Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

6.4.1-jadval 
O„tish iqtisodiyotiga ega bo„lgan mamlakatlar uchun xufyona iqtisodiyotning 
YaIMdagi ulushi dinamikasi (YaIMga nisbatan foiz hisobida)* 
Mamlakatlar 
1989 
1990 
1991 
1992 
1993 
1994 
1995 
Ozorbayjon 
12,0 
21.9 
22,7 
39,2 
51,2 
58,0 
60,6 
Belarus 
12,0 
15,4 
16,6 
13,2 
11,0 
18,9 
19,3 
Bolgariya 
22,8
25,1
23,9
25,0
29,9
29,1
36,2
Vengriya 
27,0
28,0
32,9
30,6
28,5
27,7
29,0
Gruziya 
12,0
24,9
36,0
52,3
61,0
63,5
62,6
Qozog‗iston
12,0
17,0
19,7
24,9
27,2
34,1
34,3
Latviya 
12,0
12,8
19,0
34,3
31,0
34,2
35,3 
Litva 
12,0 
11,3 
21,8 
39,2 
31,7 
28,7 
2 1 , 6
 
Moldova 
12,0 
18,1 
27,1
37,3
34,0
39,7
35,7 
Polsha 
15,7 
19,6 
23,5
19,7
18,5
15,2
12,6 
 
Rossiya 
12,0 
14,7 
23,5
32,8
36,7
40,3
41,6
Ruminiya 
22,3 
13,7 
15,7
18,0
16,4
17,4
19,1
Slovakiya 
6,0 
7,7 
15,1
18,0
16,4
17,4
19,1
O‗zbekiston 
12,0 
11,4 
7,8
11,7
10,1. 
9,5
6,5
Ukraina 
12,0 
16,3 
25,6
33,6
38,0
45,7
48,9
Chexiya 
6,0 
6,7 
12,9
16,9
16,9
17,9
11,3
Estoniya 
12,0 
19,9 
26,2 
25,4 
24,1 
25,1 
11,8 
* Manba:
 
Jensen M. Politics and Enterpreneurships in Transition Еsonomies / M.Jensen, 
P.Kaufmann, A.Sheifer // Working Paper, - 1997/ WDI. - № 57. 
Xufyona sektor dastlabki besh yilda Ozorbayjon va Gruziyada eng keng 
ko‗lamlarga ega bo‗lgan – tegishlicha YaIMning 60,6 va 62,6 foizini tashkil qildi. 
Keyingi o‗rinlarda Rossiya (41,6%), Bolgariya (36,2%), Moldova (35,7%), 
Latviya (35,7%) va Qozog‗iston (34,3%) turadi. O‗zbekistonda esa ushbu 
ko‗rsatkich boshqa davlatlarga nisbatan eng past darajada bo‗lgan. 


154 
 
6.5. O„zbekistonda xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurash 
yo„llari. 
O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligida 2019 yil 17 
sentyabrda ‖O‗zbekistonda xufyona iqtisodiyot: baholash, sabablari va uni 
qisqartirish yo‗llari‖ mavzusida o‗tkazilgan davra suhbatida O‗zbekistonda 
xufyona iqtisodiyotning YaIMga nisbatan ulushi 40-50%ni tashkil etishi bayon 
qilindi.
BMT Taraqqiyot dasturi konsultantlari tomonidan o‗tkazilgan tadqiqotlar 
natijalari ham ushbu davra suhbatida e‘lon qilindi. O‗zbekistonda xufyona 
iqtisodiyot miqyosini monetar usullar asosida, shuningdek, respublika hududlarida 
700 dan ortiq korxonalar va 30 nafar tadbirkor o‗rtasida so‗rovlar o‗tkazish yo‗li 
bilan baholangan. Xufyona iqtisodiyotning asosiy sabablari soliq turlarining, 
yig‗imlar, majburiy ajratmalar sonining va ular miqdorining ko‗pligi ekanligi 
ta‘kidlandi. Ushbu sabablarga korxonalarda Еtarli miqdorda mablag‗larning 
yo‗qligi , banklar bilan bo‗ladigan hisob-kitoblarni va to‗lovlarni amalga 
oshirishdagi, xizmat ko‗rsatish sifati, kredit stavkalarining yuqoriligi bilan bog‗liq 
muammolar ham kiradi. Noiqtisodiy tavsifdagi sabablarga tadbirkorlarning bilim 
va tajribalarining, raqobat, ishlab chiqarish infratuzilmasining Еtarli emasligi, 
biznesni tashkil etish va yuritishdagi ma‘muriy to‗siqlarning mavjudligi
korrupsiya va mulk huquqining himoya qilinmaganligi kiradi
1

BMT taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida monetar yondashuv asosida amalga 
oshirilgan hisob-kitob natijalariga ko‗ra, O‗zbekistonda ―xufyona iqtisodiyot‖ 
salmog‗i 46,4 foizni tashkil etadi
2
.
O‗zbekiston Respublikasining ―Korrupsiyaga qarshi kurash to‗g‗risida‖gi 
qonuniga binoan 
korrupsiya
— shaxsning o‗z mansab yoki xizmat mavqeidan 
1
Специалисты выявили основные причины существования теневой экономики Узбекистана 
//https://www.spot.uz/ru/2019/09/18/shadow/
 
2
Одилжон Иминов. ―Яширин иқтисодиѐт‖нинг яширинмаган сирлари //http://www.biznes-
daily.uz/ru/gazeta-birja/67316-yashirin-iqtisodiyotning-yashirinmagan-sirlari 


155 
shaxsiy manfaatlarini yoxud o‗zga shaxslarning manfaatlarini ko‗zlab moddiy yoki 
nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi 
shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish; 
korrupsiyaga oid 
huquqbuzarlik
— korrupsiya alomatlariga ega bo‗lgan, sodir etilganligi uchun 
qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish; 
manfaatlar to‗qnashuvi 
— 
shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat 
majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta‘sir ko‗rsatayotgan yoxud ta‘sir 
ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, 
tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari 
o‗rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan 
vaziyat
1

Poraxo‗rlik xufyona iqtisodiyotning bir turi bo‗lib, turli konsultantlar, agent, 
vositachilarga, rasmiy shaxslarga xizmatlariga haq to‗lash ham hisoblanadi. Bunda 
pora beruvchi naf yoki foyda olish kabi maqsadlarini amalga oshirish maqsadida 
unga sharoit yaratib beruvchi mansabdor, vakolatli shaxslarga pora beradi
2
.
Poraxo‗rlikni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar quyidagilardan iborat: 
- biznesni boshlash uchun ruxsat olish, ro‗yxatdan o‗tish, qulay sharoit 
yaratishga intilish; 
- korxona raqobatchilarini yo‗ldan olib tashlash, ularni bozordan, faoliyat 
sohasidan surib chiqarish; 
- davlat xizmatlariga, davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlanishga erishish, bu 
yo‗lda mansabdor shaxslar tazyiqi, qarshiligini Еngish; 
- soliq to‗lovlari bo‗yicha qarzdorlikni kamaytirishga intilish; 
- tartibga solinuvchi narxni oshirish uchun ruxsat olish; 
- o‗z xodimlari, o‗zining va oilasining, biznesining xavfsizligini ta‘minlash 
maqsadida pora berishga majbur bo‗lish
3

1
Ўзбекистон Республикасининг ―Коррупцияга қарши кураш тўғрисида‖ги қонуни. 2017 йил 3 
январ,ЎРҚ-419-сон. 
2
Маънавият: изоҳли луғат. –Т.: Ғафур Ғулом НМИУ, 2009. 476-477-бет. 
3
Қаранг: Кочергина Т.Е. Экономическая безопасность: Ростов Н/Дону: Феникс, 2007. С164-165. 


156 
Korrupsiyaning vujudga kelishiga sabab bo‗ladigan omil va sharoitlar 
quyidagilarda namoyon bo‗ladi: 
- amaldagi qonunchilikning takomillashmaganligi, undagi ziddiyatlar, qonun 
va qonun osti me‘yoriy xo‗jjatlarning bir-biriga zidligi, qonunlarni amaliyotga 
joriy qilish mexanizmining ishlamasligi; 
- davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‗jalik boshqaruvida byurokratiya
ma‘muriyatchilikning rivojlanganligi, boshqaruv tizimida mansabdor shaxslarning 
haddan tashqari ko‗payib ketishi, boshqaruv tizimida bir-birining funksiyalarini 
takrorlashlarning ko‗pligi; 
- biznes va tadbirkorlikni ro‗yxatga olish, ruxsat berish va ularni tugatish 
protseduralarining 
haddan 
tashqari 
chigalligi, 
ko‗p bosqichli ekanligi, 
murakkabligi; 
- ishbilarmon va tadbirkorlarning huquqiy bilim, huquqiy madaniyatining 
yo‗qligi yoki sayozligi; 
-davlat xizmatchilari, mansabdor shaxslar, ishbilarmon, tadbirkorlarning 
ahloqi-ma‘naviyatining sayozligi va boshqalar
1

Jinoiy xufyona iqtisodiyotning bir shakli jinoyatchilik yo‗li bilan topilgan, 
harom pullarni, daromadlarni oqlashga, legallashtirishga intilishdir. 
Jinoyatchilikdan olingan daromadlarning kelib chiqish manbalarini yashirish, 
kelajakda jinoyatning ochilib qolishining, jinoiy javobgarlikka tortilishning oldini 
olish maqsadida, ularni legallashtirishda quyidagi usullardan foydalaniladi: 
- banklarda yirik pul mablag‗lari hisob varaqasini ochish va keyinchalik 
boshqa xorijiy banklarga pulni ko‗chirish; 
- kam miqdorli mablag‗larni depozitlarga qo‗yish; 
- qarindoshlar, yordamchilarga, boshqa shaxslar nomiga banklarda hisob 
varaqalarini ochish; 
- bir hisob varaqasidan boshqasiga o‗tkazish usulidan keng foydalanish; 
- fiktiv korxonalardan, offshor zonalardagi korxonalardan foydalanish va h.k. 
1
Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодий хавфсизлик: назария ва амалиѐт. Ўқув 
қўлланма.-Т.: Ноширлик ѐғдуси, 2019.-497-бет. 


157 
Jinoiy xufyona iqtisodiyotning yana bir ko‗rinishi narkobiznes bo‗lib, 
narkotik moddalarni noqonuniy ishlab chiqarish va tarqatish, ular bilan savdo 
qilish bilan shug‗ullanadilar. Xufyona iqtisodiyot mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga 
jiddiy tahdid solgani uchun ham unga qarshi kurash mexanizmini shakllantirish va 
mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. 
Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashda quyidagi usullardan foydalaniladi: 


Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin