421
Shaxs iqtisodiy xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlar
1
Tashqi tahdidlar
Ichki tahdidlar
mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish sur‘atlarining jamiyat ehtiyojlari
o‗sishiga nisbatan orqada qolishi
shaxsning
o‗z oldiga noto‗g‗ri
maqsadlarni qo‗yishi
bozor
kon‘yunkturasidagi
tebranishlar,siklik o‗zgarishlar, iqtisodiy
inqirozlar
bilim
va kasb-malaka darajasining
pastligi yoki yo‗qligi
Aholining
ish
bilan
bandlik
darajasining
pastligi,
ishsizlik
va
inflyatsiyaning boshqarib bo‗lmaydigan
darajalarda o‗sishi
kam
haq
to‗lanadigan ishlarda
ishlashi
ishsiz bo‗lib qolishi
ijtimoiy sohalar,
shu jumladan,
ta‘lim va sog‗liqni saqlash sohalar
rivojlanishining past darajadaligi
Mehnat
salohiyatining
pastligi,
ishchi
kuchi
raqobatbardoshligining
pastligi yoki yo‗qligi,
raqobat kurashida sinishi, bozori
kasod bo‗lishi
mamlakatda
ijtimoiy-siyosiy
vaziyatning yomonlashuvi
daromadi kam bo‗la
turib bolalari
va boqimandalarining ko‗p bo‗lishi
tabiiy
muhitning
yomonlashuvi,
tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyatlar
tug‗ma
nogironlik,
insonning
jismoniy va aqliy imkoniyatlarining
cheklanganligi
tabiiy
yoki
inson,
kapital
resurslarining Еtarli emasligi
boquvchisidan ayrilib qolishi
mamlakatda
kriminallashuv,
uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaning
kuchayishi
qariganligi va kasalliklari hamda
travmalar sababli mehnat qobiliyatini
vaqtinchalik yoki butunlay yo‗qotganligi
mamlakat tashqi qarzlarining haddan
insonning qat‘iyatsizlik, sabrsizlik,
1
М.Ҳ.Абулқосимов томонидан тузилган. Қаранг: Абулқосимов М.Ҳ. Шахс иқтисодий
хавфсизлигига таҳдидлар ва уларнинг олдини олиш йўллари// ―Иқтисод ва молия/Экономика и
финансы‖, 2017. 12-сон.-22-бет.
422
tashqari ortib ketishi
chidamsizlik, dangasalik,
passivlik kabi
salbiy shaxsiy xususiyatlari
jahon
iqtisodiyotidagi
inqirozli
vaziyatlar
insonning
yomon
hulq
va
odatlar(ahloqsizlik,
ichkilikbozlik,
qimorbozlik va nosog‗lom hayot tarzi)ga
moyilligi
turli
davlatlar
o‗rtasida
nizo,
ziddiyat,
qarama-qarshiliklarning
kuchayishi
Omadsizlik
Shaxsning o‗ziga bog‗liq bo‗lgan tahdidlar ichki tahdidlar hisoblanadi.
Bu turdagi tahdidlarga shaxsning o‗z oldiga noto‗g‗ri maqsadlar qo‗yganligi; bilim
va kasb-malaka darajasining pastligi yoki yo‗qligi; kam haq to‗lanadigan ishlarda
ishlashi; raqobat kurashida sinishi, bozori kasod bo‗lishi; daromadi kam bo‗la turib
bolalari ko‗p bo‗lishi; tug‗ma nogironlik; insonning jismoniy va aqliy
imkoniyatlarining cheklanganligi; qariganligi va kasalliklari hamda travmalar
sababli mehnat qobiliyatini vaqtinchalik va butunlay yo‗qotganligi; boquvchisidan
ayrilib qolishi; insonning qat‘iyatsizlik, sabrsizlik, jizzakilik, shoshqaloqlik,
chidamsizlik, dangasalik,
passivlik, va boshqa shu kabi shaxsiy xususiyatlari;
insonning yomon hulq va odatlar(ahloqsizlik, ichkilikbozlik, qimorbozlik va
nosog‗lom hayot tarzi)ga moyillik; omadsizlik kiradi.
Ushbulardan kelib chiqib, bizning nazarimizda, bozor iqtisodiyoti sharoitida
shaxs iqtisodiy xavfsizligi uning ishsilik, bozori kasod (bankrot)bo‗lishi va boshqa
ijtimoiy-iqtisodiy sabablar oqibatida kambag‗al va qashshoq, mol-mulkidan
mahrum bo‗lib qolishi yoki jiddiy moddiy zarar ko‗rishi,
turmush darajasining
423
pasayishi xataridan saqlanishda ifodalanadi
1
. Kambag‗allik va qashshoqlik inson
uchun eng dahshatli xavf hisoblanadi
2
.
Iqtisodiy adabiyotlarda kambag‗allik – bu turmush kechirish, mehnat
layoqatini saqlab turish, avlodlar uzviyligini davom ettirish uchun zarur bo‗lgan
eng kam ehtiyojlarni qondirish imkoniyatiga ega bo‗lmagan
shaxs yoki ijtimoiy
guruhlar iqtisodiy ahvolining ko‗rsatkichi, ijtimoiy guruh yoki individning hayot
u c h u n z a r u r b o ‗ l g a n e n g k a m ehtiyojlarini qondira olmasligining iqtisodiy
sharoitini aks ettiruvchi xususiyat, deb ta‘rif beriladi. Kambag‗allik nisbiy
tushuncha hisoblanib, har bir jamiyatdagi turmush darajasining umumiy
standartiga bog‗liq bo‗ladi. Deprivatsion yondashuv bo‗yicha kambag‗allik
tushunchasi nafaqat hayot u c h u n z a r u r b o ‗ l g a n
e n g k a m ehtiyojlarini
qondira olmaslik va daromadlarning Еtishmovchiligini, balki sifatsiz
ovqatlanish, ta‘lim va sog‗liqni saqlash xizmatlaridan foydalanolmaslik hamda
munosib uy sharoitlariga ega bo‗lmaslik kabi sharoitlarni ham o‗z ichiga oladi
3
.
Insonning shakllanishida va xavfsizligini ta‘minlashda davlat va u yaratgan
ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalarning, shu jumladan, ta‘lim, sog‗liqni saqlash,
madaniyat va boshqalarning rivojlanishiga, davlat organlarining iqtisodiyotni
tartibga solish hamda boshqarish salohiyatiga ham bog‗liqdir. Ushbularga muvofiq
ravishda shaxs iqtisodiy xavfsizligi milliy, uning tarkibiy qismlari bo‗lgan davlat,
korxona, hudud iqtisodiy xavfsizligining qay darajada ta‘minlanganligiga ham
bog‗liqdir. Shundan kelib chiqib, bizning nazarimizda yuqorida keltirilganlar
birgalikda shaxs iqtisodiy xavfsizligining yaxlit modelini tashkil etadi (qarang:1-
rasm).
1
Қаранг: Абулқосимов М.Ҳ. Бозор иқтисодиѐти шароитида шахснинг иқтисодий хавфсизлигини
таъминлашнинг назарий жиҳатлари ва йўллари.// Ж. Иқтисод ва молия /Экономика и финансы,
2017й. 5-сон 49-бет.
2
Қаранг: Абулқосимов М.Ҳ. Камбағалликка қарши кураш-шахс иқтисодий хавфсизлигини
таъминлашнинг муҳим йўналиши.// Ж. Иқтисод ва молия /Экономика и финансы, 2020й. 2-
сон,134-144-бетлар.
3
Қаранг: Экономика труда. Учебник. / Под ред. Н.А.Волгина, Ю.Т.Одегова. -М.:Экзамен, 2004, –
С. 392-394; Абдураҳмонов Қ.Х. Меҳнат иқтисодиѐти (назария ва амалиѐт). Дарслик. –Т.: Mehnat,
2004, 445-446-бет; Инсон тараққиѐти. Дарслик: и.ф.д., проф. Қ.Х.Абдурахмонов таҳрири остида.-
Т.: ―Fan va texnologiya‖, 2013.-228-230-бетлар; Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ.
Иқтисодиѐтга оид атамалар ва тушунчаларнинг изоҳли луғати. Ўқув қўлланма. Абулқосимов
Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. – T.:―ABU MATBUOT-KONSALT‖,2017.- 261-264-бетлар