Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


Xufyona iqtisodiy faoliyatga qarshi kurashning eng muhim yo„nalishlari



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Xufyona iqtisodiy faoliyatga qarshi kurashning eng muhim yo„nalishlari 
quyidagilardan iborat

1. Noqonuniy biznes va tadbirkorlikning oldini olish va barham berish.
 
2. Yolg‗on, soxta tadbirkorlikka qarshi kurash. Bunda yolg‗on, soxta 
tadbirkorlik noqonuniy faoliyatni yashirish, kredit olish, soliqdan ozod bo‗lish va 
boshqa mulkiy naf va foyda olish uchun tadbirkorlik faoliyatini yuritishni niyat 
qilmasdan soxta tadbirkorlik, biznes korxonasini nomigagina ochishadi. Bunday 
korxonada hech qanday faoliyat yuritilmaydi. Undan bank kreditini olish, jinoyat 
yo‗li bilan topilgan daromadni legallashtirish uchun foydalanish maqsadida 
nomigagina, yolg‗ondakam ochishadi. Ular o‗z maqsadlariga erishganlaridan keyin 
bu korxonani tezda yopishadi. Shu boisdan bunday yolg‗on tadbirkorlikka qarshi 
qat‘iy huquqiy javobgarlik choralarini ishlab chiqish lozim bo‗ladi. 
3.Tijorat maqsadida sotib olish-davlat va xo‗jalik boshqaruvida faoliyat 
ko‗rsatayotgan mansabdor shaxslarga noqonuniy tarzda pul, qimmatli qog‗ozlar, 
boshqa mulkiy qiymatlarni o‗z xizmat mavqeidan kelib chiqqan holda ko‗rsatgan 
xizmati, ya‘ni tijorat yoki bank sirini oshkor qilgani, pora beruvchiga noqonuniy 
hatti-xarakati uchun sharoit yaratib bergani uchun pul o‗tkazish, berish 
hisoblanadi. Qonunchilikda tijorat, bank sirlari bo‗lgan ma‘lumotlarni, hujjatlarni 
o‗g‗irlash, sotib olish, qo‗rqitish, tahdid qilish kabi noqonuniy tarzda yig‗ishga 
intilishning oldini olish, javobgarlikka tartishga qaratilgan huquqiy normalarni 
kuchaytirish va amalda qo‗llash kerak bo‗ladi. 
4.Jinoiy yo‗llar bilan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi ta‘sirchan 
mexanizmni yaratish. 
5.Soxta bankrotlikka qarshi qonunchilikda belgilangan javobgarlikni yanada 
oshirish. 


159 
6. Jismoniy va yuridik shaxslarning bojxona to‗lovlarini to‗lashdan bo‗yin 
tovlashlariga qarshi chora-tadbirlarni, jazo choralarini qo‗llash. 
7. Kontrabandaga, mamlakatga tovarlarni noqonuniy tarzda olib kirish va 
tashqariga noqonuniy tarzda tovarlarni olib chiqib ketishga qarshi ta‘sirchan 
tizimni qaror toptirish
1

Jinoiy xufyona iqtisodiyot va korrupsiya hamda uyushgan iqtisodiy 
jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida milliy, mintaqaviy, tarmoq 
dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, biznes va tadbirkorlik faoliyati 
erkinligi kafolatlarini yaratish, ular uchun qulay muhitni vujudga keltirish, 
shuningdek, moliyaviy-xo‗jalik nazorat tizimlarini muttasil takomillashtirib borish 
muhim ahamiyatga ega. 
O‗zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari 
quyidagilardan iborat: 
-qonuniylik; 
-fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; 
-ochiqlik va shaffoflik; 
-tizimlilik; 
-davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; 
-korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; 
-javobgarlikning muqarrarligi
2

O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MirziyoЕvning Oliy Majlisga 
murojaatnomasida 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin