Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

 


37 
Norma
– institutsional muhitda individlarning o‗z tanlovini amalga 
oshirishda foydalaniladigan asosiy unsur hisoblanadi. Ushbu unsur: tartibni saqlash 
funksiyasiga ega; o‗zaro hamkorliklar tizimida majburiy xatti-harakat bajarilishini 
talab etadi; shaxslar xatti-harakatidagi ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik sanksiyaga 
tayanuvchi muntazamlik hamda muqarrarlikni aks ettiradi; shaxsning turli 
vaziyatlarda o‗zini qanday tutishi lozimligini belgilaydi. Norma amal qilishi uchun 
talab etiladigan tarkib beshta unsurdan iborat: 

individlarning guruhlanish belgilari

muqarrarlik omili (kerak yoki kerak emas); 

maqsad; 

norma harakatda bo‗lgan shart-sharoitlar; 

sanksiyalar. 
Ajratilgan ushbu 5 ta unsur normalarning turli xillarini, ya‘ni hamkorlik 
strategiyasini, xususan, normaning o‗zini (tor ma‘noda) va qoidalarni cheklash 
imkonini beradi. Norma xillari quyidagilardan iborat:
Hamkorlik strategiyasi = belgi + maqsad + shart-sharoit; 
Norma = belgi + muqarrarlik omili + maqsad + shart-sharoit; 
Qoida = belgi +muqarrarlik omili + maqsad + shart-sharoit + sanksiya. 
Shaharda yoki supermarketda bir-birlarini yo‗qotgan odamlarni qidirish 
hamkorlik strategiyasiga misol bo‗ladi. Bunda: individlarning guruhlanish belgisi 
– bir-birini yo‗qotganlik fakti; maqsad - bir-birini topish; shart-sharoit – uchrashish 
ehtimoli yaqin bo‗lgan ko‗zga tashlanuvchi narsa yoki buyumning mavjudligi 
bo‗ladi. 
Torroq ma‘noda norma kelishuv tushunchasiga mos keladi. Chunki kelishuv 
ko‗rsatmasini bajarish o‗ta ixtiyoriy xususiyatga ega. Qoidaga o‗tishda 
ko‗rsatmalarni bajarishning ixtiyoriy xususiyati yo‗qoladi, ya‘ni bunda sanksiya 
ishga tushadi. 
Normaning inson xatti-harakatiga ta‘siri haqidagi munozara sotsiologiya va 
iqtisodiy nazariya o‗rtasidagi chuqur tarixiy ildizga ega bo‗lgan qarama-qarshilik 


38 
bilan bog‗liq. Sotsiologlar normada insonlar xatti-harakatining ularga tashqaridan 
berilgan va 
ekzogen
xususiyatga ega bo‗lgan mutlaq natijasini ko‗radilar. Homo 
sociologicus xatti-harakati umuman olganda jamiyatning normativ tarkibi bilan 
aniqlanadi. Normalarning o‗zlari esa, sotsiologlarning fikriga ko‗ra, jamiyat 
xususiyatlaridan hosil bo‗lgan va uni takror ishlab chiqarish vazifasini ko‗zlaydi. 
Iqtisodchilar esa klassik siyosiy iqtisod davridan buyon normalarning 
bunday talqin etilishiga qo‗shilmaydilar. Chunki norma tanlash erkinligini istisno 
etadi. Homo economicus o‗z tanlovida, shu jumladan norma tomonidan 
qo‗yiladigan cheklovlardan holi. Iqtisodchilar shaxs tanlovining institutsional 
cheklovchisi sifatida normalarning mavjud bo‗lishini umuman inkor etadi. Yoki 
normalarga oqilona izoh berishga, aniqrog‗i, ularda tashqaridan berilgan xatti-
harakat natijasini emas, balki 
anglab Еtilgan tanlov natijasini
ko‗rishga intiladi. 
Umuman olganda, ijtimoiy tanlash nazariyasida normalar: oqilona tanlash 
natijasi sifatida qaraladi. Kelishuvlar iqtisodyotida esa normalar oqilona xatti-
harakatning omili sifatida tahlil qilinadi.
Ijtimoiy tanlash nazariyasi (D.Byukenen) birinchi galda siyosiy tanlov 
natijasini aks ettiruvchi va 
huquqda
qayd etiladigan yuridik normani o‗rganadi. 
Yuridik normalarni izohlash uchun oqilona tanlashning neoklassik modelidan 
foydalaniladi. Xususan, shu narsa nazarda tutiladiki, Byukenen uchun siyosat - bu 
huddi insonlar bozorda faqat o‗z afzal bilishlariga amal qilgan holda tovarni xarid 
qilgani kabi, uning asosida ular turli xil muqobil variantlarni, ularni o‗z qadr-
qimmati bilan qiyoslagan holda, tanlaydigan murakkab institutsional jarayon 
hisoblanadi. Boshqa so‗z bilan aytganda, norma va qoidalar siyosat bozorida 
shaxslar o‗rtasidagi o‗zaro hamkorlik natijasida paydo bo‗ladi. Bundan normalarni 
baholashning navbatdagi mezoni – ularning samaradorligi kelib chiqadi. Normalar 
faqat ular o‗ziga xos qadr-qimmatga asoslanganda samarali bo‗lib, yakka 
manfaatlarni o‗zaro foydali tarzda amalga oshirishga ko‗maklashadi
1

1
Қаранг:
Олейник А.Н. Институциональная экономика: Учебное пособие. – М.: ИНФРА-М, 2009. – 
416 с. 


39 
Ijtimoiy tanlash nazariyasiga xos bo‗lgan oqilona tanlov modeli yordamida 
normalarni talqin qilishdan farqli ravishda, kelishuvlar iqtisodi normalarga amal 
qilishda (bunda normalar tashqaridan berilgan) ekzogen hisoblanishiga 
qaramasdan, oqilona xatti-harakatning omilini ko‗rishni taklif etadi. Bunday bir 
qarashda o‗ziga xos xususiyatga ega bo‗lgan oqilona tanlash natijasi 
hisoblanmagan normalarni bajarish, oqilona xatti-harakatning shartiga aylanadi. 
Ammo bozordagi bitimlar ishtirokchilarining oqilonalik talabi ushbu o‗ziga 
xoslikni izohlash imkonini beradi.
Kelishuvlar iqtisodi normani bozorda ishtirokchilar tomonidan istaklar va 
afzalliklarning o‗zaro talqin etilishi uchun zamin sifatida ko‗rib chiqishni taklif 
etadi (2.1.2-jadval). Shu nuqtai nazardan normaga amal qilish shaxs uchun o‗z 
maqsadlari (signaling) haqidagi xabarlarni kontragentgacha Еtkazish usuliga 
aylanadi. Shaxslar o‗z xatti-harakatiga nisbatan bir-birini istisno etuvchi talablarni 
muvofiqlashtirishga va o‗z tomonlarining harakatlariga nisbatan ishonchli fikrlarni 
bildirishga qodir bo‗lmay qoladi. Ko‗rib chiqilayotgan yondashuv doirasida 
kelishuvlar nisbatining quyidagi variantlari tahlil qilinadi. 
1. 
Ekspansiya
– unda o‗zaro hamkorlikni tashkil qilish ilgari boshqa 
kelishuvlar ustuvorlik qilgan sohalardagi kelishuvlardan birining normalari asosida 
amalga oshadigan kelishuvlar nisbati. Masalan, siyosiy soha siyosiy bozorga 
aylanishi mumkin, bunda fuqarolik kelishuvining normalari bozor kelishuvi 
normalari tomonidan siqib chiqariladi.
Bozor kelishuvining ekspansiyasi o‗ta xavfli, u boylikning o‗ta nomutanosib 
taqsimlanishiga va undan siyosiy hokimiyat omili sifatida foydalanishga olib 
kelgan holda jamiyat rivojlanishini barqarorlikdan mahrum etadi. 
2. 
Urinish
– unda bir o‗zaro hamkorlikning o‗zi bir-birini istisno etuvchi 
normalar asosida amalga oshirilishi mumkin bo‗lgan kelishuvlar nisbati. Shu 
nuqtai nazardan birinchi bo‗lib K.Errou tomonidan tadqiq etilgan qon topshirish 
bunga aynan mos misol bo‗ladi. Gap shundaki, qon odatda pulga (bozor kelishuvi) 
yoki birdamlik nuqtai nazardan bepul (fuqarolik kelishuvi) topshiriladi. Ushbu 


40 
noo‗xshatishlik shaxslarning qon topshirish yuzasidan o‗zaro hamkorligida 
noaniqlikning yuqori darajasini belgilab beradi.
3. 
Murosa
– unda turli kelishuvlar talablari o‗rtasidagi ziddiyatga barham 
beruvchi egiluvchan normalar namoyon bo‗ladigan kelishuvlar nisbati. Masalan, 
har qanday reklama kampaniyasi bozor kelishuvi va ijtimoiy fikr talablari 
o‗rtasidagi murosani topishni nazarda tutadi. Ushbu ikki kelishuv o‗rtasidagi 
murosaga boshqa misol – ko‗r-ko‗rona iste‘mol, bunda shaxs o‗z iste‘mol 
tanlovida tovar yoki xizmatni iste‘mol qilishdan foydalilikni oshirishni emas, balki 
u iste‘mol qilish tufayli qo‗lga kiritadigan hurmatga erishishni ko‗zlaydi. 


41 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin