Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

 
2.3. Institutsional matritsa 
 
Institutsional matritsa sotsiologiya fani doirasida ishlab chiqilgan bo‗lib, 
unda sotsiologik tushunchalardan foydalaniladi. Ammo ushbu konsepsiya 
jamiyatning barcha sohalarida, shu jumladan iqtisodiyotda hamda huquqiy 
jarayonlarni tahlil qilishda qo‗llanilishi mumkin. 
Shuni hisobga olib, institutsional matritsaning nisbatan yangi konsepsiyasini 
ko‗rib chiqamiz. Institutsional matritsaning nazariy g‗oyasi jamiyatni tahlil 
qilishga nisbatan tarkibiy-tizimli yondashuvni amalga oshiradi. 
Institutsional matritsa – bu tarixan barqaror shakllangan, dastlabki 
davlatlarning paydo bo‗lishini va barcha keyingi institutsional tuzilmalarning 
rivojlanishini belgilab bergan, o‗z navbatida, mohiyati hamon saqlanib qolgan 
birlamchi modelni takror yaratishga xizmat qiluvchi bazaviy ijtimoiy institutlar 
tizimi. 
Bu Еrda institutlar sotsium yashovchanligining tashqi sharoitlari bilan 
shartlangan jamiyat a‘zolari o‗rtasidagi muayyan va muqarrar aloqalar tizimi 
sifatida tushuniladi. Ushbu holatda gap insonning takror shakllanishini tartibga 


47 
soluvchi ijtimoiy institutlar (ular jumlasiga oila, salomatlik va boshqa institutlar 
kiradi) haqida emas, balki davlatlarning takror shakllanishini va ijtimoiy hayotning 
asosiy sohalarini tartibga soluvchi sotsial institutlar haqida bormoqda. 
2.3.1-rasm. Jamiyatnig institutsional matritsasi 
Institutlar jamiyatning uning tarixiy barqarorligini va ijtimoiy yaxlitlikning 
takror shakllanishini ta‘minlovchi o‗ziga xos tuzilishini (qobirg‗asini) hosil qiladi. 
Institutsional matritsa chizma ko‗rinishida jamiyatda teng ahamiyatli mavqeni 
egallab turgan yagona uchta: siyosiy, iqtisodiy va huquqiy sohalarni birlashtiruvchi 
ijtimoiy shakl sifatida namoyon etilgan (2.3.1-rasm). Asosiy matritsalar [30] 
S.Kirdinaning ―Institutsional matritsalar va Rossiyaning rivojlanishi‖ kitobidan 
olingan. Biroq ularga ayrim o‗zgartirishlar kiritilgan, xususan siyosiy va 
mafkuraviy sohalar birlashtirilgan, chunki jamiyatda mafkura ko‗p jihatdan 
boshqaruvchi siyosatchilarga bog‗liq bo‗lib, ular faoliyatining natijalaridan biri 
hisoblanadi. Matritsada ijtimoiy soha alohida ajratilgan va institutsional tizimni 
shakllantirishda u katta rol o‗ynaydi. 
Matritsalarning asosiy va qo‗shimcha institutlarning muayyan to‗plami bilan 
tavsiflanuvchi ikkita xili mavjud – g‗arbiy (bozor, demokratik) va sharqiy 
(buyruqbozlik, diktatura yoki despotiya) matritsalar. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin