Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


Institutsional o„zgarishlar va iqtisodiyotda tarkibiy o„zgarishlar



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

8.2.Institutsional o„zgarishlar va iqtisodiyotda tarkibiy o„zgarishlar. 
Institutsional 
o‗zgarishlar 
jarayonida 
boshqaruv 
mexanizmlari 
takomillashtirilib borildi. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqarish borasida 
esa ularning xususiyatlariga mos keladigan, xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlarga 
iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning 
rivojlanishini rag‗batlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar vujudga keldi.
Tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarishni 
markazlashtirilgan tartibda rejalashtirish va tashkil etishdan boshqarishning 
iqtisodiy mexanizmalariga o‗tish masalasiga jiddiy e‘tibor qaratildi. Boshqaruv 
sohasidagi o‗zgarishlar natijasida ko‗plab boshqaruv organlari bo‗g‗inlarining 
vazifasi o‗zgardi, ba‘zi o‗zini oqlamagan boshqaruv organlari tugatildi va yangi 
organlar tuzildi.
O‗zini oqlamagan Davlat reja qo‗mitasi o‗rniga Davlat istiqbolini belgilash va 
statistika qo‗mitasi tuzildi. Mazkur Qo‗mita 1997 yildan Makroiqtisodiyot va 
statistika vazirligiga aylantirildi. Hozirgi davrda bu vazirlik Iqtisodiyot vazirligi 
deb ataladi. Narxlarni erkinlashtirish sharoitida Davlat narx qo‗mitasi batamom 
tugatildi. Yakkahokim bo‗lib olgan taqsimot idorasi - Davlat ta‘minot qo‗mitasi va 
uning vorisi –―O‗zshartnomasavdo‖ o‗rniga yangi bozor strukturasi – Respublika 
ulgurji va birja savdosi aksiyadorlik uyushmasi tuzildi.
Bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida va bozor munosabatlarini boshqarishda 
moliya-kredit tizimi muhim o‗rinni egallaydi. Islohotlarning birinchi bosqichida, 
respublika Moliya vazirligi va Markaziy bankning vazifalari qayta ko‗rib chiqildi. 
Ularning yangi bo‗g‗inlari tuzildi. Nazorat organlari faoliyatini tartibga solish 
uchun Davlat soliq qo‗mitasi va Davlat bojxona qo‗mitasi tuzildi.
1
2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши 
бўйича Ҳаракатлар стратегияси// Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 
февралдаги ―Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси 
тўғрисида‖ги фармони 1-илова. 


221 
Institutsional 
o‗zgarishlar 
jarayonida 
boshqaruv 
mexanizmlari 
takomillashtirilib borildi. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqarish borasida 
esa ularning xususiyatlariga mos keladigan, xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlarga 
iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning 
rivojlanishini rag‗batlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar vujudga keldi. 
Iqtisodiyotda nodavlat sektori ulushi kengayib bordi (qarang:8.2.1-rasm). 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin