Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

16.2.1-jadval.
Sanoat iqtisodiyoti va innovatsion iqtisodiyot o„rtasidagi farq 
 
 
Sanoat iqtisodiyoti 
Innovatsion iqtisodiyot 
 
Hom-ashyo 
Tabiiy resurslar, ishchi 
kuchi, kapital 
G‗oyalar 
 
Mijozlar tomon 
yo„nalish 
Ommaviy ishlab chiqarish
 
Axborot texnologiyalari va 
mahsulot dizayniga asoslangan 
ommaviy kastomizatsiyalash 
Tashkiliy jihat 
Katta korporatsiyalar, 
masshtab iqtisodiyoti 
Tadbirkorlar, kichik 
o‗lchamlilik, Еrkin agentliklar, 
tarmoqlar 
Omad olib 
keluvchi omil 
Mehnat; Sifat; Arzon narx 
Barqarorlik; Nazorat 
Talant tezligi, innovatsiya 
Moslashuvchanlik; 
Kastomizatsiyalash 


464 
Source: 
The innovation driven economic development model. A practical guide for the regional 
innovation 
broker. 
Collaborative 
Economics.

California, 
2008.

5-p. 
(available 
at: 
www.InnovateCalifornia.com)
Innovatsion iqtisodiyotni ishlab chiqish va yangi bozorlarni shakllantirish 
jarayonini rag‗batlantirish uchun innovatsion jarayonlarni qo‗llab-quvvatlovchi 
maxsus innovatsion infratuzilmani va institutlarni yaratish zarur. Bu Еrda 
mamlakatlarning milliy innovatsion tizimlari hal qiluvchi omilga aylanadi. Milliy 
innovatsion tizim odamlar, korxonalar va muassasalar o‗rtasida texnologiya va 
axborot oqimini anglatadi va milliy darajada innovatsion jarayonni ta‘minlaydi. 
Iqtisodchilar milliy innovatsion tizim (MIT)ga turlicha ta‘riflar beradilar: 

MIT – davlat va xususiy sektorda faoliyat yurituvchi va yangi 
texnologiyalarni import qilish, o‗zgartirish va tarqatish sohasidagi o‗zaro aloqador 
muassasalar tarmog‗i
1


MIT– yangi, iqtisodiy va foydali bilimlarni ishlab chiqarish, tarqatish va 
ulardan foydalanishda o‗zaro ta‘sir qiluvchi, bir millat davlati chegaralarida 
joylashgan yoki ildiz otgan elementlar va munosabatlardir 
1


MIT– milliy kompaniyalarning innovatsion faoliyatini belgilab beruvchi 
institutlar to‗plamidir 
2


MIT–mamlakatda texnologik ta‘limning darajasi va yo‗nalishini 
belgilaydigan milliy institutlar, ularni rag‗batlantiruvchi tuzilmalar va vakolatlar 
yig‗indisi 
3


MIT–yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va tarqatish uchun birgalikda 
va individual ravishda o‗z hissasini qo‗shadigan turli xil muassasa va tashkilotlar 
bo‗lib, ular hukumatning innovatsion jarayonga ta‘sir o‗tkazish siyosatini 
shakllantiradi va amalga oshiradi. Shunday qilib, MIT yangi texnologiyalarni 
1
Freeman C. The National System of Innovation in Historical Perspective//Cambridge Journal of Economics.

Cambridge, 1995. 

No. 19.P. 5-24
1
Lundvall, B.A. National Innovation Systems: Towards a Theory of Innovation and Interactive Learning. 

London: 
Pinter, 1992. 

45- p. 
2
Nelson, R. National innovation systems. A comparative analysis. 

New York: Oxford University Press, 1993. 

P.102 
3
Patel, P and Pavitt L. The Nature and Economic Importance of National Innovation Systems//STI Review

OECD: 
Paris, 1994.

№. 14 


465 
aniqlaydigan bilim, ko‗nikma vaishlarni yaratish, saqlash va uzatish uchun o‗zaro 
bog‗langan muassasalar tizimi 
1

Innovatsion jarayonda universitetlar; ITTKI institutlari; kansalting markazlari; 
yuridik institutlar; marketing agentliklari; Еtkazib beruvchilar, iste‘molchilar va 
boshqalar asosan axborot oqimlari orqali faoliyat yuritadilar. Tadqiqotchilar 
innovatsion jarayon, milliy xo‗jalikning innovatsion faoliyatida bilimning bosh 
omil ekanini ta‘kidlab, kichik hajmda bo‗lsada, ammo ochiq bilim katta hajmdagi, 
ammo yopiq bilimdan ko‗ra ko‗proq samara olib kelishini aytadilar. Bu esa 
innovatsion tizim faolitini tushunish, tarqaish va diffuziya qiliga yordam beradi
2

Bugungi kunda milliy innovatsion tizimni shakllantirishning universal 
amaliyoti yo‗q. Biroq ekspertlar Еvro Atlantik, Sharqiy Osiyo modelini va 
rivojlanayotgan mamlakatlar modeli keltirib o‗tadilar. Barcha modellarninng 
taraqqiyoti quyidagi shart-sharoitlarga asoslanadi 
1


Iqtisodiy rivojlanishning Еtarlicha darajasi – innovatsion tizimni 
moliyalashtirish uchun tegishli mablag‗lar ajrata oladigan rivojlanish darajasi 
bo‗lib, YaIM va aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YaIM) 
bilan belgilanadi; 

milliy innovatsion tizimni shakllantirish va rivojlantirish uchun Еtarli 
bo‗lgan texnologik va innovatsion salohiyat; 

Innovatsion rivojlanishga yo‗naltirilgan institutlarning mavjudligi; 

uy xo‗jaliklarining innovatsiyalarga bo‗lgan talablari. 
Innovatsion tizimda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish muhim 
ahamiyatga ega. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishda g‗oyalar va bilimlarni 
yakuniy mahsulotga aylantirish va ularni amaliyotga joriy qilish uchun zarur 
moliyaviy resurslarni jalb qilishni tushunamiz. Iqtisodchilar innovatsion faoliyatni 
1
Metcalfe, S.The Economic Foundations of Technology Policy: Equilibrium and Evolutionary Perspectives. 
Handbook of the economics of innovation and technological change. 

Blackwell Oxford, 1995
2
Cowan R. and Gert van de Paal. Innovation policy in a knowledge-based economy. The Commission of the 
European Communities, Luxembourg. 

ECSC-EC-EAEC:Brussels-Luxembourg, 2000.

21-p. 
1
Камилова М.Х., Ходжаева К.А. Модернизация экономики Узбекистана: формирование национальной 
инновационной системы (
www.ukros.ru>2013/03>камилова_ходжаева)


466 
moliyalashtirishni manbasiga ko‗ra ikki turni ajratadilar: davlat tomonidan 
moliyalashtirish va xususiy moliyalashtirish. 
Innovatsion iqtisodiyotni rag‗batlantirish uchun ayrim xorijlik iqtisodchilar 
quyidagi takliflarni beradilar
1


ishchi kuchi samaradorlini o‗lchash uchun yaxshiroq o‗lchovlardan 
foydalanish. Ishchining yoki barcha ishchilarning ish soatining YaIMga nisbatan 
hisoblanuvchi eskicha yondoshuvlar raqamli texnologiyalarning transformatsional 
tabiatini nazardan chetda qoldiradi; 

kichik biznes, startaplarni boshlash uchun kreditni kengaytirish orqali 
tadbirkorlikni 
rag‗batlantirish, 
maktab 
o‗quv 
dasturlariga 
tadbirkorlik 
ko‗nikmalarini qo‗shish; 

hukumatning 
innovativligi 
va 
hamkorligini 
kuchaytirish, 
xizmat 
ko‗rsatishning yangi yondashuvlari rivojlantirish, shaffoflikni oshirish; 

keng tarmoqli, axborot uzatish markazlari va mobil uyali aloqalariga 
investitsiya kiritish orqali infratuzilmani mustahkamlash va simsiz dasturlardan 
foydalanishni yaxshilash; 

muhim raqamli aktivlarni himoya qilish, muhim infratuzilmalarga 
tahdidlarni monitoring qilish jarayonlarini ishlab chiqish; 

raqamli darsliklar orqali bilimlarni Еtkazib berishni takomillashtirish, 
o‗quv materiallari uchun ijodiy uyushmalarning litsenziyalaridan keng foydalanish; 

davlat va xususiy sarmoyalarni ish joylari va iqtisodiy faoliyatga 
aylantirish, shuningdek, sog‗liqni saqlash, xavfsizlik va farovonlikni yaxshilash 
uchun universitetlar va mahalliy laboratoriyalardan bilimlarni tijoratlashtirishda 
keng kengaytirish; 

global innovatsiyalar va iqtisodiy erkinlikni rag‗batlantirish uchun 
transchegaraviy qonunlarni uyg‗unlashtirish. 
Innovatsiyalar mamlakat va uning iqtisodiyotini rivojlantirishning eng 
samarali 
yo‗llaridan 
sanaladi. 
A.Toffler, 
F.Fukuyama, 
D.Bell 
kabi 
1
West D., Friedman A., and Valdivia W. Building an innovation-based economy. Governance Studies at Brookings, 

November 2012.

1-p.. 


467 
iqtisodchilarning ta‘kidlashicha, aynan innovatsiyalar zamonaviy dunyoda 
rivojlangan mamlakatlarning boshqa mamlakatlarga nisbatan iqtisodiy ustunligini 
belgilab bermoqda. Shuningdek, Massachusets Texnologiyalar Instituti professori 
D. Achemogluning fikricha ―innovatsiya uzoq muddatli o‗sish uchun eng muhim 
narsaligiga iqtisodchilarning 95 foizi qo‗shiladi‖. Misol uchun, innovatsiyalarning 
ahamiyati va muhim roli tufayli, 2008-yilda Katta 20 talik (G-20) rahbarlari 
tomonidan ―dinamizm, innovatsiya va tadbirlorlik iqtisodiy o‗sish uchun 
muhimdir‖ deb nomlanuvchi qo‗shma bayonotni qabul qilindi
1

Har yili global innovatsiyalar indeksi, global ijodkorlik indeksi, global 
raqobatbardoshlik indeksi, bilimlar iqtisodiyoti indeksi, tarmoqqa tayyorlik 
indeksi, Blumberg innovatsiyalar indeksi, Jahon iqtisodiy forumining hisobotlari
Birlashgan Millatlar Tashkilotining innovatsion salohiyatiga ko‗ra dunyo 
mamlakatlarining reytinglari e‘lon qilib boriladi.
Global innovatsiyalar indeksi (GII) har yili chop Еtiladigan nashr bo‗lib, unda 
mamlakatlarning (iqtisodiyotlarning) innovatsiyalar uchun qulay sharoitlar 
yaratishi va innovatsion natijalari bo‗yicha yig‗ma ko‗rsatkichi taqdim etiladi. GII 
140 dan ortiq mamlakatlarni 84 ko‗rsatkichdan foydalangan holda baholaydi. 
Iqtisodiy o‗sish va farovonlik omili sifatida innovatsiyalarning muhim roli e‘tirof 
Еtilib, 
rivojlangan 
va 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarda 
qo‗llaniladigan 
innovatsiyalarga keng gorizontdan qarash zarurligini ta‘kidlagan holda, GII 
an‘anaviy innovatsion tadqiqotlar darajasiga kirmaydigan ko‗rsatkichlarni ham o‗z 
ichiga oladi. Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO), Kornel universiteti va 
Еvropa biznes boshqaruvi instituti (INSEAD) tomonidan birgalikda nashr 
etiladigan Global Innovatsiyalar Indeksi bo‗yicha 2019yilda Shveysariya, 
Shvetsiya, AQSh, Gollandiya va Buyuk Britaniya dunyoning eng innovatsion 
jihatdan rivojlangan mamlakatlari sanaladi 
1
. Blumberg Innovatsiyalar Indeksining 
1
www.innovationexcellence.com/blog/2015/02/03/triumph-of-the-innovation-economy-part 7/ February3, 2015 by 
Rowan Gibson
 
1
 
https://www.wipo.int/global_innovation_index/en/2019/
  


468 
2019 yilgi reytingiga ko‗ra esa Janubiy Koreya, Germaniya, Finlandiya
Shvetsariya, Istoil jahonda Еtakchilik qiladi
1

Xulosa qilib aytish mumkin, jahon iqtisodiyotida zamonaviy tendensiyalardan 
hisoblanuvchi innovatsion iqtisodiyot rivojlanishning yangi bosqichi sanaladi. 
Innovatsiya asoslanuvchi iqtisodiyot inson kapitali, fan, ta‘lim, ishlab chiqarish, 
institutlarning samaradorligi, infratuzilma, bozor ba biznesning rivojlanganlik 
darajasi, bilim va va texnologik natijalarning yig‗indisi bo‗lib, unda bilim, 
ijodkorlik, olimlar va ixtirochilar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosisy resursi 
sanaladi. Milliy innovatsion tizim mamlakatning innovativligini va uning global 
maydonda 
raqobatbardoshligini belgilab, innovatsion 
siyosatning 
asosiy 
yo‗nalishlarini aniqlab beradi. Shunday ekan, innovatsion iqtisodiyotning nazariy 
asoslarini hayotga tadbiq etgan, jozibador innovatsion muhitini yaratgan 
mamlakatlargina global raqobatda ustunliklarga ega bo‗laveradi. Natijada, 
hukumat va xusisy sektorning mustahkam hamkorligi yaratilib, uzoq muddatli 
iqtisodiy o‗sishga asos solinadi. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin