1
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va tartibga solish hamda boshqarishga
yo‗naltirilgan iqtisodiy siyosat shaxs iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash uchun
ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratadi. Moliya vazirligi tomonidan amalga
oshiriladigan budjet-soliq siyosati orqali shaxs iqtisodiy xavfsizligini, aholining
1
М.Ҳ.Абулқосимов томонидан ишлаб чиқилди. Қаранг: Абулқосимов М.Ҳ.Бозор иқтисодиѐти
шароитида шахсн инг иқтисодий хавфсизлигини таъминлашнинг назарий жиҳатлари ва йўллари.
Иқтисодиѐт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун ѐзган
диссертацияси қўл ѐзмаси.-Т,, 2020 йил, 44-бет.
Oliy Majlis-huquqiy asos
yaratish
QQR Vazirlar kengashi,
viloya, tuman,shahar
hokimliklari-mintaqaviy
siyosat va xavfsizlik
Prezident-shaxs
ijtimoiy-iqtisodiy huquq
va erkinliklari kafolati
Tabiatni muhofaza qilish
organlari-ekologik
siyosat dastaklari
Markaziy bank-pul-
kredit siyosati dastaklari
Shaxsning
iqtisodiy
xavfsizligini
taʼminlash
Ichki ishlar vazirligi,
DXX, Mudofaa vazirligi-
shaxslarni, mol-mulkini
ichki va tashqi
tajovuzlardan himoyalash
Qishloq xoʼjaligi, suv
xoʼjaligi, agrosanoat
majmuasi vazirliklari-
agrar siyosat-oziq-ovqat
xavfsizligini taʼminlash
Vazirlar Mahkamasi-
iqtisodiy siyosat dastaklari
Vazirlar Mahkamasi-
iqtisodiy siyosat dastaklari
Sud tizimi-inson
huquqlarini himoya qilish
Iqtisodiyot va sanoat
vazirligi-dasturlash,
prognozlashtirish,sanoat
siyosati dastaklari
Bandlik va mehnat munosabatlari,
Sogʼliqni saqlash,Maktabgacha taʼlim,
Maorif, Oliy va oʼrta taʼlim
vazirliklari- ijtimoiy siyosat dastaklari
Transport, Energetika, Qurilish,Uy-joy-
kommunal xoʼjaligi vazirliklari- uy-joy,
transport, energiya, gaz, suv taʼminoti va
obodonlashtirish
426
kambag‗al, kam ta‘minlangan aholini ijtimoiy himoyalashni ta‘minlashda muhim
ahamiyatga ega bo‗lgan ijtimoiy fondlar, ijtimoiy soha va chora-
tadbirlarni moliyalashtirish manbalari yaratiladi. Markaziy bankning pul-kredit
siyosati orqali fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini rag‗batlantirish, yangi ish
o‗rinlarini yaratish, ijtimoiy nafli mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishga
hamda ijtimoiy ahamiyatli loyihalarni imtiyozli kreditlash, inflyatsiyani tiyib
turishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Buning oqibatida shaxs
iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashga bilvosita ta‘sir ko‗rsatadi. Davlat mintaqaviy
siyosati mintaqa va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajalaridagi
farqlarni kamaytirish, mintaqaviy xavfsizlikni ta‘minlashga yo‗naltirilgan bo‗lib,
buning natijasida shaxs iqtisodiy xavfsizligi ham ta‘minlanadi
1
.
Shaxs xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish va ularning ta‘sirini
kamaytirish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari quyidagilarni amalga
oshirish maqsadga muvofiq bo‗ladi:
-
iqtisodiyotni
rivojlantirish
va
erkinlashtirish
borasida
amalga
oshirilayotgan ishlarni izchillik bilan davom ettirish, kishilarning tadbirkorlik
faoliyatini hamda iste‘molchilar manfaatlari va huquqlarini himoya qilishni yanada
kuchaytirish;
- fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy erkinliklari va huquqlarini ta‘minlashning
samarali mexanizmlarini vujudga keltirish;
- ijtimoiy nizolarni keltirib chiqarishi mumkin bo‗lgan darajada ishsizlikning
o‗sishining oldini olish, yangi ish o‗rinlarini yaratish, mehnatga layoqatli aholining
ish bilan bandligini, daromadlarini o‗stirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
- kambag‗allik va qashshoqlik muammosini keltirib chiqarishi mumkin
bo‗lgan tahdidlarni baholash va ularning oldini olish,aholini zaruriy oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‗paytirish asosida oziq-ovqat xavfsizligini
ta‘minlash, kam ta‘minlangan aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish mexanizmini
takomillashtirish;
1
Абулқосимов М.Ҳ.Бозор иқтисодиѐти шароитида шахсн инг иқтисодий хавфсизлигини
таъминлашнинг назарий жиҳатлари ва йўллари. Иқтисодиѐт фанлари бўйича фалсафа доктори
(PhD) илмий даражасини олиш учун ѐзган диссертацияси қўл ѐзмаси.-Т,, 2020 йил, 44-45-бетлар.
427
- uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya, narkomaniya va boshqa ijtimoiy
illatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish;
- insonning faollik, bag‗rikenglik (tolerantlik), qat‘iyatlilik, chidamlilik,
irodalilik, shukronalik kabi qobiliyat va sifatlarini shakllantirish muhim ahamiyat
kasb etadi
1
.
Shaxsning xavfsizligini ta‘minlashda davlatning ijtimoiy siyosati muhim rol
o‗ynaydi. Uni amalga oshirish mexanizmlari odamlarning mehnatdagi faolligini va
tadbirkorligini o‗stirish, kambag‗al aholi guruhlarini qo‗llab-quvvatlash uchun
shart-sharoitlar yaratishga qaratiladi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida
O‗zbekistonda davlatning ijtimoiy siyosati quyidagilarga qaratilgan:
- fuqarolarning erkin iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat, kasb-korlik
turlarini hamda sohalarini erkin tanlash kabi konstitutsiyaviy huquqlarini
ta‘minlash;
- mehnat motivatsiyasining kuchli mexanizmini kiritish, aholining iqtisodiy
faolligini oshirish uchun sharoitlar yaratishga;
- aholini maqsadli va manzilli ijtimoiy himoya qilish hamda kambag‗al
guruhlarni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash;
- ta‘lim, ijtimoiy sug‗urta, sog‗liqni saqlash, uy-joy-kommunal xizmat
ko‗rsatish tizimlarini isloh qilish yo‗li bilan aholining ijtimoiy xizmatlarga bo‗lgan
zarur kafolatni ta‘minlash
2
.
Shuningdek, davlat ijtimoiy siyosati aholining daromad va mulkka egalik
darajasi bo‗yicha keskin tabaqalashuvining oldini olish, kambag‗allikni
kamaytirish hamda aholining to‗lov talablarini keng miqdorda qondirish va uning
o‗sishini ta‘minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
1
Абулқосимов М.Ҳ. Бозор иқтисодиѐти шароитида шахсн инг иқтисодий хавфсизлигини
таъминлашнинг назарий жиҳатлари ва йўллари. Иқтисодиѐт фанлари бўйича фалсафа доктори
(PhD) илмий даражасини олиш учун ѐзган диссертацияси қўл ѐзмаси.-Т,, 2020 йил, 45-46-бетлар.
2
Қаранг: АбулқосимовҲ.П. Шаклланаѐтган бозор иқтисодиѐтида инсон омили ва уни
фаоллаштириш йўллари. –Т., ТМИ, 2005. 182-б.; Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ.
Иқтисодий хавфсизлик: назария ва амалиѐт. Ўқув қўлланма.-Т.: Ноширлик ѐғдуси, 2019.-411-412-
бетлар.
|