471
darajasi hisoblanadi. Innovatsion iqtisodiyotni barpo etishda davlatning va xususiy
bo‗g‗inning katta miqdordagi moliyaviy mablag‗larini safarbar etish zarur bo‗ladi.
Innovatsion rivojlanishni va innovatsion iqtisodiyotga o‗tishni ta‘minlash
maqsadida innovatsion siyosat amalga oshiriladi.
Innovatsiya siyosati
– bu davlat
tuzilmalarining innovatsiya jarayonlarini faollashtirish
va ular ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorligini oshirish bilan bog‗liq holda iqtisodiyot va umuman jamiyatga
ta‘sir ko‗rsatishga qaratilgan maqsad hamda usullar majmuasidir
1
.
Hozirgi vaqtda innovatsiya siyosatining asosiy yo‗nalishlari quyidagilardan
iborat:
a) milliy mahsulot raqobatbardoshligi ortishini ta‘minlaydigan innovatsiya
faolligini kuchaytirish;
b) zamonaviy texnologiyalar asosini tashkil etadigan innovatsiyalarni butun
choralar bilan qo‗llab-quvvatlash;
v) yangi mahsulotlar va ilg‗or texnikaviy
ishlanmalarga asoslangan
texnologiya yaratish hamda keyinchalik ularni moddiy ishlab chiqarish sohasida
joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik loyihalarini moliyalashtirish;
g) innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni raqobatbardosh
bozor innovatsiya mexanizmi samarali amal qilishi va intellektual mulkni
himoyalash bilan qo‗shib olib borish;
d) innovatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlab chiqarish va umuman
iqtisodiyotning texnikaviy darajasini tubdan o‗zgartirishga
qaratilgan qonunchilik
va axborot asosini yaratish;
e) texnologiyalarning xalqaro va mintaqalararo transferti, xalqaro
investitsiyaviy hamkorlik, milliy innovatsiya tadbirkorligi manfaatlarini himoya
qilishga ko‗maklashish
1
.
Innovatsion iqtisodiyotga o‗tishda quyidagi
indikatorlarning zaruriy
chegarasini kiritish lozim bo‗ladi:
1
Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодий хавфсизлик: назария ва амалиѐт. Ўқув қўлланма.-
Т.:Ноширлик ѐғдуси, 2019.-211-212-бетлар.
1
Қаранг: Абулкасимов Х.П., Расулов Т.С. Особенности научно-технической и инновационной политики
стран СНГ, Ближнего и Среднего Востока. Учебное пособие.- Т., ТашГИВ, 2017.380 с.
472
•
mehnat unumdorligining o‗sishi iqtisodiy natija (sof daromad) o‗sishining
birligiga nisbatan kamida 1,5 martaga, mashinasozlikning ilmhajmkor
tarmoqlarda 2 martadan kam bo‗lmagan o‗sishiga erishish;
•
fondlar tushumining o‗sishi iqtisodiy natija o‗sishining birligiga
ilmhajmkor tarmoqlar uchun 5%, iqtisodiyotning boshqa sohalari uchun
minimum 10%dan kam bo‗lmasligi lozim;
•
Resurslar sig‗imining pasayishi iqtisodiy natija o‗sishining birligiga
iqtisodiyot real sektorining barcha tarmoqlari uchun 10%dan kam
bo‗lmasligi kerak
1
.
Moliyaviy mablag‗siz nafaqat, g‗oya izlash, ilmiy tadqiqot o‗tkazish,
zamonaviy
jihozlar, asbob-uskunalar orqali sinovlar o‗tkazish, ish haqi berish
kabilarni, balki, umumiy innovatsion jarayonni amalga oshirish mumkin
bo‗lmagan asosiy resurs hisoblanadi. Shu bois ham mamlakatlar o‗zlari erishgan
ilmiy-texnik taraqqiyoti darajasini saqlab turish uchun ilmiy-texnologik faoliyatga
kiritiladigan investitsiyalarini doimiy oshirib borishlari lozim. 2010-2017 yillar
mobaynida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmanlari (ITTKI)
xarajatlarining yillik oshishi dunyoda o‗rtacha 5%
1
ni tashkil etgan bo‗lsa,
dunyo
YaIM i bu vaqt oralig‗ida o‗rtacha 3%
2
darajasida o‗sdi. Absolyut narxlarda esa
dunyo ITTKI xarajatlari 1437,0 mlrd. AQSh dollaridan rekord darajadagi
ko‗rsatkich – 2 trillionga Еtdi
3
. Hozirga paytda tadqiqot va ishlanmalarga
investitsiya kiritish bo‗yicha
birinchi beshtalikdan AQSh, Xitoy, Yaponiya,
Germaniya va Koreya Respublikasi kabi yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlar joy
olgan, ularga jami xarajatlarning 54% i to‗g‗ri keladi (qarang:16.3.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: