 
bilan band xodimlar soni, 
kishi 
36837 34094 35550 36839 36984 36785 
Shu jumladan, tadqiqotchi-
mutaxassislar, kishi 
25083 26685 30043 31689 31966 33320 
Ulardan ilmiy darajaga ega 
bo‗lganlar: 
Fan doktorlari 
2009 
2353 
2526 
2111 
2242 
2291 
Fan nomzodlari 
8192 
8363 
9218 
8360 
8210 
7891 

Ushbu jadval m‘lumotlaridan ko‗rinib turibdiki, ilmiy darajaga ega 


bo‗lganlar soni 2010-2016 yillarda kamaygan. Jumladan, fan doktorlari soni shu 
davrida 11,3%ga, fan nomzodlari esa 11,1%ga kamaygan.
Ta‘kidlash lozimki, 2017 yilda fan sohalari bo‗yicha tadqiqotchilar soni 
31860 kishini tashkil etgan. Ularning 24,5% (7800 kishi) tabiiy fanlar sohasida, 
20,6% (6574 kishi) gumanitar fanlar sohasida, 17,4% (5526 kishi) ijtimoiy fanlar 
sohasida, 37,5% (11960 kishi) texnika, meditsina, qishloq xo‗jaligi sohalarida 
ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarganlar
1

1
Ўзбекистон Республикаси йиллик статистик тўплам 2010-2016 йиллар.-Т., 2017.-91-бет; 
НАУКА/stat.uz
.;Ўзбекистонда меҳнат ва бандлик. Статистик тўплам. 2017 йил-Т., 2018.-55-
бет. 
1
НАУКА/stat.uz; Ўзбекистонда меҳнат ва бандлик. Статистик тўплам. 2017 йил-Т., 2018.-57-58-
бетлар. 


484 
Innovatsion taraqqiyotni ta‘minlashda oliy ta‘lim tizimining roli 
beqiyosdir. 2020 yil boshiga kelib respublikada 114 ta oliy ta‘lim muassasalari
shu jumladan, 93 tasi vatanimizniki, 21 tasi xorijiy oliy ta‘lim muassasalari va 
ularning filiallari faoliyat ko‗rsatdi. Keyingi uch yilda 6 ta oliy ta‘lim muassasalari 
va 17 ta filiallar, shuningdek, chet mamlakatlar oliy ta‘lim muassasalarining 14 ta 
filiallari tashkil etildi. Kadrlarga buyurtmachilarning takliflariga asosan oliy ta‘lim 
yo‗nalishlari va ixtisosliklari Klassifikatoriga 329 ta ta‘lim yo‗nalishlari va 582 
magistratura ixtisosliklari kiritildi. 2019/2020 o‗quv yilida 59 oliy ta‘lim 
muassasalarida sirtqi, 10 ta oliy ta‘lim muassasalarida kechki ta‘lim shakllari 
tashkil etildi. Oliy ta‘lim muassasalarining bakalavriat yo‗nalishlari bo‗yicha 
talabalar soni 410 ming nafarni, magistratura ixtisosliklarida 13 ming talabalar 
tahsil olishmoqda. Ularning soni keyinga uch yilda 1,7 martaga o‗sdi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-
pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‗tkazish tizimini yanada 
takomillashtirish to‗g‗risida» 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456 farmoni qabul 
qilingandan so‗ng doktoraturada o‗qiyotganlar soni keskin o‗sdi. Ammo himoya 
qilganlar soni ko‗paymadi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 
fevraldagi ―Oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish 
to‗g‗risida‖gi farmoniga asosan ikki bosqichli doktorantura qayta tashkil etildi. 
Texnologik, marketing va tashkiliy innovatsiyalarni
 
moliyalashtirishga 
yo‗naltirilgan mablag‗lar hajmi 2017 yilda 2010 yilga nisbatan 15,7 barobarga, 
shu jumladan tashkilotning o‗z mablag‗lari 16,04 barobarga, xorijiy kapital 16,5 
barobarga, tijorat banklari kreditlari 2,9 barobarga oshdi (qarang: 16.4.3-jadval) 


485 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin