Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


 Qishloq xo„jaligida shartnoma munosabatlari



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

 
9.5. Qishloq xo„jaligida shartnoma munosabatlari 
O‗zbekistonda har yili qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini sotish, moddiy-
texnika resurslarini Еtkazib berish va xizmatlar ko‗rsatish uchun ko‗p sonli 
shartnomalar tuziladi. Tomonlar shartnomalar bo‗yicha o‗z zimmasiga olgan 
majburiyatlarining o‗z vaqtida bajrishi qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab 
chiqaruvchilarining yakuniy natijalariga va ularning samaradorligiga jidiy ta‘sir 
ko‗rsatadi. Shuning uchun davlat tomonidan shartnomalar monitoringini yuritish 
yo‗li bilan shartnomalar shartlarining bajarilishini nazorat qilishga katta e‘tibor 
qaratiladi.


259 
Qishloq xo‗jaligi korxonalari bilan tuziladigan shartnomalar quyidagi 
tasnifga ega: 
(a) davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar uchun shartnomalar; 
(b) moddiy-texnika resurslarini Еtkazib berish uchun shartnomalar; 
(v) kontraksiya shartnomalari; 
(g) xizmatlar ko‗rsatish uchun shartnomalar.
Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining g‗alla, paxta 
xomashyosi, urug‗lik paxta, shuningdek g‗alla va boshoqli ekinlar urug‗lari kabi 
turlari xarid qilingan edi. 
Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi sharoitida tomonlar o‗rtasidagi mulkiy 
munosabatlar shartnomalar asosida quriladigan mulkdorlar tadbirkorlik faoliyatini 
muvaffaqiyatli yuritishi uchun o‗z zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilishi 
alohida ahamiyatga ega. Amaliyotda shartnoma majburiyatlari buzilishi turlarining 
quyidagi 
tasnifi 
qo‗llaniladi: ishlarning bajarilmasligi yoki xazmatlar 
ko‗rsatilmasligi; sifatsiz tovarlar (ishlar, xazmatlar)ni Еtkazib berish; to‗liqsiz 
tovarlarni Еtkazib berish; markalanmagan, shuningdek idishsiz yoki upakovka 
qilinmagan tovarlarni Еtkazib berish; Еtkazib berish muddatining kechiktirilishi, 
tovarlarni to‗liq Еtkazib bermaslik; akkreditivdan foydalanmaslik; to‗lov, tovar-
transport hujjatlarining kechiktirilishi; tovarlar (ishlar, xazmatlar) haqini 
to‗lamaslik yoki o‗z vaqtida to‗lamaslik; tovarlarni saralab olmaslik yoki ulardan 
voz kechish; mablag‗larning akseptsiz hisobdan chiqarilishi. 
Xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlar shartnoma munosabatlariga kirishayotib 
xo‗jalik faoliyatini kelishilgan hajmda, belgilangan vaqtda va joyda amalga 
oshirilishini ta‘minlaydigan mahsulot (ishlar, xazmatlar)ni olish uchun 
kafolatlangan asosga ega bo‗lishni nazarda tutadi. Bu esa tuzilgan 
shartnomalarning buzilmasligini va o‗zgarmasligini ta‘minlaydi. Xomashyo, 
materiallar, yarim tayyor mahsulotlarni xarid qilish uchun shartnomalar tuzgan 
tomonlarning o‗zlari yakuniy mahsulotni tayyorlash zanjiri bo‗yicha ushbu 
mahsulotni boshqa sub‘yektlarga sotish uchun ko‗p sonli shartnomalarni tuzadi, 
ya‘ni xo‗jalik aloqalarining murakkab tizimi shakllanadi. Shuning uchun har 


260 
qanday joyda shartnomalarning bajarilishi mamlakat xo‗jalik faoliyatining butun 
mexanizmida ko‗zlangan topshiriqlar bajarilishining kafolati hisoblanadi, 
shartnoma 
majburiyatlarining 
bajarilmasligi 
esa 
keyingi 
bo‗g‗inlarda 
nomutanosiblikni keltirib chiqaradi.
Keyingi jihat shundan iboratki, xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlar, shu jumladan 
mulkdorlar shartnoma tuzishda shartnoma majburiyatlarining o‗zgarishi yoki 
tugatilishiga olib kelishi mumkin bo‗lgan barcha shartlarni ko‗rsatishga haqli. 
Bugungi kunda yuzaga kelgan amaliyot shuni ko‗rsatmoqdaki, shartnomada 
xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlar tomonidan majburiyatlarning bajarilishi shartlari 
qanchalik 
aniq 
belgilansa, 
shartnoma 
bandlarining 
o‗zgarishi 
yoki 
majburiyatlarning tugatilishi shunchalik oson kechadi. 
Bundan tashqari, amaliyotda xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlar tomonidan 
shartnomalar bo‗yicha majburiyatlarning bajarilmasligi ko‗pincha amaldagi qonun 
hujjatlari doirasidan tashqariga chiquvchi ko‗p sonli omillar orqali yuz beradi. 
Shuning uchun xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlar tomonidan shartnomalar bo‗yicha 
majburiyatlar bajarilmasligining har bir holatini aniq tarzda ko‗rib chiqish va 
buning sababini chuqur tahlil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Qishloq xo‗jaligi xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlari tomonidan o‗z zimmasiga 
olingan shartnoma majburiyatlarining bajarilmasligi to‗g‗risida so‗z yuritadigan 
bo‗lsak, bu Еrda: 
birinchidan tomonlar Еtkazgan zararlar uchun to‗lov ko‗rinishida 
javobgarlik;
ikkinchidan, mahsulot Еtkazib berish uchun berilgan bo‗nak mablag‗larini 
qaytarish; 
qonun hujjatlarida va shartnoma shartlariga ko‗ra nazarda tutilgan 
jarimalarni to‗lash kabi choralar qo‗llaniladi.
Respublikamizda o‗zaro va davlat bilan shartnoma munosabatlarida ishtirok 
etuvchi tomonlarni himoyalash uchun qarzdorlardan zararlarni undirishni talab 
qilish imkonini beruvchi barcha qonuniy qarorlar mavjud. Bu Еrda shuni ta‘kidlash 
lozimki, zararlarning qoplanishi shartnomalarning bajarilishini rag‗batlantirishda 


261 
va ishlab chiqarish unumdorligini oshirishda muhim rol o‗ynaydi. Ushbu usulning 
qo‗llanishi bilan shartnoma intizomiga amal qilinadi va noishlab chiqarish 
xarajatlari qisqaradi. Bundan tashqari, javobgarlikning mazkur turini qo‗llash 
moddiy resurslarni tejash rejimiga, shuningdek xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlar 
tomonidan xo‗jalik faoliyatining optimal tarzda yuritilishiga xizmat qiladi. 
Shartnomalarni tayyorlash, tuzish va amalga oshirish tamoyillarining 
belgilanishi respublikada shartnoma munosabatlarining mazmunini muvaffaqiyatli 
shakllantirishning eng muhim metodologik jihatlaridan biri hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 4 sentyabrdagi 383-
sonli qarori bilan tasdiqlangan shartnomalarning bajarilishi monitoringini yuritish 
tartibi quyidagilardan iborat bo‗lgan.
Tayyorlash va qishloq xo‗jaligi sub‘yektlariga xizmat ko‗rsatuvchi 
tashkilotlar xo‗jaliklar bilan tuzilgan shartnomalarning bajarilishi monitoringini 
yuritadi va ushbu axborotni Qishloq va suv xo‗jaligi bo‗limlariga hisobot davridan 
keyin 10 kun ichida taqdim etadi. Mazkur bo‗linmalar Qishloq va suv xo‗jaligi 
vazirligining shartnoma majburiyatlarining bajarilishi bo‗yicha materiallarga 
ishlov beruvchi tegishli boshqarmalarini bu haqida xabardor qiladi. Shartnoma 
majburiyatlari bajarilmagan holatlarda umumlashtirilgan ma‘lumotlar hududiy sud 
organlariga yuboriladi. Sud hamda qishloq va suv xo‗jaligi organlari o‗z 
vakolatlari doirasida tayyorlash va xizmat ko‗rsatuvchi tashkilotlar tomonidan 
shartnomalarning bajarilishi monitoringini yuritadi va nazorat qiladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MirziyoЕv 2020 yil 24 
yanvardagi Oliy Majlisga murojaatnomasida ―

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin