476
Еtkazmalari ikki barobarga ko‗paygan bo‗lsa, Singapur dunyoning eng katta
iqtisodiyoti – AQSh ni quvib o‗tdi.
Mamlakat innovatsion faolligi ixtirolarga
talabnomalar yoki berilgan
patentlar soni orqali ham tavsiflanishi mumkin. Ularning soni nafaqat davlat sanoat
rivojlanishining ko‗rsatkichi, balki innovatsion harakatlar,
amaliy tadqiqotlar va
tajriba-konstruktorlik ishlanmalarning rivojlanish darajasining tashqi belgisi ham
hisoblanadi.
Bugungi kunda yirik xalqaro tashkilotlar yirik
mamlakatlarning texnologik
faolligini ularning Amerika yoki Еvropa patent idoralariga berilgan talabnomalar
orqali baholab boradilar. Ulardan eng yirigi bo‗lgan
Jahon intellektual mulk
tashkiloti (World Intellectual Property Organization) ga ko‗ra, 2018 yilda patent
talabnomalari soni bo‗yicha AQSh (56142 ta), Xitoy (53,345 ta)
va Yaponiya
(49,702 ta) Еtakchi bo‗lib, ular umumiy patentlar hajmida mos ravishda 22,2%,
21,1% va 19,6% ulushga egalik qilmoqda
1
.
Yuqorida qayd etib o‗tilgan ko‗rsatkichlarni tahlil etish natijalari shuni
ko‗rsatadiki, zamonaviy bosqichda innovatsionlik
darajasi aksariyat hollarda
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda yuqoriligicha qolmoqda. O‗z-o‗zidan
aksariyat hollarda aynan o‗z milliy innovatsion tizimini to‗g‗ri shakllantira olgan
davlatlar iqtisodiy xavfsizlik jihatidan ham boshqa
iqtisodiyotlarga qaraganda
Еtakchilik qilmoqda. Xulosa qilib aytganda, bugungi sharoitda mamlakat iqtisodiy
xavfsizligini ta‘minlash innovatsion rivojlanish bilan o‗zaro bog‗liq holda amalga
oshirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: