Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

ikkinchi 
bosqichi
„ommaviy 
xususiylashtirish‖ davri deb nom oldi va u 1994-1998 yillarni o‗z ichiga oladi. Bu 
davrda mashinasozlik, Еngil va oziq-ovqat sanoati, qurilish, avtomobil transporti
agrosanoat kompleksi va boshqa tarmoqlarning o‗rta va yirik korxonalari ochiq 
aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi va xususiylashtirildi. Shu bilan bir vaqtning 
o‗zida qimmatli qog‗ozlar, ko‗chmas mulk bozorlarini shakllantirish boshlandi. 
Bundan asosiy maqsad xususiylashtirish jarayoniga aholining keng qatlamlari 
hamda chet el sarmoyalarini jalb etish va shu orqali mamlakatimiz iqtisodiyotining 
nodavlat sektorini jadal rivojlantirishni ta‘minlash bo‗ldi. Ushbu bosqichda 21361 
xususiylashtirilgan davlat korxonalari negizida 5747 ta ochiq aksiyadorlik 


225 
jamiyatlari, 3903 ta mas‘uliyati cheklangan jamiyat va 11711 ta xususiy 
mulkchilikning boshqa shaklidagi korxonalar tashkil etildi.
 
Xususiylashtirishning 
uchinchi bosqichi
1999 yildan boshlanib hozirgi 
kungacha davom etmoqda. Bu bosqich ―yakka tartibda xususiylashtirish‖ davri 
hisoblanadi. Xususiylashtirishning ushbu davri avvalgi bosqichlardan bir qator 
jihatlari bilan farq qiladi. Birinchidan, ushbu davrda iqtisodiyotning yonilg‗i-
energetika, metallurgiya, kimyo, temir yo‗l transporti va shu kabi boshqa strategik 
tarmoqlarning yirik korxonalarini chet el investitsiyalarini keng jalb etgan holda 
yakka loyihalar asosida xususiylashtirishga kirishildi. Ikkinchidan, ilgari 
xususiylashtirilgan korxonalar negizida tashkil etilgan ochiq aksiyadorlik 
jamiyatlaridagi joylashtirilmagan, shu jumladan, davlatga tegishli aksiyalar 
paketlari hamda ayrim korxonalarni butunlay yoki ular mulkining bir bo‗lagini 
birja yoki birjadan tashqaridagi bozorlarda turli yondashuvlar va usullarni qo‗llash 
asosida sotish yo‗lga qo‗yildi. Uchinchidan, iqtisodiy nochor, zarar bilan ishlovchi 
hamda istiqbolsiz korxonalar va ular mulkidagi davlat ulushlari nol qiymat bilan 
chet el yoki mamlakatimiz sarmoyadorlariga investitsiya kiritish hisobiga bepul 
berish tartibi joriy etildi va amalga oshirilmoqda. 
Mamlakatimizda 
2010-2014 
yillarda 
644 
ta 
davlat 
ob‘yektlari 
xususiylashtirilgan bo‗lib, xususiylashtirishdan tushgan mablag‗lar 226430 million 
so‗mni tashkil etgan. 2015-2016 yillarda esa jami 1457 ta davlat ob‘ekti 
xususiylashtirildi, xususiylashtirishdan tushgan mablag‗lar esa 268061,8 million 
so‗mni tashkil etgan (qarang:8.3.1-jadval). 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin